Dunyoning top-10 ekstrimal shaharlari

2008 yil holatiga koʻra odamzot tarixida shaharda yashovchi aholi soni shahardan tashqarida va qishloqlarda yashaydigan aholi soni bilan tenglashib qoldi. Buning sababi shundaki, koʻp odamlar aholi kam yashaydigan joylardagiga nisbatan oʻz yashash joylarida yoʻl harakati va jinoyatchilik yuqori, aholi oʻta zich va yashash qimmatroq deb hisoblaydi.

Nima ham derdik, shaharliklar uchun oʻylashga mavzu bor: quyida siz tanishadigan oʻntashaharda yashovchi aholi bilan solishtirganda, ular oʻrtacha qishloq hayotibilan yashashadi. Har bir shaharning oʻziga yarasha xususiyatlarini hisobgaoladigan boʻlsak, bu faktlar ularni oʻzlari oʻylagandan koʻra omadliroq yoki omadsizroq tomondan koʻrsatadi.

Bir narsani unutmaslik kerak, biz “ekstrimal” deganda bu joylarga snoubord yoki alpinistlik anjomlarini koʻtarib borish kerakligini nazarda tutmaymiz.

Ushbu oʻn shahar turli spektrlarning ekstrimal chegarasida joylashgan. Keling ular bilan yaqinroq tanishamiz!

10. Eng koʻp aholili shahar

Bu dunyo shaharlarining tarixida eng baxsli shahar hisoblanadi, chunki ayni pik paytida koʻp shaharlarda xuddi juda koʻp aholi yashayotgandek tuyiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning bazi aholisi koʻp va zich joylashgan shaharlarida byurokratik strukturasi juda eskirgani va yetarlicha mablagʻ ajratilmasligi tufayli, aholini roʻyxatga olishda aniq natijalar olish qiyin muammo. Bu ayniqsa, ikki shaharga tegishli: Jakarta (Indoneziya) va Dehli (Hindiston). Lekin ushbu shaharlarning xattoki eng baland koʻrsatkichlari Tokiyo (Yaponiya) bilan solishtirganda hech narsa emas.

2016 yilning noyabr holatiga koʻra Tokiyoning aholisi 37.830.000 kishini tashkil etgan. Bu katta raqamni baholash uchun: MRB axborotiga koʻra, Yaponiya aholisi127.000.000 kishini tashkil etadi. Aholining chorak qismidan koʻprogʻi shahar hududida yashaydi. Shunga qaramay, uni hech ham eng katta yoki eng aholi toʻlib ketgan shahar deb boʻlmaydi.

9. Eng katta yer hududiga ega shahar

2016 yilning iyul oyida Guardian jurnalida keyingi 40 yil ichida shaharlar hududi uch martta kengayishi toʻgʻrisidagi maqola paydo boʻldi. Ehtimoldan holi emaski, taxminan shuncha vaqt istalgan tez rivojlanayotgan shaharga dunyoning eng ilgʻor shaharlaridan oʻzib ketishga yetarli boʻladi. Bu borada chempion shahar shak shubxasiz Nyu-Yorkdir, uning hududi 8683 km² (shahar chekkalari bilan hisoblaganda).

Bu hudud kattaligi boʻyicha keying oʻrinda turadigan Tokiyo bilan solishtirganda 1700 km²ga kattadir. Shunga qaramasdan, Nyu-Yorkda oʻsish 2016 yilga kelib sekinlashdi. Biroq ilgʻor shahardan oʻzib ketishi mumkinligi haqidagi gap haqiqatga aylanishi hech gap emas.

8. Aholi eng zich joylashgan shahar
Xattoki Nyu-York va Tokiyo kabi aholisi zich va katta megapolislar, odamlar kichikkatalakda 100 dollar toʻlab yashashga rozi boʻlgan aholisi neg zich joylashganshahar bilan tenglasha olmaydi. Har qalay bu shaharlarda odamlar oʻziga toʻq va arziydigan uy va xonadonlarda yashay oladi.
Bunday shaharga borishning keragi yoʻq, chunki aholining oʻzi oyoq bosishga qiyinchilik bilan joy topadi. Yana bu hammaga maʼlum aholisi zich shahar Gonkong ham emas. Bu shahar haqida Gʻarbiy yarimshardagi odamlar xatto eshitishmagan, mashxurlik haqida esa gap boʻlishi mumkin emas. Bu Dakka shahri, Bangladeshdagi eng katta megapolis.
Dakka aholisi 12.235.000 kishini tashkil etadi. Bu Nyu-Yorkning shahar yonlaridagi aholi bilan qoʻshib hisoblaganda taxminan million kishiga kam, biroq hududi 323,75 km² dan kam. 2.5 km²ga 110.000 kishi toʻgʻri keladi. Telegraph axborotiga qaraganda bu dunyodagi yashash uchun eng yomon joylar roʻyxatining ikkinchi oʻrinida turar ekan. Achinarlisi shundaki, Dakka aholisi uchun yashash yaqin yillarda yanada yomonlashadi, chunki u dunyodagi eng tez oʻsayotgan shaharlardan biri.
7. Eng qimmat shahar
Koʻchadan oʻtib ketayotgan oddiy yoʻlovchi bu yana oʻsha Nyu-York boʻlsa kerak deb oʻylashi mumkin. Chunki qirgʻoq boʻyidagi uy narxi 130 million dollarga ham yetishi mumkin. Lekin biz juda oʻzgaruvchan olamda yashamoqdamiz, shu sababli Tinch okeanini kesib oʻtib, haqiqiy gʻolibni qidiramiz.
2014 yilholatiga koʻra bu mashxurlik Singapurga tegishli boʻlgan. Chunki unda kommunal xizmatlar, oziq-ovqatlar narxi oshib ketgan (Nyu-Yorkdan 11% ga yuqori), kiyim-kechaklar (50% ga yuqori) va avtomobil narxlari. Biroq avtomobilingiz boʻlmasa ham ahvol yaxshilanmaydi, chunki qolgan transport turlari Nyu-Yorkka nisbatan uch baravar qimmat.
Ahvol oʻzgaruvchan boʻlsa ham, 2016 yilda ushbu rekord hali ham Singapurga tegishligicha qolgan, ikki yil ichida koʻrsatgichlar tepaga va pastga 10% bilan oʻzgarib tugan. Bunday iqtisodiy koʻrsatkichlar keskin oʻzgarishi shuni anglatadiki, qanadaydir vaqt kelib bu shahar yashash uchun eng arzon shaharga aylanishi mumkin.
6. Eng sogʻlom shahar
Har xillik uchun endi ijobiy rekordga ega boʻlgan shaharni koʻramiz. Havo tozaligini saqlash va aholi umrini uzaytirish maqsadida koʻp shaharlar ushbu shahar tanlagan yoʻldan borishga harakat qiladi. Oldimizda yana unchalik mashxur boʻlmagan shahar.
Bu shahar-davlat Monako knyazligi, Oʻrta Yer dengizi qirgʻoqlaridan tashqari butunlay Fransiya bilan oʻralgan. Agar siz Formula-1 poygasi bilan qiziqsangiz yoki Greys Kellining muxlisi boʻlsangiz, albatta, Monako haqida eshitgansiz. Bu hudud bor yoʻgʻI 2 km² ni tashkil etadi, aholisi esa 38.000 kishi.
Shunga qaramasdan Monako “soliqdan himoya” shahar ham hisoblanadi, shu sababli juda koʻplab boy insonlarni oʻziga jalb etadi. Monakoda nafaqat sogʻliqni saqlash uchun qimmat tibbiy xizmatdan foydalanadigan odamlar yetarli, balki –bu yerda ekologiya masalasi ham birinchi oʻrinda turadi, davlat ishchilari elektromobillar bilan taʼminlanadi. Bu esa oʻz navbatida havo ifloslanishini oldini olib, u keltirib chiqaradigan kasalliklarni bartaraf etadi. Natijada Monakoda yashovchi aholining hayot davomiyligi 89,6 yil.
5. Yoʻl harakati eng yomon shahar
Xattoki transportlar tirbandligida soatlab qolib ketadigan haydovchilar ham, bu qanchalik yomon boʻla olishini tasavvur qilishmaydi. Hayotingizdagi eng yomon tirbandlikni tasavvur qiling, endi uni bir necha martaga koʻpaytiring, natija esa bu shahardagi oddiy holat!
Agar siz bunday holatni tasavvur qila olsangiz, demak Mexiko shahridagi oddiy haydovchining hayotini ham tasavvur qila olasiz. Bu shahar bir necha yillar davomida eng yomon yoʻl harakatili shahar nomini olib kelmoqda. Shu bilan birga bu shahar birinchi beshlikka kiruvchi gʻarbiy yarimshardagi shahardir.
Oddiy kun paytida meksikalik haydovchi belgilangan manzilga, tirbandlik boʻlmaganida, kamida 66% ga koʻproq vaqt sarflab yetib boradi. Pik paytiga borib esa, bu koʻrsatgich101% ga koʻtariladi.
Har bir haydovchi tirbandlikda ish kunining deyarli bir soatini yoʻqotadi. Xattoki dam olish kunlarini va kunning tirbandlik boʻlmaydigan vaqtlarini ham hisobga olganda, Mexikoning oddiy aholisi yiliga 227 soatini tirbandlikda turishga sarflar eka, bu 9,5 sutkaga teng. Bu shaharda bunday daxshatli yoʻl harakatiga chidayotgan odamlarga hayron qolmay ilojing yoʻq.
4. Dunyoning eng kambagʻal shahri
Dunyodagieng kambagʻal shahar oʻn yillab urushlar eng koʻp boʻladigan tumanda joylashganiningajablanarli tomoni yoʻq. Urush tugaganiga 14 yil boʻlgan boʻlsa ham Monroviyani(Liberiya) tiklanayotgan shahar deb boʻlmaydi.
Bu Liberiyadagieng katta shahar va mamlakatning poytaxti, aholisi million kishidan ortiq.Shunga qaramasdan, boshqalar uchun oddiy hayot qulayliklari bu yerda yoʻq.
Ommaviytransport vositalari kam yuradigan xususiy taksilar bilan chegaralangan. ElektrtarmogʻI chidamsiz, shu sababli kredit kartochkalarini oʻqiydigan bankomatlarhaqida gap ham boʻlishi mumkin emas. Elektr tarmogʻiga imkoniyati borlar esa,undan tungi 2 dan ertalabgi 6 gacha foydalanishlari mumkin.
Suvquvurlari va kanalizatsiya infrastrukturasi Monroviyda shunchalik qoniqarsizki,aholinig uchdan bir qismidagina undan foydalana oladi. Qolgan aholi esa oʻzlariyasashadi yoki ommaviy foydalaniladigan joylarigadan qoniqishadi. Xattokixojatxonasi ishlaydiganlarning ham ishlari yaxshi emas, chunki kanalizatsiyatizimi shunchalik yomonki, shahar Ebola virusi tarqalganiga hayron boʻlmasangizham boʻladi.
3. Eng baxtli shahar
Qaygʻuli narsalarni qoʻying! Kayfiyatni koʻtarib, eʼtiborimizni biror pozitiv narsaga qarataylik!Shaharning baxtliligini aniqlash qiyin yoki aksililmiy tuyulishi mumkin, chunki baxt bu abstrakt omildir. Biroq, koʻchmas mulk va tabiiy resurslar boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatuvchi va loyihalashtirish bilan shugʻullanuvchi xalqaro Arcadis kompaniyasining aniqlash uslublari hozircha ishonishga majburqiladi.
Aniqlash jarayonida aholining sogʻlik darajasi, maʼlumoti va bandligi shaharda yashash narxi va jinoyatchilik darajasi bilan nisbatan solishtirilgan. Shaharlar boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlar ishlab chiqilganda, bu shahar Seul – Janubiy Koreya poytaxti boʻlib chiqqan. Bir tomondan olib qaraganda yonidagi xavfli qoʻshnisi istalgan paytda yadroviy qurol bilan yoʻqotib yuborishi mumkin boʻlgan shahar qoʻrquvda yashashi kerak edi, lekin unday emas.
Baxtga qarshi bu katta boʻlmagan hokimiyat muxlislari uchun aytib oʻtamizki, bu omad juda katta shahar rejalashtirilishi bilan tushuntirilishi mumkin. Seul hokimiyati koʻp tomondan globalizatsiya siyosatini qoʻllab quvvatlaydi. Koʻpchilik baxtli shaharda bunday narsalarga eʼtibor qaratmasa ham boʻladi degan fikrga keladi, lekin bu haqida yaxshilab oʻylab koʻrish kerakka oʻxshaydi.
2. Oʻlim eng koʻp shahar
Bu roʻyxatimizdagi eng salbiy shahar. Koʻp odamlar shaharlar qishloqlarga nisbatan yashash uchun xavfli deb bilishadi (biroq 2013 yilda oʻtqazilgan izlanishlar natijasiga koʻra shaharlar kam aholi yashaydigan hududlarga qaraganda xavfliroq emas ekan), shuning uchun eng oʻlim koʻp shahar oʻt ochish uchun ochiq zona deb hisoblashadi. Bunday shahar esa Kakarakas, Venesuellaning poytaxti.
“Dunyo Atlasi” xabar berishicha, joriy yilning fevral oyida poytaxtda odam oʻldirish hodisalari 100.000 kishi uchun 119,87 taga yetgan, bu esa 2,1 million aholi boshiga yiliga 2517 ta odam oʻldirilishini bildiradi. Bu oʻlimlar soni 100.000 kishi uchun 100 ta hodisadan koʻproq togʻri keladigan 4 ta shaharlardan biridir. Karakasda qanday qotilliklar sodir boʻlishini tasavvur qilish uchun aytib oʻtish mumkinki, Venesuellaning yana ikki shahri qotillik boʻyicha dunyo birinchi oʻnligining roʻyxatida. Lekin bu yangilik emas. 2011 yilning oʻzida Karakasda qotillik darajasi Bogʻdoddan ham yuqorilab ketti. Umid qilamizki dam olish kunlarini bu shaharda oʻtkazmoqchi boʻlganlar rejalarini oʻzgartirishga ulgurishadi.
1. Dunyoning eng qoʻrqinchili shahri
Ushbu roʻyxatimizni neytral fakt bilan yakunlaymiz. Quyidagi vaziyatda bu eng birinchi qurilgan shaharlardan biri demoqchi emasmiz (bunday shaharning nomi Iyerixon, allaqachon tashlandiq joyga aylangan). Biz qidirayotganimiz bu odamlar doimiy yashab keladigan qoʻrqinchili shahardir.
Bu shaharAfrikaning biror bir odamlari evolyutisya qilgan shahri boʻlsa kerak deb oʻylashingiz mumkin. Balki u Sharqiy Osiyoda deb oʻylarsiz? “Sivilizatsiya belanchagi” deb nom olgan qadimiy Mesopotamiya joylashgan YaqinSharqqa nima deysiz? Ha, aniqlanishicha bu Yaqin Sharqda, xalqaro xabarlarni tomosha qiladigan odamlar allaqachon gap qaysi shahar haqida ketayotganini bilishgan boʻlsa kerak. The Guardian jurnalining habar berishicha, bu urushlar changalida vayron boʻlgan, Siriyaning Aleppo shahri.
Aleppo shahar sifatida eramizdan avvalgi 6000 asrlarida qad koʻtargan. U oson himoyalanadigan tepaliklarga ega boʻlgan. Quayk daryosiga chiqa olishi uni hozirgi Turkiya bilan bogʻlagan, va savdo sotiqning muhim markaziga aylantirgan.
Beqaror Yaqin Sharqda joylashganligi sababli uni koʻplab hukmdorlar bosib olgan, assiriyaliklar, misrliklar va boshqalar. Hozircha Aleppo shahri haqiqiy talon-tarojlikni boshidan oʻtqazmoqda. Lekin biz ishonch bilan ayta olamizki, shahar albatta tiklanadi. Axir ming yillik tarix davomida shahar bir necha bor urushlardan keyin qayta qad koʻtargan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



