Dunyoning turli burchaklaridan mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan 13 ta belgi va irimlar

Rossiyada qora mushuk irimlarga ishonadigan odamni yo'lini marshrutini ozgartirishga majbur qila oladi, Buyuk Britaniyada esa, qora rangli mushuk bilan uchrashuv faqat quvontirishi mumkin.

Belgi va irimlar mentalitet va hayot tarziga asoslanib shakllangan bo'lib, xalqning haqiqiy xarakteri haqida ko'p narsalarni aytib berishi mumkin. Turli mamlakatlarni eng ko'p tarqalgan irimlarni siz uchun bir oz hazilli tarzda illustrasiya qilingan sur'atlarini taqdim qilamiz. Chunki, ularga juda ham jiddiy munosabatda bo'lish kerak emas.
Rossiya

Agar qush belgi qo'yib ketsa, u pul keltiradi.
Fransiya

Agar itning axlatini chap oyoq bilan bosib olsa, u baxt keltiradi, o'ng oyoq bilan bossa baxtsizlik.
Dog'iston

Agar sho'rvangizga pashsha tushsa, sovg'a kuting.
Gresiya

Agar aksi irsangiz siz haqingizda gapirishayotgan bo'lishadi.
Daniya

Singan idishlar baxt olib keladi. Ularning bo'laklarini yangi yil kechasida yaqinlar va qarindoshlarga sovg'a qiladilar.
Xitoy

Uzun lag'mon uzoq umr va osoyishtalikni anglatadi, uni tishlab bo'lish mumkin emas.
Gresiya

Tikanli kaktus yomonlik va balo qazolardan himoya qiladi.
Germaniya

Mushuk yo'lingizni chapdan o'n tomonga kesib o'tsa - baxtsizlik, o'ndan chapga qarab kesib o'tsa baxt olib keladi.
Yaponiya

Kech tushganda qorong'uda ko'zguga qarash mumkin emas.
Malta

Cherkovlarda, yovuz kuchlarni adashtirish maqsadida, soatlar turli vaqtni ko'rsatadi.
Qatar

O'rgimchaklarni o'ldirish mumkin emas, ular uyni yong'indan asraydilar.
Italiya

Kompliment ko'z tegdirish qiroli, barcha balo maqtovlardan.
Shatlandiya
Kelin oilaviy hayoti baxtli bo'lishi uchun loyga belanishi kerak.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



