Chingizxonning javobsiz muhabbati
Chingizxonning javobsiz muhabbati
Chingizxon 1155 yilda, mo’g’ullarning tatarlar ustidan g’alaba qozonishlari vaqtida dunyoga keldi. Uning otasi, katta qabila boshlig’i Yesugay-botir g’alaba vaqtida dunyoga kelgan og’liga Temuchin deb ism berdi.

1164 yilda Esugay-botir o’g’lini salkam 10 yoshida uylantirib qo’ydi. Kelinlikka nomzod sifatida tanlangan qiz ham nufuzli oilaning farzandi bo’lib, qizlarining go’zalligi bilan dong taratgan Qo’ng’irot qabilasidan edi.

Temuchinning rafiqasi Borte o’z turmush o’rtog’ida uch yosh katta bo’lgan va juda yaxshi tarbiya ko’rgan, husni esa ko’zni qamashtirardi. U Temuchinning ilk rafiqasi sanalgan, umrining ohirgi kunlariga qadar unga sodiq qolgan. Ular birgalikda 40 yildan ortiq hayot kechirdilar.

1206 yilda Temuchin mo’g’ul imperiyasining ulug’ xoniga aylandi va uni Ching’izxon deya atay boshladilar. 

Mo’g’ullarning qadimiy an’analariga ko’ra, ular bir nechta ayolni nikohlab olishlari mumkin edi. Ammo Chingizxon ikkinchi bor uylanib, Borteni ranjitishni aslo istamas edi. Temuchinning atrofidagi ishonchli odamlari unga yana bir bor uylanishi kerakligini, bu mamlakat vorislarining soni ko’proq bo’lishi uchun ham zarurligini ta’kidlar edilar. Borte aqlli va juda oqila edi, u Chingizxonning ushbu qarorini bosiqlik bilan qabul qildi, sevimli erining har bir so’zi uning uchun ilohiy gapdek edi. O’sha vaqtlarda harbiy yurishlar chog’ida asir tushgan qizlar joriya sifatida saroyga olib kelinardi, Chinizxonning kanizaklari soni 2000 dan ortiq bo’lsa ham ularning aksariyatini xon biror marta bo’lsa-da, ko’rmagandi. 

Kunlarning birida mo’g’ul xoni o’z yeridan tatarlarni quvib chiqarmoqchi bo’ldi. Aynan quvg'in paytida sohibjamol tatar qizi Yegusanga ko’zi tushdi. U shunchalar chiroyli ediku xon uni zudlik bilan xaramga olib kelishlarini buyurdi va unga uylanish qaroriga keldi. Chingizxon qizga o’z maqsadi haqida so’zlagan vaqtida Yegusan boshini quyi solib, uzoq yig’ladi. Hayratda qolgan xon ushbu holat uchun izoh talab qildi, qiz esa opasi Yesuy haqida unga so’zlab, uni juda yaxshi ko’rishi va shafqatsiz mo’g’ullar qo’lida halok bo’lishi mumkinligini aytdi.

Askarlar Yesuyni saroyga olib kelganlarida Chingizxon uning husniga mahliyo bo’lib qoldi, shu zahotiyoq to’yga tayyorgarlik ishlarini boshlash uchun buyruq berdi. Opasini topganidan boshi ko’kka yetgan Yesugan o’z o’rnini opasiga bo’shatdi. So’ngra Chingizxon va Yesuyninng to’ylar bo’lib o’tdi. 

Ammo Yesuy xonning nazariga tushganidan aslo hursand emasdi. U hamisha tushkun kayfiyatda yurar, hech kim bilan suhbatlashmasdi.

Xon sevimli rafiqasining ko’ngliga yo’l topish uchun harakat qilar, ammo uddasidan chiqa olmasdi. Kunlarning birida Yesuyning sirini uning singisidan bilib oldi. Yesuy o’z yurtida, yosh tatar yigitiga ko’ngil bergan, uning sevimli rafiqasi bo’lishni orzu qilgan ekan. U uzoqlarga tikilgancha kun kelib yorining jamoliga yetishishni orzu qilardi.

Bu haqida bilgan xon g’azablanib, askarlariga yosh rafiqasini ko’zdan yo’qotishni va uning yonidan bir zumga ham jilmaslikni buyurdi.

Kunlarning birida navbatdagi harbiy yurish sabab holdan toygan xon o’z rafiqalari bilan tanovul qilib o’tirgan vaqti Yesuy bezovta bo’la boshladi. Sezgir xon bu yerda bir gap borligini sezdi va zudlik bilan askarlarga atrofni qurshab olishni buyurdi. Shu vaqt askarlar orasida bir begona yigit bor ekanini sezib qoldilar.

Yigit xon tomonga qarab, o’zini Yesuyning qallig’i deb tanishtirdi. Tatar yigitning ushbu qilig’idan g’azabga tushgan xon uning jonini olishni buyurdi. Qo’rqib ketgan Yesuy hushdan ketdi, u bir necha kun davomida o’z o’tovidan chiqmay, sevgan insoni uchun ko’z yosh to’kdi. Chingizxonning yosh rafiqasi bilan til topishmagan Borte unga qarab ham qo’ymadi, Yesugan esa opasining ko’z yoshlariga sherik bo’ldi. 

Chingizxon bu vaqtda yana xarbiy yurishga tayyorgarlik ko’rardi. U safarlarga ham sevimli rafiqalarini birga olib borar, bu gal ham odatdagidek uni Yesuy va Borte kuzatib borishlari kerak edi. Yesuyning yonida og’ir ayb qilganini tushungan xon hamon uning ko’nglini ko’tara olmasdi. Mo’g’u lxoni uning rashkini keltirish uchun soxibjamol qizlarni haramga olib kela boshladi, bir nech yil ichida uning rafiqalari 26 taga yetdi.

Chingizxonning bu vaqtda ikki o’g’li bo’lib, ularning birini Borte, ikkinchisini Xulan ismli ayol dunyoga keltirgandi. Yesuy esa o’z xolatini o’zgartirmas, ammo hayotidan ham nolimasdi. 

Kunlardan birida g’amgin Yesuy xondan o’limidan keyin bu davlatni kim boshqarishi haqida so’radi. Chingizxon aynan man ash daqiqadan kun kelib o’lishi to’g’risida birinchi bor o’ylab ko’rdi. U bir necha kun davomida mijja qoqmadi, abadiy yashash usullari bor yoki yo’qligi haqida o’yladi. O’ta uzoq umr ko’ruvchi Xitoy ruhoniylari haqida eshitgani uchun ulardan birini chaqirtirib keldi. Ruhoniy unga o’zi bilgan sirlarni o’rgata boshladi. Ammo o’limni yengib bo’lmasligi, shunchaki uzoq umr ko’rish mumkinligini aytdi. 

Xon o’limi yaqinlashganini sezgan vaqtida Bortening o’g’li O’qtoyni taxt vorisi deb e’lon qildi. Buyuk mo’g’ul xoni 1227 yilda 82 yoshida vafot etdi. Ammo uning dafn etilgan joyi bugunga qadar ma’lum emas.

Yesuyning taqdiri qanday yakun topgani haqida biror bir tatixiy ma’lumot mavjud emas. Ma’lum bo’lgani shuki, u hech qachon xonni sevmagan. Shu sababli ham tarix uni armonli muhabbatiga vafodor ayol sifatida yodga oladi…

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook