Oshxona

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

1. Harkuni ertalab och qoringa 1 stakan iliq suv iching.

2. 20-30 daqiqa oʻtgach, yengil nonushta qilasiz (meva hamda suli boʻtqasi).

3. Har safar taomlanishdan 30 daqiqa avval 1 stakan suv ichib oling (koʻp hollarda organizm  och qolgandek tuyulgan vaqtsizdan ovqat emas, suyuqlik bilan taʼminlashingizni “soʻrayotgan” boʻladi).

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

4.Tez-tez,ammo kam-kamdan ovqatlaning. Stoldan turganda oshqozonda yengil ochlik hissi saqlanib qolsin.

5.Taomlanish vaqti oraligʻi 2-3 soatni tashkil etishi kerak.

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

6.Tanovul vaqtida suyuqlik ichmang. Suyuqlikni taomdan 1 soat oʻtib ichishingiz mumkin. Aks holda yegan taomingiz foydasi ham, uning tarkibidagi temir moddalari ham suyuqlik bilan yuvilib ketaveradi.

7.Soat18:00 dan keyin ovqatlanmaslik haqidagi fikr xato! Shunchaki uyquga yotishdan 2-3 soat avval ovqatlanmasangiz bas!

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

8.Taomnomangizga meva, boʻtqa hamda sabzavotlarni qoʻshing. Har kuni 1-2 ta olma yeyish organizmingizni zaharli modda va toksinlardan tozalaydi. 

9.Sport mashqlari, trenirovkadan 2 soat avval ovqatlanish kerak.

10.Trenirovkadan 1 soat oʻtib yengil tanovul qilib olaverasiz. 

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

11. Parranda goʻshti, baliq, tuxum salomatlik va goʻzallik uchun zaruriy mahsulotlardir.

12.Loviya, noʻxat, dukkakli oʻsimliklar, yongʻoqlardan koʻproq isteʼmol qiling.

13.Tana uchun kerakli yogʻlarni sut mahsulotlari, kungaboqar, zigʻir, kunjut, soya, zaytun yogʻi koʻrinishida tanovul qilishga odatlaning. Ular ish layoqatini va gʻayratni oshiradi. 

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

14.Uglevodlarni kartoshka, yormalar, kakao, ayrim turdagi makaronlar, asal, holva koʻrinishida yeyishingiz mumkin.

15. Birinchi va ikkinchi taomlarni birdanida ketma-ket yemang.

16.Qaynatilgan, dimlangan va bugʻda pishirilgan taomlar yeng, qovurilgan ovqatlardan voz keching.

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

17.Sutkasiga 1,5-2 litr toza suv ichiga organizm uchun havoday zarur.

18.Choy va qahvadan voz kechganingiz maʼqul.

19.Qanchalik qiyin boʻlmasin, shirinliklar isteʼmolini qisqartirish lozim.

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!

20.Qomatingiz uchun eng zararli mahsulotlar roʻyhatini eslab qoling: Kolbasa, mayonez, ketchup, har qanday turdagi qayla, gazli ichimliklar, chips, qotgan non (suxarik), fast-fud,spirtli ichimliklar, buterbrodlar, konfet va shokoladlar (achchiq shokoladdan tashqari), muzqaymoq.

 

Chiroyli qomat egasi boʻlishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar