Ulugʻ Vatan urushi va Ikkinchi Jahon urushi haqida baʼzi maʼlumotlar

Baʼzi odamlar Ulugʻ Vatan urushi bilan Ikkinchi jahon urushinining farqiga bormaydilar. Ulugʻ Vatan urushi 1941-1945 yillar davomida sodir boʻlib, 1939 yilda natsischi Germaniyaning Yevropa davlatlariga nisbatan tajovuzkorligidan boshlangan Ikkinchi jahon urushining asosiy va hal qiluvchi qismidir.


1945 yilning may oyida Germaniya kapitulyatsiyasi boʻldi va Ulugʻ Vatan urushiga barham berildi. Biroq Ikkinchi jahon urushi yana biroz davom etdi. Fashistlarning ittifoqchisi boʻlmish Yaponiya taslim boʻlishni xohlamadi. Ammo sovet askarlari tomonidan tor-mor keltirilishi hamda AQSH Qurolli kuchlari tomonidan Xirosima va Nagasaki shaharlariga berilgan atom bomba zarbalaridan keyin Yaponiya kapitulyatsiya haqidagi aktni imzolashga majbur boʻldi.

Germaniya va uning ittifoqchilari SSSR chegarasiga 5,5 million harbiylar, 47 ming qurol va minomyotlar, 4 mingta tank va 5 mingga yaqin samyolyotlarni olib kelib tayyotlab qoʻygan edi.

Sovet Ittifoqining Germaniya bilan chegaradosh hududlarida esa 2,9 million harbiylari, 33 ming qurol va minomyotlari, 14 mingta tanklari va 9 mingdan ziyod samyolyotlari jangovar holatga keltirilgan edi. Qizil Armiya hamda Harbiy-Dendiz Flotining umumiy tarkibi 4,8 million kishini tashkil etgan.

Fashist Germaniyasi SSSR ga qarshi urushni bir oʻzi boshlamadi. 1943 yilda nemislar tomoniga Italiya va “Moviy diviziya” nomli Ispaniyaning koʻngillilari kelib qoʻshilgan boʻlsa, 1944 yilda Ruminiya, Slovakiya, Finlyandiya va Bolgariya kabi davlatlar kelib qoʻshildilar. Germaniyaning ittifoqchilari orasida Vengriya hamda Horvatiya ham bor edi. Biroq barcha ittifoqchilar orasida Yaponiya bilan Italiya eng asosiy ittifoqchi davlatlar hisoblanar edi.

Gitlerchilarga qarshi koalitsiyada esa Sovet Ittifoqi bilan birga AQSH va Buyuk Britaniya bor edi. Ushbu koalitsiyaga dunyoning yana 26 davlati kirar edi.

Nemislar SSSR ga hujum qilish rejasini – operatsiya “Barbarossa” deb nomladilar. Bosib olgan taqdirda bu yerlarda katta oʻzgartirishlarni amalga oshirmoqchi boʻlganlar. Shu maqsadda “Ost bosh plani” ishlab chiqilgan. Unga koʻra, natsistlar bosib olingan yerlarni mahalliy aholidan tozalab, mustamlakaga aylantirib, tabiiy boyliklarini oʻzlashtirib olmoqchi boʻlganlar.

Ikikinchi jahon urushi yillarida Sovet Ittifoqi tomonidan juda katta yoʻqotishlar boʻldi. Halok boʻlgan askarlar, okkupatsiya vaqtida oʻldirilganlar, daraksiz ketganlar, asirga tushganlar – bularning barchasini aniq hisoblash qiyin. Biroq hozirgi kungi hisob-kitoblarga qaraganda, SSSR tomonidan yoʻqotishlar 26 million odamni tashkil etadi. Bulardan 8,7 millioni – halok boʻlgan askarlar, 7,4 millioni – qirib tashlangan mahalliy aholi, 6,1 millioni– okkupatsiya vaqtida oʻldirilganlar.
Germaniya va uning ittifoqchilari esa 8,6 million odamni yoʻqotdilar, ulardan 7,1 millioni – nemis harbiylari.





Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



