Yaponiyada Yevropa mamlakatlari fuqarolariga kamida antiqa tuyuladigan narsalar juda ko’p. Hech kim yaponiyaliklar – antiqa xalq ekanligi, va doimo biror narsa kashf qilib, modaga aqldan ozdiradigan yangi trendlarni kiritishga qodir xalq ekanligi hech kimga sir bo’lmasa kerak.
Ovqatda to’liq yemasdan qoldirish
Ovqatni oxirigacha yeyish qoidaga aylangan. Ayniqsa, avvallari qimmat turgan va faqat boylarga taaluqli bo’lgan guruchni qoldirmaslik kerak. Ha, portsiyalar odatda unchalik katta emas, yapon oshxonasi odatda juda mazali – tushlikni oxirigacha yeyish unchalik qiyin masala bo’lmasa kerak. Siz uchun tayyorlangan taomni tashlash – uni ishlab chiqarishdagi zanjirga bo’lgan nohurmatdir. Yaponiyada ovqatga umuman olganda, katta diqqat biln qaraladi, sabzavotlarni yetishtirishdan boshlab, taomni stol ustiga tortishgacha. Va, albatta, taomlari mazali.
Axlatni saralamasdan tashlab yuborish
Yaponiyada axlatning 90% qayta ishlanishi ma’lum. Plastik shishalarni plastic shishalardan qilishadi, yonmaydigan axlatdan orollar hosil qilishadi, qog’ozni bir necha martalab qayta ishlashadi. Odatda barcha axlat terilishi alohida tashkil qilingan. Ko’chadagi urnalar ham alohida: shishalar uchun, plastic uchun, ovqat qoldiqlari uchun alohida. Uranalar shunchaki to’g’ri kelgan joyda turmaydi – shishani ichimliklar sotildigan Avtomat oldinda, plastic va qog’ozlarni – do’konlar oldida topish mumkin. Uydagi axlat jamlanib, belgilangan kunlarda olib tashlanadi: masalan, shisha – oyida bir marotaba. Xorijliklar bu tizimni tushunmasdan, axlatni xohlaganlaricha tashlayverishadi, va bu yaponiyaliklarni albatta, jahllarini chiqartiradi. Axlat konteynerlarining katta qismi ingliz tilidagi yozuvda yozilgan va oldida piktogrammalari ham bor – axlatni qayerga tashlashni tushunish juda oson.
To’yga qora galstuk taqish
Va oxirgisi ham qiziq fakt. Maqola uchun arzimas tuyulsa ham, lekin bu kabi hikoyalarni biz bir necha bor eshitganmiz. Aslida Yaponiyada to’yga qora galstuk taqilmaydi – faqat janozaga kiyish mumkin. To’yga oq yoki chiziqli galstuk taqish mumkin. Agar xorijlikni to’yga taklif qilsak, u marosimga albatta qora galstukda keladi, deb aytishadi yaponiyaliklar. Qisqa turistik sayohat paytida to’yga kelib qolish imkonlari ko’p emas, albatta. Ammo mabodo kelib qolsangiz – biror qora bo’lmagan galstukni taqing. Va mazza qilib dam oling!
Сообщения из Facebook