Qiziqarli

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Oʻz uyini fayzli qilib bezash uchun professional dekorator boʻlish shart emas. Mana bu hayratlanarli gʻoyalarga bir nazar tashlang, ularning ayrimlarini atigi bir necha soatlar ichida amalga oshirsa ham boʻladi!

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Agar yangi interyer muhitida eski stul oʻrinsiz boʻlib, ajralib qolsa, uning dizaynini birozgina oʻzgatirishga toʻgʻri keladi. Bu borada sizga atlas yoki kerak boʻlmagan yoʻl haritasi qoʻl kelishi mumkin. Dastlab stuldagi eski lak yoki boʻyoqni shlifovka qilib chiqing. Keyin uni gruntlash boʻyogʻi bilan qoplang. Buning uchun eng yaxshisi akril boʻyoqlarini ishlatgan maʼqul – uning hidi yoʻq, tez quruvchan va uzoq muddatga moʻljallangan.

Shundan soʻng, harita tasvirini stulning orqasiga yopishtirib qoʻying, elim quriganidan soʻng esa shaffof lak bilan qoplang. U qogʻozli bezakni mustahkamlaydi va buyumga yaltiroq koʻrinish baxshida etadi.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Faner – turli-tuman interyer uslublariga ega xonadonlarda tajribalar oʻtkazish uchun eng qulay va ajoyib materialdir. Sababi u bilan hattoki eng tajribasiz insonlar ham ishlay oladilar. Agar siz xonalardan birini qiziqarli va foydali bezak bilan toʻldirmoqchi boʻlsangiz, oʻziga hos va zamonaviy polkalar-darchalarni tayyorlang.

Ularni oshxona, dahliz, mehmonxona va hatto yotoqxonaga ham joylashtirish mumkin. Bu yerda oʻzingiz uchun qadrli boʻlgan esdalik buyumlari va kerakli narsalarni saqlaysiz.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Ramka va bagetlar hamiza zavonaviy koʻrinish hosil qilib kelgan. Ular oilaviy suratlarni solib qoʻyish uchun ayni muddaodir. Ammo odatiylikdan biroz chekingan holda bu borada sevimli yopinchigʻingizdan unumli foydalansangiz boʻladi.
U interyerga oʻziga hoslik baxsh etib, haqiqiy sanʼat asariga aylanadi.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Tabiiyki, har bir insonning garderobida allaqachon kiyilmay yotgan, ammo bejirim koʻrinishli narsalar talaygina. Ularni tashlab yuborishga koʻzingiz qiymaydi, birovga hadya qilishning ham imkoni yoʻq. Bu holda atigi bir necha soat ichida eski narsadan yangi bezak buyumini tayyorlasa boʻladi. Ayniqsa, yilning sovuq mavsumlarida toʻqilgan "jild"dagi yostiqlar juda ham oʻrinli koʻrinadi.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Bu bezak usulini bir necha daqiqalar ichida amlga oshirsa boʻladi. Gʻayrioddy gʻoyani roʻyobga chiqarish uchun bir necha stol anjomlari, masalan qoshiq va sanchqilar, issiq yelimli pistolet yohud temir hamda yogʻoch materiallari bilan ishlash uchun qulay boʻlgan yelim kerak.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Musavvir moʻyqalamlari bilan bezalgan guldonlar juda chiroyli va oʻrinli koʻrinadi. Masalan, siz surat chizishni sevasiz, bir necha yil avval harid qilingan moʻyqalamlaringiz esa eskirib qoldi, ularning oʻrnini yangilari blan toʻldirdingiz, bularini esa ahlat chelagiga tashlab yuborishga koʻzingiz qiymayapti. Shunday paytda ulardan ajoyib guldon bezagini yasashga urinib koʻring.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Agar uyingizda mittigina javonchangiz boʻlib, uni begonalar koʻzidan nariroq saqlashga ehtiyoj boʻlsa mazkur gʻoya aynan Siz uchun! Uning uchun kattaligi mos boʻlgan hamda baget bilan jihozlangan surat topib, toʻppa-toʻgʻri javon eshigiga oʻrnatib qoʻying. Oʻziga hos va chiroyli koʻrinish, shu bilan birga, mehmonlaringizda iliq taasurot qoldiradigan maftunkor bezak vujudga keladi.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Koʻpchilikka interyer nashrlari yoki dekor boʻyicha saytlarda uchraydigan harfli posterlar yoqadi. Bunaqasini topish uchun bosh qotirish ortiqcha vaqtingizni olmasin, chunki uni oʻz qoʻllaringiz bilan tayyorlashingiz ham mumkin. Buning uchun silliq muqovali jurnalning varagʻi, oq qogʻoz va fotosurat uchun ramka kerak boʻladi.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Oddiy gul tuvaklarining oʻrniga boshqa idishlarning ishlatilishi interyerni yangicha koʻrinish va oʻziga hoslik jihatlari bilan taʼminlaydi. Mana bu suratlarda chovlilarga ikkinchi hayot baxshida qilgan holda ularni boʻyab chiqib, ichiga gul ekish gʻoyasi keltirilgan. Natijada, oddiy oshxona anjomining qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgaradi.

Bir kun ichida amalga oshirsa boʻladigan va har kimning qoʻldan keluvchi 10 ta hayratga sazovor dekorativ gʻoyalar

Bolalar xonasining interyerini toʻliq taʼmirsiz ham yangilash, boz ustiga uni kichkintoy uchun qiziqarli qilish ham mumkin. Buning uchun oboy qoldiqlari yoki turli rangdagi matolar qiyqimlaridan foydalanish mumkin. Atigi bir necha soatda devorlarning birida bu materiallardan qiziqarli applikatsiya tayyorlasangiz boʻladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar