Oshxona

Yozgi yaxna ichimliklar – ayrondan tayyorlangan taomlar retsepti

Yozgi yaxna ichimliklar – ayrondan tayyorlangan taomlar retsepti
Yozgi yaxna ichimliklar – ayrondan tayyorlangan taomlar retsepti

Hozir pishiqchilik payti boʻlgani uchun ayrondan tayyorlangan yaxna ichimlik tayyorlashni maslahat beramiz. Uning tayyorlanishiga bor-yoʻgʻi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi. Shunday qilib, ushbu taomni tayyorlash uchun kerakli masalliqlar:

450 ml ayron (tengma-teng qatiq va toza suv aralashmasi); 600 ml sut 5-6 ta bodring; bir necha dona rediska – xohish boʻyicha; 3 osh qoshiq limon sharbati; 3-4 dona sarimsoqpiyoz donasi; maydalangan petrushka yoki ukrop (taʼbga qarab) tuz va qora murch – taʼbga qarab 1 dona qizil qalampir.

Bodring kichik toʻrtburchak shaklida, oʻtkir qalampir qalamcha shaklida, koʻkat esa mayda qilib toʻgraladi. Toʻgʻralgan masalliqlarni togʻorachaga solib ustidan ayron va sutni qoʻshing va aralashtiring. Endi unga limon sharbatini, tuz va murchni qoʻshing. Yana bir aralashtirib yuboring! Ayronli yaxna ichimlik tayyor! Yoqimli ishtaha!

Yozgi yaxna ichimliklar – ayrondan tayyorlangan taomlar retsepti

450 ml ayron; 2-3 dona bodring; 3 dona koʻk piyoz; 2 dona ukrop;

Piyoz, koʻkat mayda qilib, bodring esa toʻrtburchak shaklida toʻgraladi va ustidan ayron qoʻshiladi. Yaxna ichimlik tayyor. Bunday ayronni qora non bilan birga isteʼmol qilish ayniqsa foydalidir. Yoqimli ishtaha!

Yozgi yaxna ichimliklar – ayrondan tayyorlangan taomlar retsepti

Ushbu yaxna ichimlik esa parhezda oʻtirganlar hamda ozmoqchi boʻlganlar uchun toʻgʻri keladi. Bir portsiya shunday ichimlik tayyorlash uchun quyidagi masalliqlar kerak boʻladi:

200 gr qaynatib pishirilgan brokkoli karami; 250 ml ayron; koʻk piyoz; ukrop yoki petrushka

Barcha masalliqlar maydalab toʻgʻraladi va ayron qoʻshib aralashtiriladi. Yaxna ichimlik tayyor! Xohlasangiz bu taomni blenderda aylantirib olish ham mumkin.

Yozgi yaxna ichimliklar – ayrondan tayyorlangan taomlar retsepti

Qatiqdan tayyorlangan smuzi taomi juda foydalidir: uning tarkibida koʻplab foydali moddalar mavjud boʻlib, ular oshqozonga botmaydi hamda ichaklarning holatini yaxshilaydi. Ayrondan tayyorlangan smuzi ichimligining bir nechta retseptini eʼtiboringizga havola etamiz.

Bodring qoʻshilgan ayronli smuzi

1 stakan ayron; 1ta oʻrtacha bodring; bir dona ukrop; bir necha yalpiz bargi;

Bodring, ayron va ukrop blenderga solinib aylantirib olinadi. Hosil boʻlgan ichimlik stakanga quyilib, yalpiz bargi bilan bezatiladi. Yoqimli ishtaha!

Olma va bodring qoʻshilgan ayronli smuzi

1 ta oʻrtacha kattakikdagi olma; 1 ta bodring; 200 ml ayron (100 ml qatiqqa 100 ml toza suv qoʻshish orqali hosil boʻladi); taʼbga qarab tuz solinadi.

Yuqorida sanab oʻtilgan barcha masalliqlarni blenderga solib, aralashtirib olsangiz, bas. Yaxna ichimlik tayyor!

Rediska qoʻshilgan yaxna ayron ichimligi

3 dona katta boʻlmagan rediska; 300 ml ayron; bir necha dona yalpiz bargi

Barcha masalliqlarni blenderga solib, yaxshilab aralashtirib yuboring. Ayrondan tayyorlangan yaxna ichimlik tayyor!

Yozgi yaxna ichimliklar – ayrondan tayyorlangan taomlar retsepti

Yoz kunlarida koʻpgina odamlar aktiv dam oladilar, tabiat qoʻyniga chiqib, suv havzalarida choʻmiladilar va quyoshda toblanadilar. Bunday paytda mazali kabob pishirish juda maroqli. Agar siz kabob pishirgan boʻlsangiz, uni qatiqda boʻktirib, yumshatgan boʻlsangiz kerak.

Eʼtiboringizga ayronda yumshatilgan goʻshtdan tayyorlangan kabobning retseptini havola etamiz. Buning uchun sizga quyidagi masalliqlar kerak boʻladi:

2 kg lahm goʻsht; 0,5 kg piyoz; 1 pachka kabob uchun ziravor; 1 litr ayron; tabga qarab tuz.

Piyozning poʻchogʻidan tozalab, katta dumaloq shaklda toʻgʻrang, goʻshtni kerakli kattalikda kesing. Ularni bir idishga solib, ustidan tuz hamda ziravorlarni qoʻshing, soʻngra ularni qoʻlingizda yaxshilab aralashtiring (piyozning suvi chiqishi uchun). Endi unga ayronni qoʻshib muzxonada bir kechaga qoldiring (kamida 3 soat).

Goʻsht marinadlandi. Endi eng qiziq jarayon boshlandi – shashlikni sixga tortib, qoʻrada pishirish! Tabiat qoʻyniga sayohatga chiqishdan oldin bir necha idishlarda ayron olishni unutmang – yozning jazirama kunlarida bu yaxna ichimlik tanani muzlatadi, chanqoqni bosadi va hattoki ichkilikdan keyin bosh ogʻrigʻini ham bosadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar