просмотров
1. "Kartoshka" o'yini haqiqiy granatalar bilan (Xitoy)
Sharq, bilamizki - nozik masala. Hatto so'z armiya mashqlari haqida ketsa ham: buyruqlar ijrosining aniqligini ishlab chiqish, jasurlik-bular har qanday jangda kerak bo'ladi. Xitoy Xalq ozodlik armiyasi askarlari o'ta xavfli o'yin "issiq kartoshka" ni o'rganishlari lozim -bir-birlariga haqiqiy jang granatalarini otib o'ynashlari kerak.
2. Ko'krakka o'q otish (rus maxsus xizmati)
Shu kabi mashqlar(bir-birining ko'kragiga o'q uzish bronejilet bilan oddiy hol) rus maxsus xizmatda maxsuslashtirilgan o'quv turining qismi hisoblanadi. Bu mashqlar askarlarga o'q otilishi kuzatiladigan bo'lsa, ulardagi sarosima, qo'rquvni yo'qotish uchun amalga oshiriladi. Bronejiletning bo'lishiga qaramasdan ba'zida askarlarning jarohatlanishi ham kuzatiladi. Lekin shunga qaramsdan, askar yaralanganmi yo'qmi, u o'q tekkandan keyin darxol jang oloviga munosabat bildirishi kerak, sovuqqonlikni saqlagan holda.
3. Issiq xalqalarga sakrash (Xitoy Xalq ozodlik armiyasi)
Rasmda olovli xalqaga sakragan askar tasvirlangan. U bunday qo'rqinchli sinovda oddiy forma kiygan va hujum miltig'i bilan qurollangan. Mashqdan maqsad: askar haqiqiy jangdagi kabi hayajonlarni his qilishi va adrenalin otilib chiqishi uchun
4. Suvosti mashg'uloti("dengiz mushuklari" bo'linmasi HDF AQSH)
AQSHdagi Seal harbiy-dengiz flotining taktik bo'linmasida askarlarni har qanday vaziyatda suvdan qo-rmaslikka o'rgatishadi. Ularning qo'l va oyoqlarini bog'lab qo'yishadi va hozuvning tubiga tushib, yana orqaga ko'tarilishga, hovuz tubiga tegmasdan uzunasiga suzishga, suv tagida salto qilishga va shunga o'xshash telba mashqlarni qilishga majbur qilishadi. Mashq yana ham murakkablashtirilgan: instruktorlar jang shartlariga taqlid qilib, vaqti-vaqti bilan mashq qilayotganlarga hujum qiladi va ularni cho'ktirishga harakat qiladi.
5. G'ishtlarni bosh bilan sindirish (Janubiy Koreya va Xitoy askarlari)
Harbiy qo'shinni birlashtirish uchun tez-tez orkestr, marshlar va hokazolardan foydalaniladi. Lekin Xitoy askarlari bu borada ham ajralib turadi. Ularning bellarida bambuk tayog'i, boshlarida esa g'isht sindirish bilan mashhur bo'lgan. Tomosha bo'yicha armiyalarni solishtiradigan bo'lsak, unda Xitoy Xalq ozodlik armiyasi birinchi o'rinni egallaydi.
6. Kobra qonini iste'mol qilish (Amerika dengiz pexota askarlari)
Askar qizib olish uchun bir necha bor otjimaniye qilib, jangga kirgan kunlar ortda qoldi. Hozirgi kunda Amerika dengiz piyoda askarlari kobra qonini ichadi, tovuqlarning boshini tishlari bilan uzib tashlashadi-bu ularni o'qitish tizimining qismi hisoblanadi. Bunday holatni 2014-yilda 11 kunlik Cobra Gold o'qish jarayonida ko'rish mumkin bo'lgan, unda Tailand, AQSH, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziyalardan kelgan 13 000 askar qatnashgan. O'qish Tailanddagi Chonburi provinsiyasida bo'lib o'tgan.
7. Olov ustida muvozanat saqlash (Belarussiya, to'q qizil beretlar)
Belarusdagi IIV maxsus bo'limidagi harbiylar, shubhasiz ajoyib yigitlardir. Elita bo'linma qatoriga qo'shilish uchun bir necha qiyin sinovlardan o'tish lozim. Testlar quyidagi sinovlarni o'z ichiga oladi: 10 kilometrli marsh-sakrash, tuman mustahkamlash shturmi, qo'l jangi, baland bino shturmi va akrabitik bilimlar sinovlari. Lekin askarlar xodadan oddiy o'tmaydilar: ularning tagida olov yonib turadi, ularga avtomobil pokrishkasini otishadi, bundan tashqari ularni xodadan chiqarib tashlash maqsadida o'q ham uzishadi.
8. Osmono'parlardan sakrash va tog'ga chiqish mashqlari (Isroil mudofaa armiyasi)
Agar terroristlar Tel-Avivdagi osmono'pardagi garovdagilarni qo'lga olmoqchi bo'lsa, u holda ular xonaga oynadan bostirib kiruvchi kommandosni kutib ham o'tirmasligi aniq. Aynan shunday mashqlar Isroil mudofaa armiyasining antiterror bo'linmasida bajariladi. Askarlar xavfsizlik vositasi bilan Tel-Avivdagi eng baland binodan sakrashadi va devor bo'ylab pastga tushishadi.
9. Marjon toshlar va qoyalarda emaklash (Tayvan dengiz pexota askarlari)
"Jannatga yo'l" - bu Tayvandagi dengiz pexota askarlarini tayyorlashning 9 haftalik intensiv dasturning oxirgi etapi. Askarlar yalang'och badanda qo'llarning yordamisiz 50 metrlik marjon va qoyalardan emaklab o'tishlari kerak.
10. Otlarda tutun orqali yurish (Gollandiya Qirolligining Sharaf Gvardiyasi)
Askarlar tez-tez ularni hayvon bilan mashq qildirishlarini so'rashadi. Rasmda Gollandiyadagi Qirollikning Sharaf Gvardiyasi jangchilari otlarda uzluksiz tutun orqali yurib bormoqda.
Сообщения из Facebook