Tish og’riganda yordam beruvchi 5 ta usul
Tish og'rig'i eng yoqimsiz narsalardan biridir. Ko'pincha u bizni tez tibbiy yordam olishning iloji bo'lmagan yoki dori sotib olishning biron imkoni topilmaydigan bir paytda – ya’ni kechasi bemahalda bezovta qilib qoladi. Bunday holatlarda nima qilish kerak, azob berayotgan og’riqni qanday yengillashtirish mumkin?
Bunday vaziyatlarda sizga yordam beradigan 5 vositani taklif etamiz.

1.Yalpiz damlamasi

1.Yalpiz damlamasi

Yalpizli damlama sizga yordam berishi mumkin. Damlamani quyuqroq qilib damlang, o’zingizga mos haroratgacha ilishini kutib, og'zingizni chaying. Bu sizni bir muncha vaqt tish og'rig'idan xalos qiladi.

2.Qalampirmunchoq yog'i

2.Qalampirmunchoq  yog'i

Qalampirmunchoq yog'i og’riq qoldiruvchi (analgetik) va antibakterial xususiyatlarga ega. Tish og'riganda xona haroratidagi yarim litr suvga bir necha tomchi moydan solib tayyorlangan eritma bilan chayqash yordam beradi. Bundan tashqari, siz aralashmani kasal bo'lgan tishga paxta tampon yordamida surtishingiz mumkin.

3. Sho’r suv (Namokob)

3. Sho’r suv (Namokob)

Eng oddiy va arzon usul – sho'r suv (namokob)dan foydalanishdir, chunki tuz har bir uyda va har qanday sharoitda bo’ladi. Tuz tish og'rig'ini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni o'ldiradi. Shunday qilib, bu og'riqni keltirib chiqaradigan omillar bir muncha vaqt yo'qoladi. Sizga maqbul konsentratsiyada, o’rtacha xona haroratidagi suvda tuzli eritmani tayyorlang va og'zingizni chayqang.

4.Xe-Gu akupunktura nuqtasi

4.Xe-Gu akupunktura nuqtasi

Xitoy tibbiyotida bosh barmoq bilan ko’rsatgich barmoq o’rtasidagi uchburchakdagi nuqta xe-gu, deb nomlanadi. Agar siz shu nuqtaga kichkina muz bo’lagini ishqalasangiz, tish og’rig’ining kamayganini his qilasiz. Harakatlaringizdan keladigan impulslar tish og'rig'i o’tgan kanallardan o'tib, uni zararsizlantiradi.

5.Choy yog’i

5.Choy yog’i

Agar siz kichkina paxta bo’lagini oz miqdordagi choy daraxti moyiga botirib olib, va uni bir necha daqiqaga og’riyotgan tishga qo’ysangiz, u ham tish og'rig'ini kamaytirishga yordam beradi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations