Qiziqarli

Dazmollar – tarixiga nazar

Dazmollar – tarixiga nazar

Avvaliga liboslarga ishlov berish uchun tekis toshdan foydalanilgan. Bunday “Dazmol” taʼsiri ostida ishlov berilgan nam libosdagi ayrim gʻijim qisimlari tekislangan, xolos.

Dazmollar – tarixiga nazar

Bundan tashqari tozalangan choyshablar ustida bir muddat oʻtirish orqali ham ularni tekislash mumkin boʻlgan. Ayrim hudularda libos tekis yuzaga tortilgach, chetiga tosh bostirib qoʻyilgan.

Dazmollar – tarixiga nazar

Qadimda tovalar ham dazmol vazifasini bajargan. Unga qizigan koʻmir sepilgach, tekislash ishlari boshlangan. Bu turdagi tekislash alohida mahorat talab qilgan: tova ichidagi koʻmir parchalari va uchqunlar kiyimda dogʻ qolishiga sabab boʻlishi mumkin edi.

Dazmollar – tarixiga nazar

XVIII asrda ichiga koʻmir toʻldirilgan dazmollar paydo boʻldi. Bunday vosita chetlariga mahsus teshiklar hosil qilinib, puflanganda koʻmir qizigan va dazmollash jarayoni boshlangan. Mazkur dazmollar vazni tekislash jarayonini haqiqiy tosh koʻtarish mashqiga aylantirib yuborgan. Ayrim dazmollar ogʻirligi 10 killogramni tashkil etardi.

Keyinchalik bugʻli , gazli va hatto spirtli dazmollar paydo boʻldi. 1882 yilda Genri Sili ismli inson ilk bor dazmol uchun patent oldi.

Dazmollar – tarixiga nazar

Ushbu voqeadan soʻng kundalik ehtiyojimizning zaruriy qismiga aylangan zamonaviy dazmollar tarixi boshlandi. Albatta, tok bilan ishlaydigan bunday dazmolning ham oʻz kamchiliklari boʻlgan. 10 yil oʻtgach aynan shu kabi dazmollarga qizdirilgan spiral qoʻyib, uning qaytadan ishlangan nusxasi paydo boʻldi.

Shundan buyon dazmollar tuzilishi oʻzgargani yoʻq. bor– yogʻi ularning ayrim qismari takomillashdi. Yillar oʻtib, unga maxsus namlagich qism qoʻshildi. Maʼlumotlarga koʻra, dazmollash ishi qiziqarli boʻlishi uchun musiqiy dazmol ihtiro qilib, ushbu noyob buyum uchun patent olgan kishi ham bor ekan.

Dazmollar – tarixiga nazar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar