Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar
Inson xotirasi haqida qiziqarli faktlar
Inson xotirasi qanday sirlarni o‘zida jamlagan? Tarix va bugungi kunda yashash baxtiga musharraf bo‘lgan odamzodning eng ulug‘ vakillari ham ushbu savolga to‘liq javob bera olmaganlar. Bizning vaqtga kelib miyani o‘rganish, jumladan xotira siriga javob topish uchun butun boshli institutlar va ilmiy labaratoriyalar tashkil qilindi. Shunga qaramasdan, savollarning soni javoblardan ko‘proq bo‘lib qolaveryapti.

1. Xotiraga oid ayrim ma’lumotlar olimlarning aqlini ham shoshirib qo‘yadi. Misol uchun inson embrionning 20 haftalik paytida uning miyasida o‘zi bilan sodir bo‘layotgan voqealarni eslash qobiliyati paydo bo‘lishi aniqlangan.

2. Kofein xotirani yaxshilashi haqidagi ma’lumotlarni ko‘p bor eshitgan bo‘lsangiz kerak. Aslida kofein eslab qolish qobiliyatini yaxshilay olmaydi, shunchaki uning ta’sirida diqqatni bir yerga jamlash imkoniyati vaqtincha kuchayadi. 

3. Miya mushak emaski, uni mashq qildirish mumkin bo‘lsa! Ammo olimlar xotirani mashq qildirish mumkin ekanligini ko‘p bor ta’kidlaganlar. Doimiy mashg‘ulotlar inson organizmining ushbu funksiyasini kuchaytiradi. Shundan kelib chiqqan holatda odamzod xotirasiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar olimlar tomonidan aniqlab berilgan. Bular - to‘g‘ri taomlanish, eslab qolish mashqlari hamda dori vositalari sanaladi.

4. To‘laqonli uyqu miya faoliyatiga ta’sir qilishi haqidagi fikrni hech kim rad eta olmaydi. Bundan tashqari hordiq jarayoni qisqa muddatli xotirani ham kuchaytira olishi mumkin. Buning qanday ishlashini esa aniqlab bo‘lganlaricha yo‘q, ammo xotira va uyquning bevosita bog‘liq ekanligi - isbot talab qilmaydigan fakt!

5. Ayrim holatlarda inson tug‘ilgan zahotiyoq fenomenal xotiraga ega bo‘ladi. Misol uchun Motsart bir bor eshitgan musiqasini to‘liq takrorlab berishi, shuningdek uning notalarini qog‘ozga tushirishi ham mumkin edi.

6. Avstraliyalik Xobard Paula Prentis 3 oy davomida 130 000 ta insonning telefon raqami va uy manzillaridan iborat ma’lumotlarni yodlab chiqdi. Ayolning aytishicha, buni o‘z kasbiy faoliyati uchun amalga oshirgan, Paula telefon xizmatida operator bo‘lib ishlaydi. Ammo shunga qaramay, u o‘z telefon raqamini yodlab qololmaydi.

7. Dominik OʼBrayen ham ana shunday ajoyib qobiliyat egasi, bir necha bor Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 1994 yildagi tanlov paytida 15 daqiqa davomida o‘zi uchun notanish bo‘lgan xitoy tilidagi 152 so‘zni yodlab olgan. Shunga qaramasdan u konsentratsiya zaifligidan aziyat chekadi, buning oqibatida maktabni ham tugata olmagan.

8. Amerikalik shaxmatchi Pol Morfi bir vaqtning o‘zida 8 ta doskada o‘yin o‘ynashi va ularning birortasiga ham qaramasligi mumkin edi. Bunisiga nima deysiz?

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook