Alamdan qutulishning samarali 10 usuli

Bu jarayon tomon tashlangan ilk qadamdir. Hissiyotlaringizni tan oling, alamni ichingizga yutib, oʻzingizni qiynamang.
Alam miya holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, chuqur nafas olish esa uni neytrallashtirish uchun yordam beradi. Nafas olish mashqlari imkon qadar uzoqroq davom etishi kerak.

Alamdan hosil boʻlajak xavf nimadan iborat ekanligini tushuning. Bu qaysi bir sohada sizga zarar yetkazmoqda? Balki jismoniy, shaxsiy yoki professional jihatdan ziyon keltirayotgandir? Agar xavfni his qilsangiz, ishga kirishing!
Balki hamkasbingizning siz bilan salomlashmaganiga sabab oʻzini yomon his qilayotgani yoki oʻz hayollari bilan band ekanligidir. Keskin qarorlardan saqlaning, bosiqlik bilan mulohaza qiling.

Dunyoda hech bir narsa mukammal boʻlmaydi. Bu yoʻllarda sizga toʻqnash keladigan toʻsiqlar ham, odamlar ham turli hildir. Shu sababli ushbu haqiqatni boricha qabul qiling.

Muammolarga yengilroq qarashni oʻrganing, oʻzingizga past baho bermang. Vaziyat qanchalik yoqimsiz boʻlsa ham, uni maydalashtirib yubormang va bunga eʼtibor qaratishdan cheklaning.
Alam oʻzimizni kuchli va qatʼiy his qilishimiz uchun yordam beradi. Bundan toʻgʻri foydalanishni biling. Balki sizga alam qilayotgan narsa hech qanday asosga ega emasdir?

Yoqimsiz hodisalarni boshdan kechirayotganingiz uchun begunoh insonlarga gʻazabingizni sochmang. Buning uchun ular aybodor emas axir! Har qanday holatda ham oʻzingizni nazorat qilishga oʻrganing!
Yugurish, sayr qilish, yoga bilan shugʻullanish gormonlar konsentratsiyasini pasaytirish uchun yordam beradi. Aynan ular stress va alamni keltirib chiqaradi. Sport mashqlari kayfiyatni koʻtarishga yordam beradigan serotonin va dofamin darajasini koʻtarish borasida ham benazirdir.

Sizni yaxshi bilgan odam vaziyatga oʻzgacha baho berishi va yoqimsiz holatdan qutqarishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



