Top-25: Bortkuzatuvchilarning balkim, siz bilmay qolgan sirlari

Bugungi kunda samolyotda uchmagan insonning oʻzi qolmagan boʻlsa kerak. Lekin siz havo kemasida uchish paytida barcha sodir boʻladigan harakatlardan xabaringiz bormi, yoki nimadir parda ortida qolarmikan? Balkim, sizni hayratlanish kutar. Agar ushbu roʻyxatdagi 25 ta boʻlimdan sizni birontasi qiziqtirib qolmasa, demak, siz – bortkuzatuvchi yoki styuardessa.
25.

Avariya holatida zudlik bilan yerga qoʻnish kerak boʻlganida, yaxshisi qoʻl barmoqlarini boshingiz ustidan qulf holatida ushlamang. Agar tepadan ustingizga biron ogʻir narsa tushsa, yaxshisi, sizning bir qoʻlingiz boʻlsada, sogʻlom qolsin.
24.

Eng yaqin avariyali eshikkacha boʻlgan qatorlarni sanang. Xavf holatida gumon borki, siz tutun yoki boshqa sabablar uchun hech narsani koʻra olmaysiz, bunday sharoitlarda esa salondan chishish yoʻlini topish juda muhim.
23.

Samolyotning yuk boʻlimida baʼzida hatto odam jasadlarini ham tashishadi, va bu amaliyot, odam uyidan uzoqda vafot etganida amalga oshiriladi. Shunaqasi ham boʻladiki, qimmatbaho “yuk” oqib qoladi va boshqa chemodanlarni isrof qiladi. Lekin, baliq tashish bundanda katta muammoni keltirib chiqarishi mumkin, chunki agar u sizning yukingizga oqsa, keyin uni hidini ketqizish judayam qiyin boʻlishi mumkin. Aynan shu sababdan, yuklarni shaffof oziq-ovqat plyonkasi bilan oʻrash – juda foydali ish boʻladi. Chang – yuk boʻlimidagi eng qoʻrqinchli tashvish emas.
22.

Texnik sabablarga koʻra sodir boʻladigan kechikishlarning koʻpginasiga yoʻlovchilarning oʻzlari sabab boʻlishadi – kutilmagan qoʻrqinch xuruji, kimdir kechikadi, kompaniya vakili bilan mojarolar va boshqalar. Inson omilini hali hech kim rad etganicha yoʻq. Va yaxshisi, sabab aynan shu boʻlaqolsin, oxirgi daqiqalarda roʻy bergan dvigatellarning ishlamay qolishi emas.
21.

Styuard va bortkuzatuvchilarda samolyotga chiqishda invalid kursisiga muhtoj boʻlgan va shu sababli salondagi joylariga navbatsiz kiradigan, hamda xayrlashish vaqti kelganida, birdaniga tuzalib qolib, salondan oʻz oyoqlarida chiqadigan yoʻlovchilar uchun butun bir laqablar roʻyxati bor. Ular chinakamiga yuradigan “moʻjiza” deb atashdi, axir yer yuzidan bir necha ming metr balandlikda sodir boʻluvchi bexosdan tuzalib qolishni yana qanday qilib tushuntirish mumkin? Faqat moʻjiza! Kamida, bu “yaramas aldoqchi” dan koʻra ancha yoqimliroq eshitiladi.
20.

Turbulentlik sababli samolyotning halokatga uchrashi deyarli mumkin emas. Ancha xavfliroq sabab, bu havoda hatto katta oʻlchamlarga ega boʻlmagan biron narsa yoki biron jonzot bilan toʻqnash kelishidir. Masalan, dvigatel turbinasi ichiga kirgan qush boʻlishi mumkin. Yoki qushlar galasi.
19.

Tijorat havo kemalari hatto birta dvigatelda ham ucha oladi.
18

Koʻpgina halokatlar va boshqa avariyalar havoda emas, parvozning birinchi daqiqalarida yoki qoʻnish vaqtida sodir boʻladi.
17.

Balandlikning qonga shunday taʼsir shu darajadaki, alkogol ichimliklar yerda taʼsir qilishidan koʻra parvoz vaqtida ancha kuchliroq taʼsir qiladi. Shuning uchun bortkuzatuvchilar doimo osmondagi bir dona ichimlik, yerdagi oʻshaning ikki baravariga teng boʻladi.
16.

Yoʻlovchilar tez-tez bolalr tagliklarini jurnal stollarida almashtirishadi, shuning uchun ehtiyot boʻling va qoʻllaringizni doimo yuvib turing.















Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



