Qiziqarli

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar

Antiqa shakldagi koʻrinishga ega boʻlgan ushbu mevaning asl vatani Osiyo boʻlib, bu yerda uni ommabop bogʻ mevasi sifatida yaxshi bilishadi. Mevaning et qismi shaffof oq rangda, taʼmi esa juda ham shirin.

Har bir rambutan mevasining yumshoq va qarsildoq urugʻlari ham mavjud boʻlib, uni xom holatida yeyish mumkin emas. Qovurilganda esa juda ham mazali boʻlib qoladi. 

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar

Ekzotik koʻrinishga ega boʻlgan noodatiy mevaning asl vatani markaziy va janubiy Afrika hisoblanadi. Uning rasmiy nomi Cucumis metuliferus boʻlsa ham, mahalliy odamlar kivanoni Shohdor qovun deya atashadi.  Yetilib pishgan mevaning tashqi tomoni yorqin sariq tusga kiradi, kichik shohchalar bilan qoplanadi. Kivanoning mazasi bodring hamda bananni yodga soladi. 

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar

Rolliniyaning tashqi koʻrinishi haddan tashqari ishtahaochar boʻlmasligi mumkin. Meva yetilib pishgan vaqtda ustki qismidagi shohchalar jigarrang tusga kiradi. Mevaning ichki qismi oq rangli shirin et bilan qoplangan. Rolliniyaning mazasi karamel va limonli pirog taʼmini yodga soladi.

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar

Ushbu noodatiy meva etining mazasi vanilinli muzqaymoq taʼmi bilan deyarli bir hil. Ushbu mevaning uzunligi 20-30 santimetrga teng boʻlib, uni xom holatida isteʼmol qilishadi. Mazkur mevani Markaziy hamda Janubiy Amerikada, Amazonka daryosi hudularida uchratish mumkin.

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar

Pitayya - kaktusning bir turi boʻlib, uning mevalari oq, qizil yoki pushti rangda boʻlishi mumkin. Mazasi oʻta shirin boʻlgan pitayya kam kaloriyali ekanligi bilan ham ajralib turadi. 

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar

Asam Paya Tailand, Malayziya, Sumatra va Borneo hududidagi tropik oʻrmonlarda oʻsadigan palma daraxti sanaladi. Ushbu mevani koʻp hollarda quritilgan koʻrinishda turli taomlar uchun ziravor sifatida ishlatishadi. 

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar

Mangustin mevasi haqiqatan ham ajoyib koʻrinish va mazaga ega. Uning oʻrtacha kattaligi olma bilan teng boʻlib, tashqi tomondan siyohrang tusda boʻladi. Eti esa oq rangda va haddan tashqari mazalidir.

Oʻz vaqtida qirolicha Viktoriya ushbu mevaning ashaddiy ishqibozi boʻlgan. Mangustinning asl vatani Malayziya hamda Indoneziya hududi boʻlib, uni Hindiston, Karibdengizi, Avstraliyada ham uchratish mumkin.

Dunyodagi eng antiqa va gʻalati mevalar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar