"Love is..." saqichlari, komikslar va mualliflarining sevgi tarixi
O’radan ko’p yillar o'tgan bo’lsada hali hanuz kubik shaklidagi saqichning yoqimli va yumshoq mazasi yodimizda. Saqichni chaynashdan ham ko'ra ko'proq, muallifning haqiqiy sevgi to’g’risidagi fiklari tushirilgan qog’ozchalar hammaga birdek ma’qul bo’lgan edi. Ushbu sur’atlardagi yoqimli so’zlar rassom ayolning eriga atalganini ko’pchilik bilmasa ham kerak. Nafis va ta’sirchan sevgi tarixi, ishonch va yo'qotishlar...

Love is… komikslari yangi Zellandiyalik rassom-multplikator Kim Kasali tomonidan yaratilgan.

Kim 19 yoshida dunyo bo’ylab sayohat  qildi, olti yil o'tgach, u Kaliforniyada yashab, u yerda italiyalik Roberto Kasali bilan uchrashdi. U salfetkaga kiyimsiz do'mboq qiz va bolani rasmini chizib Robertoga berdi.

"Men o'zimning his-tuyg'ularimni ifodalash uchun kichik eskizlar yaratdim ... Bu mening his-tuyg'ularim kundaligini saqlash kabi, his-tuyg'ularim qanday rivojlanganligini tasvirlab berishga o'xshardi. Avvaliga bir tomchi chizdim, u qizga aylandi va bu men  edim. Bu ajoyib hayajonlarni boshdan kechirdim.  Keyin yana bir tomchi chizib oldim - bu esa hissiyotning sababi bo'lgan bir bola edi ",  deydi rassom. Kim va Roberto Yangi Zelandiyadagi  cherkovda, Kimning ota-onasi oila qurgan cherkovda turmush qurishdi.

Kim to’yida yopinchiqli toj kiydi va buni o’zining do'mboq qahramonida ham aks ettirdi.  

U shunday deb esladi: «Otam yoshligimda vafot etdi, shuning uchun Roberto menga turmushga chiqishimni so'raganida men: « Nima qilsang ham, faqat mendan oldin o'lib qolma», dedim .  U kulib, harakat qilishga va’da berdi. Roberto komikslarni ishlab chiqarishga qaror qildi va shu sababdan ham  1970 yil 5 yanvarda "Love is..” chiqa boshladi.  1974- yilda yigit qizni Kim deya atadi, bundan ilgariroq esa qiz qumga Roberto nomidagi birinchi harfni chizib R deb atagan edi.   

Kim o'zini haqiqiy rassom  deb hisoblamadi.  1981 yilgi intervyusida Kim: "Agar tanlovim bo'lsa, men romantik qo'shiqlar muallifi bo'lar edim.” degan. Sevgi to’g’risidagi qo’shiqlar menga chuqur ta’sir etadi… biroq , men chiroyli qo’shiq yoza olmayman, shu bois ham men tuyg’ularimni isxor qilishga boshqa yo’lni tanlaganman. 

Komiks tez ommalashib ketdi: ular endi nafaqat jurnalda chop etilardi.  Ular futbolkalar, kalendarlar, plakatlar, finjonlar va yana ko'p narsalarda chop etildi.

 

Saga "Love is ..." komikslarida juftlikning ilk uchrashuvi, oila qurgani va so’ngida esa juftliklardan birining o’limiga qadar bo’lgan munosabatning turli holatlari aks ettirilgan. Komiks qahramonlarining ham Roberto va Kim kabi farzandlari  bor edi. Komiksda bolalar bir qiz va bir og’il qilib tasvirlangan. Kim va Robertolarning hayotida esa 1971 yilda Stefano va Dario og’illari dunyoga keldi.

"Love is ..." suratlarining mashhurligi o'sishda davom etdi va Roberto Kimning biznes menejeri bo'ldi.  Buning uchun "Minikim" korporatsiyasi tashkil etildi.  Komikslarda  hayvonlar ham bor!  Ba'zan chizmalarda Samson ismli it paydo bo'ladi, yana bir komiksda biz Fido nomi bilan o’yilgan qabrtoshni ko’ramiz. Bu er xotining vafot etgan iti. 

1975 yilda Roberto moyak saratoniga ,  juda og’ir kasallikka chalingan deya taxlil qilindi .  Kim o'z sevgilisi bilan ko'proq vaqt o'tkazish uchun chizilgan komikslarini  to'xtatdi. Ammo Kim hech qanday komiksni  tashlamoqchi emas edi: u  ingliz animatori Bill Espritdan uni nomi bilan imzo chekilgan chizmalar chizib berishini so’radi. Billning qalamiga mansub ko’mikslar  Rossiya, Turkiya va Ukrainaning rassomlari tomonidan qabul qilinib, "Love is ..."  birinchi rangli komikslarni chiqardi.

"Men dorilarni qidirib, yomon xabarlardan uzoqlashtirmoqchi bo'ldim", deydi Kim. 1975 – yilda Robertoni operatsiya qilishdi. “ Biz Roberto bilan Rojdestvo sovg’alari haqida suhbatlashdik va men unga brilliant toshli uzuk emas yana bir farzand hoxlayotganimni aytdim”. Roberto Kasali 31 yoshida 1975 yilda vafot etdi. Komikslarda faqatgina qizaloq Kim va qabr toshi qoldi. 

Ajoyib bola

 Uning o'lganidan 16 oy o'tgach, Kim eridan olingan muzlatilgan suyuqlik yordamida bolani tug'di. Garchi beva ayol ko'p qo'llab-quvvatlanadigan maktublar olgan bo'lsa-da, diniy matbuot ta'kidlaganidek, u "diniy axloqqa" qarshi chiqdi.

"Roberto va men, ikki og’limizga kichik uka yoki singil sovg’a qilishni juda hoxlagan edik.  Shifokorlarning g’amxorligi va sabri tufayli bu orzu ijobat bo’ldi va men o’zimning ajoyib erimni yodga soluvchi yana bir yodgorlikka ega bo’ldim ” deydi Kim.  Ingliz gazetalari bolani “ajoyib bola” deb atagan. 

Love is... suratchalarida  qiz “kolyaska” sudrab ketmoqda va tepasida quyidagi jumlalar “ Milo Robertoni taqdim etishdan hursandmiz. Ota – onasi: Kim va Roberto (vafotidan keyin sun’iy urug’lantirish orqali)”.

Tanqidlarga javoban Kim shunday deb yozgan edi: "Milo ota – onasining muhabbatidan dunyoga kelgan. Agar kimdir buni qoralagan bo'lsa, demak,  dunyo o'z nisbiy tuyg'ularini  yo'qotdi.  Roberto vafotidan oldin sun'iy urug'lantirish orqali chaqaloqqa ega bo'lishga harakat qildik. Agar erim tirik bo'lsa, Milo tabiiy yo’l bilan dunyoga kelgan bo’lar edi. Robertoning o'limini  qanday o'zgartirib bo'lardi?

Afsuski Kimning ham umri nihoyasiga ega edi. U o’z uyida Angliya – Surreyyada 55 yoshda suyak va jigar saratonidan vafot etdi. Sof muhabbat sohiblarining oilaviy biznesini ularning katta o’g’li Stefano davom ettirdi. Komikslarni Bill Kimning shaxsiy imzosi ostida (ularning kelishuvlarida belgilanganidek) chizishda davom etti. Garchi Kim bu dunyoni tark etgan bo’lsa-da…

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations