Top-25: Dunyodagi eng mehmondo'st shaharlar
Top-25: Dunyodagi eng mehmondo'st shaharlar
Siz sayohat qilishni yoqtirasizmi? Qayerda turistlarni yaxshi kutib olishlariga qiziqasizmi? 5 million nusxada chiqariluvchi mashhur Amerika jurnali Travel+Leisure har yili o'z kitobxonlari orasida dunyodagi qaysi shaharlar - eng sevimli va mehmondo'st ekanligi borasida tadqiqotlar o'tkazadi.

19. Viktoriya, Kanada

19. Viktoriya, Kanada

Viktoriya tinch okeanining Kanada qirg'oqlaridagi Vankuver orolining janubiy burnida joylashgan. Bu go'zal tarixiy shahar sust hayot tarzi, mehmondo'st atmosferasi, go'zal manzaralari, ajoyib parklari va bog'lari bilan mashhur.

18. Reykyavik, Islandiya

18. Reykyavik, Islandiya

Islandiyada muzli poytaxtning qahraton qishiga qaramasdan, Reykyavik issiq, xushtabiat, ko'ngilchan odamlari bilan mag'rurlanadi. Ular doimo turistlar uchun uy sharoitlari va qulaylik yaratib berishga harakat qilishadi. Bu dunyodagi eng toza, ko'kalamzor va xavfsiz shaharlardan biri hisoblanadi.

17. Nyu-Orlean, Luiziana shtati, AQSH

17. Nyu-Orlean, Luiziana shtati, AQSH

"The Big Easy" deb atalgan(Nyu-Yorkning "katta olma" variatsiyasi), Nyu-Orlean (New Orleans) - 350 000 kishi uchun boshpana bo'lib, mehmondo'st aholi bazmlar, jaz  festivallari va mahalliy oshxona shaydolari hisoblanadi.

16. Krakov, Polsha

16. Krakov, Polsha

Krakov haqiqatdan ham Yevropaning eng go'zal va betakror shaharlaridan biri hisoblanadi. Bekorga bu yerga ko'plab turistlar oqimi boy madaniy meros va mashur diqqatga sazovor joylarni ko'rgani kelmaydi. Bejirim arxitektura - Polsha poytaxtining yagona yutug'i emas. Krakov do'stsevar atmosferasi va mehmonsevar insonlari bilan mashhur bo'lgan.

15. Eshvil, Shimoliy Karolina shtati, AQSH

15. Eshvil, Shimoliy Karolina shtati, AQSH

Bu Amerikaning eng ko'kalamzor va ekologik shaharlaridan biri. Eshvil (Asheville) - energiyaga to'la va pozitiv shahar. Travel+Leisure jurnali o'quvchilarining fikriga ko'ra, bu yerda shu qadar yoshlik bilan nafas olinadiki, hatto keksa odamlar ham o'zlarini ancha tetik va quvnoq his qilishadi.

14. Neshvil, Tennesi shtati, AQSH

14. Neshvil, Tennesi shtati, AQSH

Amerikadagi Tenessi shtati poytaxti Neshvil AQSHdagi boshqa shtatlardan o'zining kantri tarzidagi mashhur musiqa namoyishlari, mazali taomlari(ko'proq issiq jo'ja va barbekyu qadrlanadi) hamda juda mehmondo'st mahalliy aholisi bilan ajralib turadi

13. Kioto, Yaponiya

13. Kioto, Yaponiya

Bu yerda deyarli 1,5 million aholi yashaydi. Kioto - Yaponiyaning eng go'zal shaharlaridan biri bo'lib, u ibodatxona va ziyoratgohlarning boy kolleksiyasi bilan mashhur bo'lgan. Ularning soni 2000 ga yaqin. Bundan tashqari, Tokioga qaraganda Kiotoda odamlar mehmondo'st, osuda. Ko'pchilik turistlar Tokioni haddan tashqari shovqin va odam ko'pligi sabab yoqimli ekskursiyalar o'tkazish, xotirjam sayr qilish  uchun noqulayligini ta'kidlashadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook