Qiziqarli

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

1912 yilda dunyodagi eng taniqli tabiatshunos olimlardan biri Afrikaning ichkarisida tarixdan avvalgi mavjudotlardan biri hamon yashab kelayotganiga qattiq ishongan. Karl Gagenbek zoologiya va hayvonlar bilan insonparvarlarcha munosabat tarafdorligi harakatining eng ilk pionerlaridan biri boʻlgan. Rodeziyaga sayohati paytida u shu mintaqaning inson qadami yetmas darajadagi eng uzoq botqoqlaridan birida allaqanday yarim ajdar - yarim fil mavjudligi toʻgʻrisida bir necha xikoyalarni eshitgan. 

Tahminlarcha bu maxluq gʻor va qoyalarda aks ettirilgan qadimiy suratlar majud va shu suratlar analiz qilinsa oʻsha maxluq mezozoy yoki mel davrida yashagan dinozavrlardan biri boʻlib chiqishi mumkin emish. Biroq, Gagenbek tomonidan joʻnatilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchrab hech qanday yangiliksiz qaytgan. 

Oradan bir yil oʻtib Germaniya kapitan Frayxerra fon Shteyna suLausnits boshchiligidagi yangi ekspeditsiyani Gʻarbiy Afrika hamda Kamerun davlatidagi botqoqli changalzorlarini tadqiqot qilish uchun joʻnatgan. Ekspeditsiya mintaqaning haritasini tuzib, botanik namunalarni yigʻib olishi, shuning bilan birga aniqlangan har qanday hayvonlarning yangi turini roʻyxatga olishi kerak edi. Ekspeditsiya ikkinchi jahon urushi boshlanishi tufayli zudlik bilan chaqirib olingan. Uning hisobotlari esa bir necha oʻn yillarga nom-nishonsiz yoʻqolib ketgan. Nihoyat, payti kelib ular tabiatshunos Villi Ley tomonidan chop qilingan. 

Leyning soʻzlariga qaraganda nemislar avvalari Gagenbek aytib oʻtgan narsani – tarixdan ilgarigi maxluqni topgan. Fon Shteyn suLausnits uni Mokele-Mbembe deb nomlagan va fildan kattaroq bu maxluqning dumi alligatornikiday uzun dumi, brontozavrni eslatuvchi boʻyni va kallasidan chiqib turuvchi uzun shoxi yoki tishi bor emish.

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Ninki-nanka — Gʻarbiy Afrika folkloridagi maxluq. Uning tasvirlanishi turlicha biroq koʻpchilik afsonalarda bu hayvon sudralib yuruvchi yoki ajdarga oʻxshash deyiladi. Afsonalarga muvofiq, Ninki-nanka Gʻarbiy Afrikaning botqoqliklarida yashaydi. Afsonalarda aytilishicha bu maxluq juda bahaybat va juda havfli. Uning uzunligi 50 metrga yetaremish. Odatda yosh bolalar oʻzboshimchalik qilsa, ota-onasiga quloq solmay botqoqlik tomonlarga yaqinlashsa Ninki-Nanka ularni yeb qoʻyishi mumkinligi bilan qoʻrqitadi. Bu maxluq toʻgʻrisidagi afsonalar aborigenlar tomonidan hech qachon yozib olinmagan, lekin butun Afrika boʻylab qabiladan qabilaga ogʻzaki ravishda oʻtib kelgan. 

Yevropaliklar bu maxluq toʻgʻrisida 1935 yilda Tomas Dalrimpl ismli bir vrach tomonidan afsonalarning biri yozib olingandan keyin xabar topgan. Senegallik fransuz tilida ijod qilgan Touré Kunda guruhining Casamance au clair de lune albomida “Ninki Nanka” nomli qoʻshigʻi mavjud.

Bu afsonaviy maxluqni oʻzlari aytishlaricha, koʻrgan va uning mavjudligi aniq, ekanligi toʻgʻrisidagi xabarnomalarni tadqiq qilish uchun 2006 yilning yoz oylarida Anomal zoologiya Markazidan (CFZ) “ajdar ovlovchilar”ning katta Guruhi Gambiyaga yoʻl olgan. Ninki Nanka bilan yuzma-yuz uchrashganini taʼkidlaganlardan birining taʼriflashicha bu maxluqning tashqi koʻrinishi bilan xitoy ajdahosiga juda oʻxshar emish.“Dauns hotirasi sharafiga 2006 yil Gambiyaga uyushtirilgan ekspeditsiya” deb nomlangan bu harakat ommaviy axborot vositalari tomonidan salmoqli eʼtiborga sazovor boʻlgan, shu jumladan VVS Online SA sahifasidaga alohida maqolada yoritilgan. Afsuski, ushbu maxluqning haqiqatdan ham mavjudligini isbotlab beruvchi qatʼiy dalillar topilmagan.

Richard Frimen – qitʼaning eng tutqich bermas maxluqlaridan birini izlab yaqindagina Afrikaga yoʻl olgan. Ninki-Nankaning mavjudligiga ishonuvchilarning gaplari boʻyicha bu maxluq juda ham yashirin hayot kechiradi va uni koʻrgan odamlar oradan hech qancha vaqt oʻtmay hayotdan koʻz yumar emish. Uzoq yillar davomida hayvonot bogʻining ishchisi boʻlgan Frimen, bu kritozoologik hodisaning oʻziga yarasha aqlga muvofiq talqini borligiga chuqur ishonadi - Ninki-Nanka echkiemarning shu paytgacha fanga nomaʼlum boʻlgan turlaridan biri boʻlishi mumkin emish.

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Avvalo shundan boshlash kerakki Garvardlik psixiatr doktor Djon Mek 1994 yilda Yerdan oʻzga hayot shaklini tasvirlaganlar bilan uchrashib gaplashganda, u “uchrashganlar” sof haqiqatni gapiryapti degan xulosaga kelgan. 1994 yilning 16 sentyabr kuni oʻshi 5 dan 12 yoshgacha boʻlgan tahminan 60 nafar bolalar Zimbabve poytaxtining chekkasidagi oʻz maktabi hududida oʻynayotgan paytda oʻrmon uzra past tezlikda uchgan haddan ziyod katta kosmik kemani, u bilan birga yana bir necha uchish apparatlarini koʻrgan.Kosmik kema bolalar maydonchasining yonida qoʻngan va ularning aytishicha, bolalarning oldiga bir necha gʻalati maxluqlar yaqinlashgan. Bolalarning hammasi bir ovozdan ushbu maxluqlarni pakana boʻyli, qop-qora sochli va koʻzlari judakatta ekanligini taʼkidlagan. Uchrashuv tahminan 15 daqiqa davom etgan. Eng qizigʻi shundaki, oʻsha paytgacha bolalarning birortasi ham NUJ, yaʼni nomaʼlum uchuvchi jismlar toʻgʻrisida xatto tushunchaga ham ega boʻlmagan.

 

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Marozi ("tanho arslon") – butun Sharqiy hamda Markaziy Afrika hududida uchragan olachipor bahaybat mushuk. Uni koʻrganlarning gaplari boʻyicha bumaxluq oddiy arslondan salgina kichikroq. U oʻzining mashhur zotdoshini eslatishiga qaramay marozining terisi butun orqasi bilan birgan yonboshlari tomonidan kulrang-jigarrang dogʻlar bilan qoplangan. 

1931 yilda Maykl Trent ismli fermer uning fermasidagi yirik shoxli qoramollarga tinmay hujum qilgan olachipor arslon juftligini otib tashlagan. 1933 yilda Kennet Gandar Doverismli tadqiqotchi yarim arslon va yarim qoplon koʻrinishidagi bu noodatiy maxluqni topish uchun Keniyaning togʻlariga yoʻl oldi. Afsuski, u quruq qoʻl bilan qaytgan. Shunga qaramay, u yangi qoldirilgan bir necha gʻayrioddiy izlarni koʻrgan. Bu masala hanuzgacha ochiq qolib kelmoqda. Ayrimlarni aytishicha, olachipor arslon bu afsonadan oʻzga narsa emas, ayrim kishilar esa bu hayvonni oʻz koʻzlari bilan koʻrganini hamon taʼkidlab kelmoqda.

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Tadqiqotchi Frenk Melland 1912 yilda kaonde qabilasi bilan maʼlum vaqt birga yashash maqsadida Afrika qitʼasining janubiy-markaziy qismiga yoʻl oldi. Oʻsha davrda mahalliy aholi vakillari unga “Kongamato” nomli bir maxluq toʻgʻrisida gapirib berganlar. Aniq tarjima qilinganida “kongamato” soʻzi “qayiqlarni agʻdaruvchi” maʼnosini birliradi. Melland oʻz kitobining butun bir bobini shu maxluqqa bagʻishlagan, chunki u kaonde madaniyatida juda muhim oʻrin egallaydi. Shuningdek u kaonde qabilasida keng yoyilganida 1,5 – 2 metrga teng koʻrshapalaknikidek qanotlari bor kaltakesaksimon maxluqdan saqlanish uchun maxsus jodulari borligini taʼkidlagan.Guvohlarning bir nechtasiga Melland pterodaktilning suratini koʻrsatganida ular bu aynan “kongamato” ekanligini tasdiqlagan.

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Kriptobiologiya — shu paytgacha roʻyhatga olinmagan oʻsimliklarni izlab topish  hamda ularni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi fan. Koʻpincha bu juda gʻalati oʻsimliklar boʻladi. 1870 yilda Genri Kallavey ismli missioner zuluslarning diniy tizimi toʻgʻrisida hisobotni chop qilganidau oʻta halokatli umdglebi daraxti toʻgʻrisida maʼlumotni ham kiritgan. Budaraxt shu darajada zahri qotilki uning atrofidagi yerlar skeletlarga toʻlib ketgan. 

Bu daraxtga qoʻngan barcha qushlar darhol ajal topgan. Shu bilan birga targʻibotchi shuni aytganki,bu daraxt gohida qoʻyning maʼrashini eslatuvchi gʻalati ovoz taratgan. Kallavey butun qishloqni oʻldirishga quvvati etadigan darajadagi zaharli bu daraxt taʼsiridan oʻlgan oldamlarni ularning oʻlimidan avval koʻrgan.

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Pol dyuShayyu ismli fransuz tadqiqotchisi, pigmey qabilasi bilan ilk muloqot qilgan hamda avvallari afsonaviy deb hisoblangan hayvon – gorillani birinchi boʻlib koʻrgan tashqi dunyo odami. U Afrika maymunlar boʻyicha qilgan tadqiqotlarini tavsiflaganida, u toʻrt hil maxluqni taʼriflab bergan: gorilla, shimpanze, nshegombuve hamda kulakamba. Kulakamba bu nomini oʻzining gʻalati hayqiriqlari tufayli olgan. DyuShayyuning gaprlari boʻyicha, kulakamba qoshlari ustidagi katta yoylari, kichgina tumshugʻi, yirik quloqlari va shimpanzega nisbatan kattaroq bosh suyagi bilan ajralib turadi. Bu hayvon zamonaviy Gabon hamda Kamerun hududlarida yashovchi odamlarga tanish boʻlgan.

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Emela-Ntuka –shu qadar sirli maxluqki, uni goho tuyoqli sut emizuvchi, goho sudralib yuruvchi sifatida taʼriflaydilar. Ammo bir narsasi aniq: emela-ntuka juda rasvo feʼlga va peshonasida yagona shoxga ega. Shu shox bilan u fillarni hamda boshqa yiriq hayvonlarini bir zarbadayoq oʻldira oladi. Emela-ntukaning kattaligi filga teng. Uning boʻyni atrofidagi teri timsohniki kabi qat-qat koʻrinishda. Emela-ntuka toʻgʻrisidagi dastlabki xabarlar 1913 yilda paydo boʻlgan. 

Tadqiqotchi Xans Shomburgk bu maxluq toʻgʻrisidagi voqealarni Liberiyaning klao qabilasi vakillaridan yigʻib olgan. Emela-ntuka oʻtxoʻr boʻlishiga qaramay u oʻz yoʻlida uchragan hech qanday jonzotni ayamay uni shafqatsizlarcha oʻldiradi. 1981 yilda Roy Makal mokele-mbembe maxluqini topish maqsadida Kongo safar qilganida emela-ntuka toʻgʻrisida bir necha marta ogohlantirishlarni eshitgan. Makal bu maxluqni tirik qolib hozirgi kunga qadar yetib kelgan seratops dinozavri boʻlishi ehtimoli bor, degan xulosaga kelgan.

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

Xatto 20 asrda ham Afrikaning ayrim hududlaridagi mahalliy qabilalari mustamlaka politsiya xodimlari hamda oʻt oʻchiruvchilarni odamlarga yordam beruvchi emas, aksincha, odamlarni yem sifatida ishlatadigan qonxoʻr vampirlar deb hisoblaganlar. 1947yilda Mombasada mahalliy oʻt oʻchiruvchilar komandasi toʻgʻrisida oʻta vahimali voqea toʻgʻrisida mish-mishlar tarqalib ketgan. Bir erkak oʻt oʻchiruvchilar uyqudagi bir ayolni oʻgʻirlab, oʻt oʻchirish stansiyasiga olib  ketib qolganini oʻz koʻzi bilan koʻrganini tinmay taʼkidlagan. Goʻyoki, ular sal keyinroq bir necha chelak qon bilan koʻringan emish. Bu Keniyada oʻt oʻchiruvchilar hamda politsiya vakillari qonhoʻrlik, vampirizmda ayblanishning yagona hodisasi boʻlmagan.

Afrikaning afsonaviy maxluqlari

1995 yilning fevral oyida Pemba orolida bir oila “Popobava” nomli bir maxluqning hamlasiga qolganini bayon qilganidan keyin haqiqiy tartibsizlik boshlanib ketdi. Bu bir necha oʻn yilliklar avval shu hududda uyqudagi erkaklarga nisbatan zoʻravonlik qilgan maxluqning sharafiga “tajovuzkor” shunday deb aytilgan.

Bu daxshatli maxluqni taʼriflab berishlaricha u peshonasida bitta katta koʻzi bor va pakana boʻyli, kichgina va oʻtkir quloqlari bor, koʻrshapalakning qanotlari hamda tirnoqlariga ega.     

Orolda vahima shu darajada avj olib ketganki butun orol boʻylab odamlar uydan tashqarida, koʻchada gulhanlarning yonida qoʻshnilar bilan yonma-yon tunagan. Vahima tinchib boʻlganidan bir oy oʻtgach, popobava toʻgʻrisida yana bir marta xabarlar paydo boʻlganida vahima qaytadan boshlandi. Pemba orolida qotilliklar sodir boʻla boshladi. Oʻshanda kamida olti nafar odam oʻldirilgan, chunki ular popobava bilan adashtirib yuborilgan. Bundan tashqari, Zanzibar kasalxonalarida juda koʻp qovurgʻasi singanlar, lat yeganlar va boshqa shikastlanishga duchor boʻlganlar toʻlib ketgan. Odamlar, aniqrogʻi, olomon buning hammasining sababchisi popobava ekanligini taʼkidlagan. Bir nafar ruhiy kasal odam oʻsha iblis u ekanligini tan olganidan soʻng, darhol chopib tashlanib, halok boʻlgan. 

Afrikaning afsonaviy maxluqlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar