Qiziqarli

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Maktab – innovatsiyalar kiritilishi shart boʻlgan joylardan biridir. Zamon bir joyda turmaydi, bolalarda borgan sari oʻqishga mehr uygʻotish qiyinlashmoqda. Biroq, bunday innovatsiyalar bilan bu ishni amalga oshirish haqiqatga yaqindir.

Batut

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Stokgolmning Vittra Telefonplan maktabidagi batutli oʻyin maydoni. Bu yerda giperaktiv bolalar oʻynashlari va faol dam olishlari mumkin.

Ozodlik hisi

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Original dizayn, devorsiz ochiq xona va partalarning noodatiy joylashuvi, yoqimli va yengil atmmosfera uygʻotadi.

Ochiq muhit

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Vittra Telefonplan maktabidagi ichki muhitning noodatiy dizayni – devorlar va sinfxonalar yoʻq, turli zonalar esa original dizaynga ega yupqa toʻsiqchalar bilan ajratilgan.

Oʻyin mebeli

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Yorqin futuristik mebel, oʻquvchilar ushbu interyerdan oʻyin inventari sifatida foydalanishlari mumkin. Maktabda yoqimliroq va qiziqroq!

Futuristik sinflar

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Kiyevdagi dars xonalarining yorqin va zamonaviy interyer maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilarida yaxshi kayfiyat uygʻotadi. Boshqa maktablardagi oddiy oʻquv xonalariga umuman oʻxshamaydi.

Sport zal

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Original qoplamali devor va pol, eng yangi sport inventarlari va moslamalari bilan jihozlangan, zamonaviy dizaynli sport zal, barcha yoshdagi oʻquvchilarga yoqishi turgan gap. Bu albatta sport bilan shugʻullanishga ilhomlantiradi.

Oyna ortida

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Kopengagenda katta boʻlmagan gimnaziya, tashqaridan oynali kubga oʻxshaydi, ichida esa koʻp qavatli devorsiz muhit, yogʻoch toʻsiqlar yordamida orolchalar va zonalarga ajratilgan futuristik konstruksiya. Bunday erksevar dizayn maktab siyosatiga oʻta mos: bu yerda oʻquvchilar mustaqil ravishda oʻquv guruhlarini va ilmiy tadqiqotlar uchun va haqiqiy hayotiy masalalar yechimini topish uchun vaqtinchalik sinflarni shakllantiradi.

Ofis

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Aykene (AQSh) dagi kichik bir maktabda, ish joyi koʻplab alohida xonalarga past toʻsiqlar bilan boʻlingan. Har bir oʻquvchi oʻz kompyuteri va oʻqishning individual dasturiga ega. Maktab boshqarmasi bunday siyosat bolalarni haqiqiy kattalar hayotiga tayyorlaydi, muammo va masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga oʻrgatadi deb hisoblaydi.

Stadion

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Oʻta katta stadion va bolalar maydonchasi boshlangʻich maktabning tomiga qurilganligi – maktab territoriyasi toʻgʻri va foydali ishlatilishining ajoyib misolidir. (Chjeszyan, Xitoy)

Kutubxona

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Panorama oynalar, yorqin devorlar, original stellajlar, qulay va yorqin oʻrinlar va stollar – oʻquvchilarni oʻqishga va kitob bilan ishlashga oʻrgatishning ajoyib usuli.

Arxitektura shedevri

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Bizning koʻplab maktablarimizdan farqli oʻlaroq, Melburndagi oʻrta maktab binosi oʻzining gʻayrioddiy dizayni va yorqin ranglari bilan eʼtiborni jalb qiladi. Maktab binosi yarim aylana shakla va turli qiyin geometrik shakllardan iborat, ichida esa katta hovlisi bor. Dizaynerlar taʼkidlashicha, yorqin ranglar oʻquvchilar fantaziyasini boyitadi va butun kunga energiya beradi.

Maktab avtobusi

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Maktab avtobusining gʻaroyib saloni, divan va stullar, oʻquvchilarga yoʻl davomida dam olib, bir-birlari bilan suhbatlashishga qulay sharoit yaratadi.

Sport kompleksi

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Bergendagi NY – Krohnborg maktabining aql bovar qilmas dizaynga ega sport kompleksi, bahaybat basketbol maydoni, zamonaviy sport moslamalari, divan va stolchalarga ega foyeni oʻz ichiga oladi.

Art muhit

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

San Fransiskodagi noanʼanaviy maktab, eski ombor hududiga ega, unda tirmashib chiqish konstruksiyalari, qoʻlbola teatr va qalʼalar, qurilish va ijod qilish uchun kerakli moslamalar bor. Maktab siyosati – hech qanday ta'qiq yoʻq. Oʻquvchilarga dogʻ qilish, tirmashib chiqish, narsalarni yoqish, tajribalar oʻtqazish, narsalarni buzish va yangilarini yasash – barchasi mumkin. Asoschilarning fikriga qaraganda, bunday oʻquv maskani bolalarni isteʼmol qilishga emas balki yaratishga oʻrgatadi.

Oʻqish sinfi

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Shimoliy Karolinaning boshlangʻich maktabida shunday sinf borki, u oddiy partalar oʻrniga velotrenajorlar bilan jihozlangan. Bunday yechim, oʻquvchilarning koʻrsatkichlarini oshiradi, konsentratsiyani yaxshilaydi va miyaning ikkala yarimsharini ishlatishga imkon beradi.

Zinapoya dizayni

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Zinapoyaning matematik formulalar bilan bezatilgan har bir zinasi oʻquvchilarga ularni eslab qolish va unutmaslikka koʻmaklashadi.

Texnologiyalar

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Bu maktabda oʻqituvchilar bilan bir qatorda robortlar ham dars oʻtadi. Maktab rahbariyatining fikriga koʻra, bunday zamonaviy yondashish oʻquvchilarda baʼzi fanlarni oʻrganishga qiziqish uygʻotadi.

Oʻquv zali

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Monreal maktablaridan birining zamonaviy dizayni – markazida katta palma oʻsuvchi dumaloq yogʻoch stollar va stul oʻrniga original toʻnkalar.

Oshxona

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Koʻrinishidan yorqin dizaynli, zamonaviy restoranga oʻxshab ketadigan maktab oshxonasi, albatta, oʻquvchilar va oʻqituvchilarga yoqishi turgan gap.

Dam olish joyi

Dunyoning turli maktablaridan innovatsion loyihalar

Tinchlantiruvchi ranglarda bezalgan, osilib turadigan ajoyib yarimsfera shaklidagi kreslolar bilan jihozlangan dam olish xonasi, oʻquvchilar uchun tanaffus vaqtida dam olish uchun zoʻr joy.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar