Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari
Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari
Lava oqimlari, greyzerlar va sharsharalar – bularning hammasi tabiatning ajoyib mo’jizalari… Odamzot doimo bizni o’rab turgan atrof-muhitga taqlid qilishga harakat qiladi va sayyoradan har xil qiziq hiylalar va chiroyli shoh asarlarni yaratishni o’rganib turadi. Oqib turuvchi suv manzarasi odamlarni doimo tinchlantiradi va xursand qiladi, va bir kun kelib biz o’zimiz ham favvoralarni yaratishni boshladik.

1. Evropadagi birinchi pivo favvorasi

1. Evropadagi birinchi pivo favvorasi

Bir necha oy oldin Zalek (Žalec) shahri, sharqiy SloveniyadaYevropadagi birinchi pivo favvorasi namoyish etildi. Afsuski, favvorani ko’pikli ichimlikning bepul kaskadi deb nomlab bo’lmaydi, bu vaziyatda uni aniq hech kim inkor etmasdi. Favvora antiqa shakli bilan sakkizta quvurlik qulmoq gulini eslatadi, va o’sha quvurlardan har xil turdagi pivo oqib turadi.

 Xohlovchilar 6 yevro to’lab maxsus mikrochipli stakan olishadi va o’sha stakanga “aqlli” favvoradan sevimli ichimlikdan atigi 100 millilitr suzib beriladi. Stakanni sezuvchan mikrochip yordami bilan, pivoni suzish uchun pastga qaratilgan nasos burunchasi tagiga qo’yish kerak. Mexanizatsiyalangan barmen assortimentida LaškoKukec qora pivosi, Kratochwill asalli pivosi, Viziz IPA va qulmoqli ichimlikning boshqa sortlari bor.

 Shahar hokimi Yanko Kos (Janko Kos) yanada balandroq darajada pivo ichish madaniyatini rivojlantirmoqchi. Hokim umid qiladiki, yangi favvora uning shahrini mashhur qiladi va Yer sharining barcha burchaklaridan pivoni yaxshi ko’ruvchilarni unga jalb qiladi. 

2. Dr Pepper kompaniyasi favvorasi

2. Dr Pepper kompaniyasi favvorasi

O’z xohishlaringizdan xabardor bo’ling. Kanzas (Kansas, Amerikaning shtati) dan bir talaba qiz Dr Pepper gazlangan suvini shunchalikqattiq yaxshi ko'rardiki, o'z Twitterida quyidagicha yozdi: “Men, chindan ham bu ichimlikli favvorani o’z uyim oldiga o’rnatishim lozim. Bu, mening Dr Pepperga hozir qilayotgan xarajatlarimdan ancha arzonroq chiqardi”.

Kler Daniels (Claire Daniels) shu tvitni e’lon qilganidan bir oy o’tib, Dr Pepper kompaniyasining marketing bo’limi qiz bilan aloqaga chiqib, uni Manxetten (Manhattan) ga, kompaniya ichimligiga sadoqatli bo’lganligi uchun mukofot yutganini va uni olib ketish uchun kelishini taklif qildi.

Ammo mukofotni o’zi aslida Nyu-Yorkdan ham yaqinroqda edi… Kler yaqinlariga qo’ng’iroq haqida aytib berish uchun shoshib, zinapoyadan tushayotganida, shubhali shildirashlarni eshitib qoldi. Uninguyining ayni oldi tomonida ishchilar allaqachon maxsus favvorani o’rnatibqo’yishgandi. Hazilakam niyat amalga oshirildi!

3. Italyan vino favvorasi

3. Italyan vino favvorasi

Bepul pishloq faqat sichqon ushlagichda bo’ladi deyishadi, ammo Italiyada mahalliy vino chiqaruvchi tsexga tashrif buyuruvchilar o’z idishlarini ko’chadagi favvoradan bepul vino bilan to’ldirishlari mumkin. 2016 yilda Kentina Dora Sarcheze (Cantina Dora Sarchese) jamoatga yosh vinoli favvorani taqdim etdi, va bu favvora mashhur marshrut Rim va Ortona (Cammino di San Tommaso, St Thomas, Rome, Ortona) orasidagi yo’lda joylashgan Kammino di San Tommazo (yoki Ilohiy Tomas) yoqalab sayohat qiluvchi turistlar va safarga chiqqanlar uchun mo’ljallangan. Balkim, Cantina Dora Sarchese vinoli kaskad rimlik Trevi favvorasidan oqimi bilan ancha qolishsada, ammo favvora tashrif buyuruvchilar uchun kunida 24 soat, haftada 7 kun ochiq, va sayohatchilarga oddiy sovuq suvni emas, sevimli uzumli ichimlikni ichish imkonini beradi.

Favvora Kaldari di Ortona (Caldari di Ortona) da,Abrusso (Abruzzo) tumanida joylashgan. Bu favvora Dora Sarchese vino zavodixo’jaini Nikola D’Orya (Nicola D’Auria) va safarlarni tashkil qiluvchi Kamminodi San Tomazzo jamoati orasidagi kelishilgan loyihadir. Birinchi navbatda, vinosafarga chiquvchilar uchun mo’ljallangan, lekin barcha xohlovchilar ham tatibko’rishi mumkin.

4. Gazlangan suv favvorasi

 4. Gazlangan suv favvorasi

2010 yilda Parij hukumati parijliklarni plastmass shishalarni ishlatishdan qaytarish uchun, shahar fuqarolariga bepul suv taqdim qilishni boshladi. Jardin de Reuilly parkidagi favvora ijtimoiy suv ta’minotiga ulangan va 6 ta quvurlik bo’lib, gazlangan yoki oddiy ichimlik suvini suzib beradi.

1 kishiga 128 litr – fransuzlar yilida taxminan shuncha suv ichadi, va bu shishalangan suv ichish ko’rsatkichlari bo’yicha dunyodagi eng baland ko’rsatkichlardan biri. Parij xuddi shunaqa 215 ta favvora o’rnatilgan shimoliy Italiyadan misol qilibolgan, u yerda favvoralar mahalliy aholi orasida juda tez tanildi.

5. Dunyodagi eng katta shampan vinosi favvorasi

5. Dunyodagi eng katta shampan vinosi favvorasi

2008 yilda tashabbuskorlar guruhi dunyo rekordidan o’tish niyatida shampan vinosi bokallaridan yasalgan dunyodagi eng katta piramidani qurishdi. Kaskadli favvora balandligi 7 metr, og’irligi – 9 tonna. Bu fenomenal qurilmani 43 000 ta shampan vinosi bokallaridan yig’ishdi. Urunish Belgiyaning Antverpen shahri yonidagi Vidjnedjemda (Wijnegem'sshopping mall, Antwerp, Belgium) savdo markazida o’rnatildi.


6. Ketchupli favvora

6. Ketchupli favvora

Shokoladli favvoralar – allaqachon odatiy narsa bo’lib qolgan. Ketchuplifavvora – mana shu aniq sizning bayramingizni yanada antiqa va ko’ngilocharqilishi aniq.



7. Nachos uchun sous favvorasi

7. Nachos uchun sous favvorasi

Balki, siz uylanish yoki turmushga chiqishni rajalashtirib qo’ygan bo’lsangiz, ziyofatni xuddi o’rtoqlaringiz o’tkazgan kabi o’tkazishni xohlamasligingiz mumkin. Albatta,yana birta oldingisidan balandroq ketchupli favvora buyurtma qilishingiz mumkin. Lekin maydagaplikni nima keragi bor? Undanda hayratlantiruvchi va to’yimlinarsa bo’lsachi? Masalan, nachos (meksikalik gazak) uchun pishloqli soussizning ziyofatingizni ancha nozik qiladi. Va boshqa to’y fikrlaridan ko’rabunisi ancha kam xarajatlidir, va bunday pishloqli kaskadni o’zingiz hamtayyorlashingiz mumkin.

8. Mineral suvli tabiiy Brazil favvoralari

8. Mineral suvli tabiiy Brazil favvoralari

Kambukira (Cambuquira) – Braziliyaning Minas-Jerays (Minas Gerais) shtati hokimiyati, ko’pincha uning maydoni Circuito Águas («Suvli kontur») ning o’rtasida joylashgani bilan mashhur. Bu tabiiy ekosistema eng yaxshi suv basseyni deb nafaqat Braziliyada, balki Janubiy va Markaziy Amerikada ham sanaladi.

Shahar o’zidan Minas-Jeraysning janubiy massivida 950 metr balandlikda joylashgan haqiqiy tog’li oazisni tashkil qiladi, va 7 ta eng toza gazli suv chiqaruvchi favvoralar bilan mag’rurlanadi. Suvning terapevtik sifati joyning yoqimli muhiti bilan birga Kambukiruni Braziliyaning eng mashhur gidromineral kurortlaridan biri hisoblanadi.

9. Dunyodagi eng katta shokoladli favvora

9. Dunyodagi eng katta shokoladli favvora

Dunyodagi “Eng katta” shokoladli favvora Las-Vegas, Nevada shtatidagi Belladjio (Bellagio) mehmonxonasidajoylashgan. Jan Filippning konditerlik shoh asar patisseriyasi (Jean-Philippe Patisserie)ni Spa-Tauer zalidan aylanibo’tayotganda ko’rish mumkin, va ushbu visual va xushbo’y kaskad mehmonxonaningbosh konditeri tomonidan o’ylab topilgan va bezalgan. Haykal zal tepasiga chayetadi, va umumiy uzunligi 152 metrgacha bo’lgan quvurlar orqali birdaniga 900kg dan ortiq quyultirilgan sut, qora va sutli shokolad oqib tushadi. Shokoladli kaskad kuniga 24 soat ishlaydi, va qurilma bir yillik uzluksiz ishga, hattoeski shokoladni yangisiga almashtirmasdan ishlashga moslashtirilgan.

Shokolad tarkibida suv bo’lmagani uchun, hech qanday bug’lanish vujudga kelmaydi. Siz 4,2 metr balandlikdan kaskaddek oqib tushayotgan shokoladli daryolarga yaqinlashishingiz mumkin, lekin ehtiyot bo’ling – u yerda hid anchamast qiluvchi, va sizning shunchaki boshiz aylanib qolishi mumkin! Bu qurilmaning tashqi ko’rinishi esa hidlanishidek ajoyib – qurilma 3 xil rangli shokolad oqib tushayotgan, takrorlanmas shisha basseynlaridan iborat. Bu ajoyibotga soatlab termulib o’tirsa bo’ladi.

Ushbu favvoraning yagona kamchiligi shundaki, u faqat ko’rish va hidlashuchun mo’ljallangan, uni tatib ko’rish ta’qiqlangan!

10. Oy Kamalgi favvorasi

10. Oy Kamalgi favvorasi

Ro’yxatimizni unchalik ishtahani ochmaydigan favvora, ammo aniq u quvonch va hayratlanishga loyiq. Sizning e’tiboringizda - MoonlightRainbow Fountain – Oy Kamalagi Favvorasi, va u Giness rekordlari kitobiga biritilgan. Bu ulkan qurilma Seul, Shimoliy Koreyada joylashgan, va uning yaratuvchilari dunyodagi eng uzun favvorani qurishgan. Kaskadning suv oqimlari Xan (Han) daryosining ustidagi Banpo (Banpo) ko’prigining ikki tomonidan otibturadi, va agar bu ikki tomonni birlashtirsak, 1140 metr uzunlikni tashkilqiladi. Suv to’g’ridan-to’g’ri daryodan quyiladi, va suv bosimli mexanizmlar220 ta turli rangdagi projektorlar bilan yoritiladi, va favvora o’zining kamalaklinomini aynan mana shu antiqa ajoyibot uchun olgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook