“Brilliant qoʻl” kinosi qanday qilib suratga olingani haqida 32ta kutilmagan faktlar.

Bu ajoyib kinoni hammamiz yahshi koʻramiz, shu kinoni yarim iboralari “milliy” darajasiga oʻtgan. Hushchaqchak hazil, rejissyorni nozik kesatiqlari – bir marta boʻlsa ham koʻrgan odamni, tasvir har birini yuragidan mustahkam joy oldi. Lekin shuni bilasizmi, kino umuman boshqacha boʻlishi mumkin edi?

Bu ssenariyni gʻoyasi mualliflarga A. Sahnininni “Pravda” gazetasidagi kontrabandistlarga qarshi kurashishga bagʻishlangan maqolalarni oʻqiganidan soʻng keldi. Qaydlarni birida qimmatbaho narsalarni olib oʻtishni oʻziga xos yoʻli haqida gap ketgan.
Ssenariyga asosan, kinoni syujeti bunday boʻlishi kerak edi: oddiy sovet davri odami Semyon Semyonovich Pavlik (keyinroq u Timoshkin va faqatgina kino chiqishidan oldin - Gorbunkov), chet el sayohatiga borib, kontrabandistlarni mahinatsiyasi markazida boʻlib qoladi.
Umuman olganda, ssenariy maqullangan, lekin eʼtirozlar ham boʻlgan: uy boshqaruvchisi Plyush ishtirokidagi sahnalar sonini kamaytirish, militsiyani rolini “qavariq”roq qilish (targʻibot), kontrabandistlar uchligini ikkitagacha kamaytirish, “kichkintoyni” olib tashlab.

Gorbunkovni asosiy roli faqat Nikulinga toʻgri keladigan qilib yozilgan. “Ittifoq Sirk”da Nikulinga yarim yilga taʼtil berishgan, buni avvalari hech qachon qilishmagan boʻlsa ham. Chet ellik joyi Oʻzbekistonda olingan, “Gorbunkov shahri” esa – Krimda.
Azaldan kino “Kontrabandistlar” nomi bilan boʻlishi kerak edi, yakuni esa boshqacha – lirik. AniqrogʻI esa: Podʼezdan Gorbunkovlarni butun oilasi yangi kiyimlarda chiqadi, Semyon Semyonovichni ikkala qoʻllari ham gipslangan, lekin koʻrinishi bahtli. Bolalar oldinga oʻtishadi, Nadejda esa erini qoʻlidan olib, qizarib, sekin aytadi: “Senya, men senga bir narsani aytmoqchi edim… Biz farzandli boʻlamiz!”

Shu bilan birgalikda luqmalar olib tashlangan: “Shef aytganday, bizning ishimizda asosiysi – sotsialistik realizm” va “ Partiya va hukumatni ikkinchi yilga qoldirishdi”. Sababi – siyosiy.
Uy boshqaruvchisi Plyushni monologida “Men xayron boʻlmayman, agar eringiz yashirin ravishda jazmanini oldiga borayotgan boʻlsa” azaldan “jazman” soʻzini oʻrniga “sinagoga” soʻzi boʻlishi kerak edi.
Rejissyorni ssenariysida mast Semyonni budilnik bilan hotini uygʻotmagan, uni ustiga surat tushib, boʻynida osilib turishi kerak edi. Budilnikni qoʻllash gʻoyasi bir nechta omadsiz dubllardan soʻng paydo boʻldi – surat Nikulin boʻyniga “chiroyli” osilmagan.
“Quyonlar haqida qoʻshiq” birinchi kinoprobalarda kemada bajarilgan. Faqatgina kino chiqishidan oldin uni “Omadsizlik oroli”ga almashtirishgan, “Quyonlar haqida qoʻshiq” esa restoranga koʻchgan – “joʻshqinlikni suyultirish”

Mironov suvda ketayotgan, qarmoqga engishgan bolaga tepki bergan joyi esingizdami? Bu rolni Nikulinni oʻgʻli oʻynagandi. Bu sahna uzoq vaqt oʻhshamagan edi – bola suvga Mironov oʻqtalishidan oldin tushib ketgan, shuning uchun Gayday bolani Mironov shunchaki oʻtib ketishiga ishontirgan.
Tinchlangan Maksim qarmoqqa engashdi, hiylagar rejissyor Mironovga pichirlagan: “Yahshiroq yaqinlash!”. Dubl oʻhshadi, Nikulinni bolasi esa Tsvetnoy bulvardagi sirkni hozirgi general direktori va baʼdiy rahbari “Andrey togʻadan” qattiq hafa boʻldi. Epizod filmga tushdi, ovozi esa – qirqildi.
Ikkalovi shunday tabiiy oʻynashdiki, “Yordam berilar! Oyijo-o-on!”ga qutqaruvchilar bilan haqiqiy kater tezda yetib keldi!

“Ishq vulqoni” qoʻshigʻini Svetlana Svetlichnaya emas, Aida Vedisheva ijro etgan, u “Qavqaz asirasi”da ham qoʻshiq aytgan. Svetlichnaya Gaydaydan juda hafa boʻlgan unga qoʻshiq aytish uchun imkon bermagani uchun. U Nina Grebeshkovadan qiziqib soʻradi: “Nega Gayday oʻz ovozi bilan aytishga roʻzi boʻlmadi”? Kinoda Svetlichnaya oʻzini ovozi bilan gapirmagan, Zoya Tolbuzina ovozi bilan gapirgan. Yagona oʻzi aytgan iborasi: “Men aybdor emasman!...”
Gayday filmini deyarli barcha qoʻshiqlarini kompozitor Aleksandr Zatsepin oʻylab topgan. “Omadsizlik oroli” baʼdiy kengashga shunday yoqmadiki, uni savatga uloqtirmoqchi boʻlishdi, lekin kino probalarida qoʻshiqni Mironov shunday qoyil-maqom ijro etdiki, Gayday qoʻshiqni albatta kinoga qoʻshishga qattiq turib oldi.

Mironovni apteka oldida qulab tushishi bitta dublda amalga oshirildi, Nikulin esa hech ham kerak boʻlganiday qulab yiqilolmadi. Azaldan banan poʻchogʻI rejalashtirilgan, soʻngra uni tarvuz qobigʻiga almashtirishdi. Almashtirish yordam bermadi, natijada Nikulin oʻrniga Leonid Kanevskiy yiqildi. Sahna Bakuda olingan.
Qoʻrqinchli abrakadabra bilan soʻkinayotgan kontrabandist – Kanevskiy qahramoni, boshqa narsa emas balki uni keyinchalik rafiqasiga aylangan sevgilisiga shifrlangan habardir. Agar etibor bilan eshitsa, u bir nechi marotaba “Berazina kumanit” deb kaytaradi. Berezina – rafiqasini familiyasidir.
Plyush uy boshqaruvchisi roli sinalayotganlarni barchasidan Gaydayga yoqdi…Nonna Mordyukova. Bundan tashqari u Andrey Mironov bilan chiqisha ololmas edi, uni “onasini oʻgʻilchasi” deb hisoblar edi. Agar Nonna syomkada jumlani notoʻgʻri aytsa, Mironov uni darhol toʻgʻrilar edi.
Esingizdami suv osti suratga olishda Papanovni trusigini tortib olishgan? Bu sahnani dublyor bilan olishgan. Syomkalar vaqtida har hil hiylalarga borishga toʻgri kelgan. Masalan, u vaqtda suv ostida syomka qilish uchun kameralar boʻlmagan, shuning uchun apparaturani suvdan saqlash uchun bir moskvalik mohir saqichdan maxsus boks yasadi. Suv ostidagi epizodlarini bir nechtasini maket yordamida olishgan: odam shaklini tayorlagan, va kombinatsiyalangan syomkalar operatorlari ular bilan koʻlmakda ovora boʻlishgan.
Gorbunkovni oʻgʻli Mironovga muzqaymoq otgan epizodda, aslida tvorog boʻlgan (u yahshiroq “chaplangan”), otgan esa bola emas, rejissyorni yordamchisi. Yahshi tarbiya koʻrgan sovet davri bolasiga mashxur aktyorni tvorog bilan otib tashlashga dadillik etmagan.

Eng kulgilli epizodlardan biri, bu kattagina odam soʻraganda: “Otagina, chekish topiladimi?” – qoʻrkib ketgan Gorbunkovdan (“Sen nima, kar va soqovmisan? – Ha!”) Moskvadagi Lenin prospektidagi yer osti oʻtish yolida olingan, oldin u erda hojathona boʻlgan.
Kattagina odam rolini “Smena” jurnali muhbiri L. Pleshakov oynagan, usha paytda juda mashxur boʻlgan, Nikulin bilan intervyu uchun vaqtincha kasbini almashtirishga rozi boʻlgan. Bu qisqagina epizod 4 soat davomida oingan! Gayday Pleshakovni bu rolga u oʻzini sochlari oʻsib ketgan koʻksini koʻrsatgandan soʻng tasdiqlagan.
Kemaga “Mihail Svetlov” nomini Gayday shoirga boʻlgan oʻzini katta muhabbati tifayli qoʻygan. Portga “Pobeda” kemasi kelgan, Gayday kapitanni kema nomini bir kunga oʻzgartirishga koʻndirgan, hattoki qutqaruv chambarini ham nomini oʻzgartirishgan. Natijada kemadagi barcha epizodlarni bir kunda olishgan! Film ekranlarga chiqdi. Dengiz flotini boshligʻI uni qaramogʻida “Mihail Svetlov” yoʻqligini bilib, bu hatoni toʻgʻrilashga darhol izim berdi, va suvga tushirilgan birinchi kema shoir nomi bilan ataldi.

Syomka vaqtida shunday mish-mish tarqadiki, Nikulin olamdan oʻtdi deb. Aslida esa “Gorizont” mehmonhonasi ishchisi podvalda Nikulinni “tanasini” topib oladi. Qoʻrqib ketganidan u yaxshiroq qaramagan, aslida bu mulyaj edi, Gorbunkov vertolyotdan tushib ketayotgani epizodini olish uchun yasalgan.
Kinoda koʻp dekoratsiyalar ishlatilgan: Tuapse yonidagi Atoy qishlogʻI oldida butun “Qumli orol”ni yaratishgan!
Baliq tutayotgan vaqtda Lyolik (Papanov) jahl qilib “Ovsar” deb aytib yuboradi. Lekin bu ibora Geshaga atalmagan edi, suratga olish guruhidagi kimgadir syomkani kechiktirayodgani uchun aytgan, - suv muzday edi.
Kinoda Gorbunkovni rafiqasi bir necha marotaba eriga aytadi: “Sen shunday ishonuvchansanki!”. Ssenariyda bu soʻzlar yoʻq edi, lekin real hayotda Nina Grebeshkova turmush oʻrtoʻgiga buni koʻp marotaba aytgan – L. Gaydayga – va u uni doimiy soʻzlarini qahramon ayol soʻzlariga qoʻshgan.
Militsionerlar mast odamni olib ketayotgan epizodga Gayday oʻzi ovoz bergan.

Kinoni ohiridagi epizod, Nikulinni ZIS-110 avtomobiliga kran tushirayotgan joyi, va soʻngra Nikulin boshini qayrilma qoziqga urib olgan joyi rejalashtirilmagan edi. Nikulin rostdan ham boshini urib olgan, va aynan shu epizod kinoga kiritilgan.
Huddi shu epizodda Nikulinni katerdan kranni sariq rangli nayzasi koʻtaradi, moshinaga esa – yashil.
Kozodoev bazaga kelayotgan vaqtida, Gorbunkovga u erda “ovozsiz va changsiz” gipsni echishlari kerak edi, u ayolni kiyimida – yubkada edi. Bazani ichida esa u ishton va maykada boʻlib qoladi.

Esingizdami? ”Bolalarga – muzqaymoq, ayoliga – gul!”. Mironov qahramoni stolcha oldiga, qoʻlida choʻpdagi muzqaymoqni ushlab keladi, bir necha soniyadan soʻng esa u vazachadagi muzqaymoq sharlariga aylanib qoladi. Moʻjiza!
Huddi shu sahnada Kozodoev Gorbunkov hotiniga ikkita atirgul beradi.
Birinchi qismini ohirida TK stantsiyada Papanov va Mironov Nikulinni ikki tomondan qoʻrish quvurida qisib olishadi, unda yaqqol chiqish uchun yoʻl yoʻq edi. Ikkinchi seriya shundan boshlanadiki, Nikulin quvirdan tashqarida boʻladi.
Kozodoev Nikulinni tosh bilan hushidan ketkizmoqchi boʻlgan sahnada, u sumkadan oq toshni oladi, kulrang bilan esa oʻqtaladi.
Magazindagi Pegas (“Sizda huddi shunaqasi bormi, faqat qanotlarsiz?”) “Ishdagi Ishq” kinosida ham olingan, uni ogʻirligi ostida A.Myagkov qahramoni ot bilan epizodida ezilib qolgan, soʻngra esa “Shirli-Mirli” komediyasida bastakorni kvartirasi intereridaham. Bu ot haligacha “Mosfilm” rekvizit boʻlimida saqlanib turibdi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



