Ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar beshligi
Ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar beshligi
Odatda, ko’pchilik sportning ekstremal turlari bilan shug’ullanishga hayiqishadi. Turistik tashkilotlarning ma’lum qilishlaricha, ekstremal turizm rivojlangan mamlakatlarga tashrif buyuradigan sayyohlarning aksariyat qismi erkaklar ekan. Bugungi maqolamizda sizni ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar bilan tanishtiramiz!

Skaydayving – Bled (Sloveniya)

Bled- Slobeniyaning chekka hududida joylashgan va oilaviy hordiq olish uchun ayni muddao bo’lgan tog’ kurortidir. Ekstrim ishqibozlari bu yerda ham zerikib qolmasliklari aniq. Moviy rangli ko’l va uning atrofidagi qalin o’rmonlarni qush parvozi balandligidan turib tomosha qilishga nima deysiz? Buning uchun parashyutdan sakrab ko’rish kerak bo’ladi, xolos. Ushbu tajriba butun umrga yodingizda qolishi aniq. 

Paraplanerizm – Pontevedra (Ispaniya)

Yerdan bir necha metr balandlikda parvoz qilish va jazirama Ispaniyaning yashil rangga burkangan hududlarini hotirjam tomosha qilish – shunchaki orzu emas. Buni har bir inson o’zida sinab ko’rishi mumkin. Paraplanda uchish- parashyutda sakrashga jurati yetmagan, ammo hudud go’zalliklarini yuqoridan tomosha qilishni istagan insonlarga juda ma’qul keladi. 

Ispaniyaning shimoli- g’arbiy qismida joylashgan Pontevedra provinsiyasi mazkur sport turi bilan shug’ullanish mumkin bo’lgan eng ajoyib joylardan biri. Hududning ob-havo sharoitlari yaxshi mutahassislar ham katta tajribaga ega. Murabbiy bilan birga mashq qilish orqali mustaqil ravishda parvoz qilishga tayyor bo’lasiz. 

Bandji-jamping – Makao (Xitoy)

Yuqoridan pastga erkin parvoz qilish - asabi bo’shlar uchun mo’ljallangan mashg’ulot emas. Ammo u sizga butun umrga tatiydigan taassurotlarni hadya qila oladi. Bvandji-jamping – alpinistlar ashyolari bilan baland maydondan pastga sakrash hisoblanadi. Birinchi o’n yoki yuz metrda shunchaki parvo qilib borasiz, keyin esa zanjir bilan joyingizda qolasiz. Buning uchun eng ajoyib maskanlardan biri balandligi 300 metr keladigan Makao minoirasi hisoblanadi. Moviy dengiz va shahar manzaralari 7 soniya davomida ko’zlaringiz qarshisida butunlay boshqa bir olamni aks ettirib beradi. 

Qoyaga chiqish- Gorj-dyu-Verdon darasi (Fransiya)

Bu alpinizmning biroz o’zgacharoq ko’rinishi bo’lib, Provansdagi Gorj-dyu-Verdon darasi buning uchun eng qulay joylardan biri hisoblanadi. Jarayon davomida tabiatning bor go’zalligi- moviy rangli daryo, oppoq qoyalar va daraxtlarning yashil yaproqlarini kuzatishingiz mumkin. 

Tog’ velosipedi – Islandiya

Tog’ yo’laklari bo’ylab velosiped uchish ham asablari baquvvat insonlar uchun mo’ljallangan mashg’ulot. Tezlik, keskin qiyaliklar va betakror manzara sizga yangi taassurotlarni hadya qiladi. 

Islandiya o’lkasida mazkur sport turi bilan shug’ullanish uchun imkoniyatlar yetarlicha. Ammo mashq qilish uchun ta’qiqilangan tog’ yo’llarini tanlay ko’rmang. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook