Qiziqarli

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Olimlarning aniqlashlaricha, koʻpchilik ayollar oʻzining asabiy holatini tabassum yordamida yashirishga urinadilar. Erkaklar esa bunday holatlarda qoshlarini chimirib turadi yoki hotirjam boʻlib koʻrinishga harakat qiladi.

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Oppoq toʻy koʻylagining modaga kirishini qirolicha Viktoriyadan qolgan meros desa ham boʻladi. U kelinning libosi tikilishi uchun zarbof matodan foydalaniladigan azaliy anʼanani buzib, oʻz nikohining tantana kechasiga chuqur dekoltelik atlasmatoli toʻy koʻylagini kiygan. Bezaklar sifatida flerdoranj shohchalari va shuningdek, uning siymosiga jozibadorlik qoʻshgan jimjimador pardozdan foydalanilgan. 

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Toʻy sayohatigachiqish anʼanasini ham umuman tasodif deb boʻlmaydi. Uning dunyoga kelishi shu bilan bogʻliq boʻlganki, koʻp yillar avval barcha qoidalarga muvofiq ravishda nikohini roʻyxatdan oʻtkazish uchun kelin-kuyovlar gohida boshqa davlatga borishlariga toʻgʻri kelgan.

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Hindistonda shunday anʼana mavjud boʻlganki, unga koʻra birinchi nikoh kechasi umuman boʻlmagan. Yangi er-xotin uchun toʻshalgan koʻrpa-yostiqning oʻrtasiga maxsus tayoqcha oʻrnatilgan va u 4 kun ular orasida turgan. Bu anʼananing maqsadi yosh eri-xotinning shaxsiy hayotiga sabr-qanoat va moʻtadillikni tatbiq etish boʻlgan.

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Bali orolidagi toʻyda yoshlar tishlarining jindak qismi egovlangan. Bu yoshlarda “qoziqtishlar oʻsib chiqishi”ni oldini olish hamda ular oilada gʻazab hukmronligiga yoʻl qoʻymasligi maqsadida qilinar edi. 

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Keniyalik kuyovlar bir oy davomida ayollar zeb-ziynatlarini taqib, ularning kiyimlari va poyabzallarini kiyib yurishlari shart. Bunday yoʻl bilan kuyov ayol kishining ogʻir qismatini oʻzida his qilishi va ayol zotining qadriga yetishi uchun“pishib tayyor boʻlishi” kerak emish.   

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Eng arzonga tushgan toʻy marosimi kunlardan bir kun Hindistonning qabilalaridan birida oʻtkazilgan. Uning harajatlari uchun atigi bir rupiydan sal ortiqroq mablagʻ sarflangan. Buning sababi – mazkur qabilada boshqalarni oʻksitmaslik uchun chiroyva hashamatni koʻz-koʻz qilish, shu bilan birga toʻy marosimini dabdaba bilan oʻtkazish taqiqlanganidir.

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Yevropada esa qiziqarlibir anʼana mavjud boʻlgan. Unga koʻra kelinning ota-onasi oynadan pirog solingan idishni otishlari talab etilardi. Agar idish chil-parchin boʻlib ketsa ularning qizini bahtli hayot kutayotganidan darak emish.

 

Bir necha asrlaroldin Yevropadagi kelinlarning yenglarida bantiklar bogʻlanar edi. Bu baht olib keladi deya hisoblangan. Vaqt oʻtgan sayin bu doimiy ravishda qilinmay qoʻydi. Ammo shu bilan birga bantiklarning ahamiyati toʻgʻrisida hech kim unutgani yoʻq. Bantikli tasmalarni dastlab ekipaklarda, keyinchalik avtomobillarga bogʻlay boshladilar. Bugungi kunda toʻy uchun xizmat qiladigan birorta ham avtomobil yorqin bantik tasmalarisiz boʻlmaydi. 

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Ingliz anʼanasiga koʻra toʻy kulchalari bir necha boʻlakchalarga boʻlinib, shu boʻlakchalar kelinning ustidan sochilgan. Agar mehmonlar qatoridan biror qiz kulcha boʻlakchalaridan birini yesa,uning boʻlajak qalligʻi tushiga kirishi mumkin ekan. 

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Dastlab katta toʻy noni Qadimiy Rim davrida paydo boʻlgan. Yangi kelin-kuyovlar toʻyda shu pirogning bir boʻlagini oʻzogʻizlari bilan qalligʻining qoʻllaridan qabul qilib yeb boʻlganidan keyingina eri-xotin deb hisoblana boshlaganlar. Ammo tez orada bu vazifa osonlashtirildi: yoshlar shunchaki kulchalarini almashib olish bilan kifoyalana boshlashdi.

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari

Badaviylar toʻyga dunyodagi eng katta taomni tayyorlaydilar. Uning tayyorlanishi uchun qaynatilgan tuxum poʻstlogʻi archib tashlanganidan keyin pishirilgan baliqning ichiga, baliq pishirilgan tovuqning ichiga, tovuq qoʻyning pishirilgan nimtasiichiga, qoʻy tuyaning ichiga solinib butunligicha qovurib tayyorlanadi.

Dunyodagi eng antiqa toʻy marosimlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar