Dunyodagi eng chiroyli styuardessalar libosi qaysi mamlakatda?

Dunyodagi eng chiroyli libosga ega styuardessalar qaysi mamlakat aviakompaniyalarida xizmat qilishini bilasizmi?

Singapur styuardessalarining aksariyat qismi avvallari turli goʻzallik tanlovlarida gʻolib boʻlgan qizlar ichidan tanlab olingan. Singapore Airlines bort kuzatuvchilari oʻzining anaʼanaviy koʻrishidagi liboslari bilan boshqa xamkasblaridan butunlay ajralib turishadi. Mazkur forma bundan 40 yil avval fransuz modelyeri Per Balmen tomonidan ishlab chiqilgan. Aytish kerakki, Singapur avialiniyalari 17 yil davomida Business Traveller Asia-Pacific jurnali tomonidan tuziladigan reytingda "Samolyot bortidagi eng yaxshi xizmat" unvonini qoʻlga kiritib kelganlar.

Hech kim uchun sir emaski, fransuz qizlari moda olamining asl shaydolari ekanligi bilan nom qozonganlar. Shunga koʻra, La Compagnie kompaniyasi styuardessalari ham mana shu taʼrifga munosib ravishda kiyinish uchun harakat qilishadi.
Biz odatda bort kuzatuvchilarini nafis koʻylaklar va yubkalar kiygan holatda uchratamiz. Ammo Fransiya aviakompaniyalari tomonidan qulay shortik koʻrinishidagi formalar ham joriy qilingan. Qizlar istakdan kelib chiqib, yubka kiyishlari ham mumkin, ammo qulaylik tarafdori boʻlgan styuardessalar shortikli formani afzal bilishadi.

Tailand milliy avialiniyalarining bort kuzatuvchilari oʻzlarining yodda qolarli liboslari bilan sizda ajoyib taassurot qoldirsalar ajab emas. Ularning liboslaridagi yorqin ranglar barchaga birday manzur keladi. Tailandlik bort kuzatuvchilari yevropalik hamkasblaridan farqli ravishda hamisha bayramona va yorqin koʻrinishda boʻlishlari kerak. Ularni ertaknamo liboslar kiyib olgan samoviy qoʻgʻirchoqlarga qiyos etishlari bejizga emas.

Vietnam Airlines aviatashuvchisining bort kuzatuvchilari och rangdagi keng shim va yorqin qizil rangdagi kaftan kiyib yurishadi. Ularning yon tomonida oʻziga xos vaantiqa kesik qismi bor, bu milliy koloritga uygʻu berish uchun atayin amalga oshirilgan. Aytish kerakki, 2008 yilda "Dunyo goʻzali" tanlovi Vyetnamda oʻtkazilgan, ushbu tadbirning rasmiy homiysi esa Vietnam Airlines kompaniyasi sanalgan.

2004 yilda oʻz parvozlarini yoʻlga qoʻygan Kingfisher Airlines kompaniyasi 2010 yilga kelib aviakompaniyalar reytingida 5 ta yulduzchani qoʻlga kiritdi. Ammo kompaniya biroz muddat oʻtib oʻz parvozlarini tugatishga majbur boʻldi. Aytish kerakki, ushbu kompaniya nafaqat oliy darajadagi xizmat koʻrsatishi, balki styuardessalarining yorqin liboslari bilan ham yoʻlovchilarning yodida qolgan.

Kanadaning Porter aviakompaniyasi bort kuzatuvchilari uchun liboslarni taniqli dizaynerlar Kimberli Kyuprt va Pinka Tartanalar ishlab chiqishgan. Ushbu liboslar oʻzining anʼanaviy bichimi bilan yodda qoladi va klassik boʻyinbogʻi bilan ajralib turadi. Ularning umumiy obrazlariga retro uslubidagi shlyapa ilova qilingan. Styuardessa qizlar ushbu libosda juda chiroyli va jozibador koʻrinadilar.

Italiyalik dizayner Ettor Bilotta zamonaviy avialaynerlar orasida uchratish juda qiyin boʻlgan va klassik jozibajorlikni oʻzida aks ettirgan ajoyib liboslarni Etihad Airways kompaniyasi styuardessalari uchun yaratib bergan. Uning fikriga koʻra, bu libosda Rim, Parij modasining elementlari va zamonaviy detallar ham boʻlishi kerak edi. Tan olish kerakki, ushbu vazifa oʻta mahorat bilan bajarilgan.

Aeroflot aviakompaniyasining styuardessalariga nisbatan "Lady in Red" deya taʼrif bersa arziydi. Ular qizil rangli liboslarni oppoq rangli bluzalar bilan birgalikda kiyib yurishadi. Sharf hamda shlyapa obrazning muhim elementlari sirasiga kiradi. 2012 yilda kompaniyaning bort kuzatuvchilari formasi Yevropa mamlakatlari orasidagi eng chiroylisi deya tan olingan.

Virgin aviakompaniyasining styuardessalari hamisha chiroyli tabassumlari bilan yoʻlovchilar koʻnglini olib kelishadi. Qizil rangli liboslar ularning teleserial qahramonlari kabi koʻrinishlari uchun imkon yaratadi. Nafis boʻyinbogʻ esa obrazga oʻziga xoslik bagʻishlab turadi.

Sichuan Airlines aviakompaniyasining bort kuzatuvchilari milliy anʼanalarni oʻzida aks ettirgan ajoyib koʻrinishdagi forma kiyib yuradilar. Ushbu forma nafis koʻylak, qora bleyzer va shu rangli beretdan tashkil topgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



