Qiziqarli

Zamonaviy dunyoning antiqa kasblari

Zamonaviy dunyoning antiqa kasblari
Zamonaviy dunyoning antiqa kasblari

Agar sen programmalashtirishni va kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilsang, unda senda saytlarni buzishda…pul ishlab topishingga imkon bor. Ha-ha, yirik kompaniyalar oʻz saytlari himoyasini yaxshilash niyatida, ularning tizimidagi kamchiliklarni topgan kishiga ancha katta pul miqdorida maosh toʻlashadi. Va agarda sen saytlarni shunchaki qiziqish uchun buzadigan boʻlsang, unda yorugʻlik tomoniga oʻtib ol va buning ustidan pul top!

Zamonaviy dunyoning antiqa kasblari

Dunyoning eng nufuzli mehmonxonalari xonalarida qulay yotoqlarning boʻlishi shart va zarur. Shuning uchun qimmat mebel tashkilotlari oʻsha yotoqlarni sinash uchun odamlarni ishga olishadi. Balkim, bu uyqusirab kelish mumkin boʻlgan yagona ish boʻlsa kerak, axir siz ish jaroyonida bajarishingiz kerak boʻlgan narsa – bu uxlash.

Zamonaviy dunyoning antiqa kasblari

Bu kabi enaga lavozimiga ega boʻlish juda mushkul boʻlsada, bu dunyodagi eng yoqimli kasb boʻls kerak. Har kuni “enaga-qarovchilar” pandalarga ovqat yedirishadi va choʻmiltirishadi, va baʼzan esa, bu qoʻpolroq va kulgili jonivorlarni yaralanishlardan himoya qilishadi. Aytgancha,The Bifengxia Panda Base (Xitoy) dagi panda enagalarining yillik okladi 200 ming (qariyb 1,9 million rubl) yuanni tashkil qiladi!

Zamonaviy dunyoning antiqa kasblari

Bizning har birimizda orzular bor, va shu uchun ham ularni barchasini roʻyobga chiqara oladigan insonlar paydo boʻlgan. Masalan, Chikagodagi tashkilotda klientlar doimo istagan narsalariga erishishlari mumkin. Buning uchun ular shunchaki ofisga kelib, oʻz orzularini batafsil aytib berishlari kerak, boshqasi esa “orzuni roʻyobga chiqartiruvchi” ning ishi. Ammo, bu ancha-muncha pul turadi – bunday xizmatning minimal narxi 150 ming dollarni tashkil qiladi.

Zamonaviy dunyoning antiqa kasblari

Katta megapolislarda odamlar koʻpincha oʻzlarini yolgʻiz his qilishadi. Shunday qilib, Tokio markazida maxsus xonachalar barpo etilgan. U yerga xohlagan kishi kirib, oʻz hissiyotlari va muammolari bilan boʻlishishi mumkin. Suhbatdosh tariqasida esa klientni tinchlantiradigan va qoʻllab-quvvatlay oladigan professionl ruxshunos oʻtiradi.

Zamonaviy dunyoning antiqa kasblari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar