Turli davlatlarning g’aroyib xilma-xil yo’l qoidalari
Turli davlatlarning g’aroyib xilma-xil  yo’l qoidalari
Yo’lga otlandingizmi? Ro'yxatni ko’zdan kechiring, boisi siz borayotgan davlatingiz haqida eng kerakli narsalarni bilmagan bo’lishingiz mumkin.

Fransiya

Fransiyada mashina boshqarayotgan haydovchining hushi joyida bo’lishi qattiq nazoratga olingan. Har bir fransuz avtoulov egasi mashinasida alkotester (alkogol iste’mol qilgan yoki yo’qligini aniqlab beruvchi qurilma) olib yurishi lozim. Aks holda qurilmaning yo'qligi uchun 11 evro miqdorida jarima to'lashga majbur bo’ladi.  Bardan chiqib transport vositasini boshqarish qobiliyatini barcha sinab ko'rishi mumkin. Bu mototsikllarga ham tegishli. Shu boisdan ham ushbu qoidani juda o'rinli deya olamiz. Fransiyada qondagi alkogol darajasi, boshqa ko'plab Evropa mamlakatlarida bo'lgani kabi- 0,5 ppmni tashkil qiladi.

BAA:

Birlashgan Arab Amirliklarida tuyalar har qanday magistral ko’cha bo'ylab sayohat qilish huquqiga egadirlar. Bu yo'lovchilar tomonidan nafaqat e'tiborga olinishi, balki agar sharoit talab qilsa, ularga yo'l bo’shatilishi kerak.

Yaponiya

Yaponiyada hushyor yo'lovchi mast haydovchi uchun javobgarga aylanadi. Nega bunday, deysizmi?  Aniqlanishicha, mashina saloniga o'tirishdan oldin, siz taksi haydovchisining ishonchliligini tekshirishingiz juda muhim ekan. Aytgancha, Yaponiyada piyodaga yo’ldagi ko’lmakdan suv sachratib o’tmaslik ham yo’l harakati qoidasi sanaladi. Bordiyu, shunday holat kuzatilsa, siz 6000 iyena miqdorida jarima to'laysiz.

Finlandiya

Finlyandiyada taksi haydovchisi yo'lovchilari uchun radioni yoqishga yiliga 30 evro miqdorida komissiya to'lashi kerak. Mantiq bor: musiqiy kompozitsiyani birgalikda tinglash mijozga qo'shimcha tadbirkorlik xizmatini ko'rsatishga tengdir. Shu sababli Finlyandiyaning barcha iqtisodiy sinf (ekonom) taksilarida sukunat hukm surmoqda.

Italiya

Ehtimol, yo'l harakati qoidalarining eng murakkab tizimi Italiyada keng tarqalgandir. Mahalliy ZTL qonuni (transport harakati cheklangan), o'tishni taqiqlovchi belgisi keng tarqalgan. Aslida, bu mutasaddilar tomonidan avtoulovchilar rioya qilishi kerak bo'lgan ma'lum bir ko'cha va hududga kirishni cheklash to'g'risidagi hukumat tomonidan doimiy ravishda yangilanib turiladigan narsa. Masalan, Italiyada ZTL zonasiga faqat mahalliy aholining ma'lum bir ro'yxatidagi odamlar kirish mumkin bo'lgan joylar mavjud va bu haqda oldindan bilishning iloji yo'q - faqat keyinroq qoidabuzarga 50-100 yevro miqdorida jarima solinganligi to'g'risida ariza kelib tushganidan so'nggina bohabar bo'lasiz. Bunday zonalarning chegaralari kunning vaqtiga qarab ham o'zgarishi mumkin. Rim, Florensiya va Milan kabi shaharlarda avtoulov bilan tarixiy markazga kirmagan yaxshiroqdir.

Meksika

Meksikada mashina haydash paytida soqolni olishga harakat qilganlik uchun katta jarimaga tortiladi. Bu bilan ayollarga imtiyoz bor deb bo’lmaydi. Ular ham mashina boshqarayotgan paytlarida pardoz qilishga urunsalar huddi shunday jazoga ega bo’ladilar. Ana shunaqa!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook