Buyuk adiblarning hech kim bilmagan sirli ishtiyoq va nuqsonlari


Yozuvchi va faylasuf Vladimir Nabokovning kapalaklarga ehtirosi kuchli boʻlgan. U kapalaklarni tutib, ularni oʻrganar, suratlarini chizar, ularga taʼrif berib, oʻz qiziqishlari haqida doʻstlari bilan boʻlishishar edi. Kapalak rasmi uning shaxsiy belgisi boʻlib qoldi.

Britaniyalik buyuk shoir Jorj Bayron – oqsoq, semiz va turqi sovuq odam boʻlgan. Biroq shunga qaramay u ayollarni oʻziga rom etishni yaxshi bilgan. Butun hayoti davomida u Venetsiyadagi 250 nafar ayollarning koʻnglini olishga ulgurgan. U Mochenogo saroyini ijaraga olib, uni haqiqiy fohishaxonaga aylantirgan. Tarixdan maʼlumki, Bayron Karolina Lem xonimni, uning jiyanini hamda oʻgay singlisini ham maftun qila olgan. Bayron 250 nafar maʼshuqasi boʻlgani haqida oshirib-toshirib yolgʻon soʻzlagan boʻlishi mumkin, degan fikr keladi. Biroq adib har bir maʼshuqasi haqida xotira qoldirgan – yaʼni ularning soch tolalarini ismlari koʻrsatilgan konvertlarga joylagan. Bu konvertlar bugungi kunda uning kutubxonasidan topilgan.
Bayronning yana bir ehtiroslaridan biri – u bor imkoniyatlarini ishga solib, ozishni hamda “oqsuyaklar rangi” ga ega boʻlishni juda xohlar edi. Buning uchun suv bilan aralashgan sirka kislotasini ham isteʼmol qilgan. Oxir-oqibat Bayron ozib-toʻzib ketdi, qoʻshimchasiga surunkali koʻngil aynashi hamda ichketar kasaliga mubtalo boʻlib, hayotining ayni choqqi davrida vafot etdi.

Bir kuni Charlz Dikkens “Qandaydir tushunib boʻlmas kuch meni oʻlikxonaga chorlaydi”, deb tan oldi. Gap Parijdagi oʻlikxona haqida edi, 19- asrda u yerga shaxsi nomaʼlum boʻlgan oʻliklar keltirilar va ommaga koʻzdan kechirib chiqish uchun taqdim qilinar edi. Ushbu oʻliklar Dikkensni oʻziga rom qilgan edi, u oʻlikxonaga kevolib, u yerda kechasi bilan oʻtirib chiqar hamda yangi keltirilgan oʻliklarni tomosha qilar edi. Bu hissiyotning jirkanchligini u yaxshi bilar edi, biroq oʻzini boshqarish juda mushkul edi.

Edgar Allan Po XIX asrning eng uchiga chiqqan piyonista yozuvchilardan biri boʻlgan, deb bemalol aytish mumkin. U aroq taʼsiridagi alahlash alomatlari bilan bir necha marotaba kasalxonaga kelib tushgan va u yerda koʻziga koʻringan arvohlar bilan qahr-gʻazab bilan urushgan. Hattoki vafot etayotganida ham u mast holatida boʻlgan. Saylov kuni unga katta miqdorda spirtli ichimlik olib keldilar. Gap shundaki, Po saylovda soxta nomzod sifatida qatnashgan va buning uchun unga spirtli ichimliklar tortiq qilishgan . Yozuvchi bu ichimliklarning hammasini ichib qoʻygan. Uni jarlikda mast holda topdilar va kasalxonaga keltirdilar, u yerda esa insultdan vafot etdi. 1949 yildan beri kimdir uning qabriga muntazam ravishda “Martel” yoki “Xennesi” ichimliklarining shishasini qoʻyib ketadi.

Mixail Bulgakov tomosha qilgan har bir spektaklining chiptasini saqlab qoʻyishni odat qilgan. Ammo uning yana bir jiddiy nuqsoni boʻlgan, yaʼni morfiyga bogʻlanib qolgan. “Morfiydan yomonroq narsa yoʻq, biroq undan yaxshisi ham yoʻq”, deb taʼkidlar edi yozuvchi.
Bulgakov xotinining akasi Leonid Karum oʻzining kitobida shunday deb yozgan:” Mixail morfiy shaydosi boʻlgan, baʼzan har kechasi oʻziga qilinadigan bu ukoldan keyin u oʻzini juda yomon hiz qilgan. Ertalabga u tuzalib qolar, biroq saldan keyin yana oʻzini yomon his qilib, shu ahvol kechgacha davom etgan. Tushdan keyin doridan bir qabul qilgandan keyin ahvoli bir oz yaxshilangandek boʻlar edi. Baʼzan kechalari u alahsirar edi, oʻrnidan turib ketib arvohlarnin quvib ketar edi.” U hayot bilan hayolot dunyosi bilan aralashtirib yuborgan, bu narsa uning asarlarida oʻz aksini topgan.

Aleksandr Dyuma nafaqat maroqli romanlari bilan mashhur boʻlgan. Taniqli yozuvchi ayollarga suyagi yoʻq xotinbozligi bilan ham nom qozongan. Butun hayoti davomida u hech bir ayolga vafodor boʻlmagan, hattoki oʻz xotiniga ham. Yozuvchi 500 ta nikohsiz tugʻilgan bolasi borligi bilan maqtangan, lekin faqat uchtasinigina rasmiy tan olgan. Dyumaning uyiga baʼzan oʻgʻillari mehmonga kelib qolishsa, ota sarosimaga tushib qolar edi. Chunki uyiga tashrif buyurgan foxisha ayollarni berkitish harakatiga tushib qolar edi.

Onore de Balzakning zamondoshlari uni qahvaning ashaddiy ixlosmandi sifatida bilar edilar. Kunning istalgan paytida faqatgina qahva ichgan. Kun davomida Balzak 20 tadan oshiq finjonda qahva ichgan. Hisob-kitobga murojaat qilib, u “Kulgili voqea” asarini yozish davomida 15 000 finjon qahva ichganligini bilib olish mumkin.

Buyuk rus yozuvchisi Nikolay Gogol ajoyib asarlar bilan birga yaxshigina chevar ham edi. U oʻziga hamda singillariga kuylak tikishni xush koʻrar edi. Bundan tashqari yozuvchi pazandachilik bilan ham shugʻullanar edi. Nikolay oshxonaga kirib olib, har xil shirinliklar pishirgan hamda echki sutiga rom qoʻshib ichimlik tayyorlagan.

Mashur shoir va faylasuf Gyote binafsha gulining ixlosmandi boʻlgan. U gullarni faqatgina tomosha qilmagan, ularni original usulda yetishtirgan. Veymar shahri boʻylab sayr qilishga chiqar ekan, shoir binafsha gulining urugʻlarini oʻzi bilan ovolar edi hamda duch kelgan joyga uni separ edi. Bir nech yillardan keyin Veymar shaharchasining atrofi binafsha gullari bilan burkangan edi. Oʻsha gullar bugungi kunlargacha ham yetib keldi va ular hozirda “Gyote gullari” deb ataladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



