Faqatgina qizlar uchun: Omadli qiyofa yaratishdagi 8 xato

Bugungi kunda bir-biriga mos kelmaydigan kiyimlardan hosil qilingan uygʻunlik ham birovni hayratga solishi amri mahol. Biz esa muvaffaqiyatli obraz yaratish uchun toʻsqinlik qiladigan eng katta va odatiy xatolar haqida soʻz yuritishga qaror qildik.

Baletka poyabzali bir qarashda inson toʻpiqlarini semizroq koʻrsatish xususiyatiga ega. Shu tariqa koʻp hollarda oyoqlar aslidan ham toʻlaroq koʻrinadi va yoqimsiz koʻrinish hosil qiladi. Ushbu xatolik ofis uslubida ayniqsa sezilib, jozibador qiyofani bir zum ichida chippakka chiqarishi mumkin. Shu sababli ofis uslubi uchun poshnali tufli tanlangan yaxshi.

Uzun bichimli maykalar qomatning barcha kamchiliklarini yaqqol koʻrsatish xususiyatiga ega. Uni jinsi shimi bilan uygʻunlashtirish esa qiyofaning yana ham omadsiz chiqishiga asos boʻladi. Shu boisdan ham bu turdagi maykani jinsi bilan kiyganda jinsi uning ustida turishi kerak. Agar bunday uslub sizga maʼqul boʻlmasa erkin bichimli futbolkalarga diqqat qaratishni tavsiya qilamiz.

Haddan tashqari katta sumkalarni bir qancha uslublar bilan uygʻunlashtirish mumkin, casual, romantik, ofis uslublari aynan shular jumlasidandir. Biroq bazm yoki restoranga yoʻl ola turib, kichikroq sumka tutib olishga harakat qilavering. Sababi oqshom paytida katta sumkalar juda ham nooʻrin koʻrinadi.

Botilyonlar kamdan-kam holatlardagina yubkalar bilan chiroyli koʻrinish hosil qilishi mumkin. Sababi bu turdagi poyabzallar bir qarashda oyoqlarning kalta koʻrinishi uchun xizmat qiladi. Ushbu yoqimsiz holatni erkin bichimli yubkadan ham oshirib koʻrsatuvchi libos boʻlmasa kerak. Shu sababli yubka bilan klassik uslubdagi tufli, sovuq paytlarda botfortlar kiygan yaxshi.

Bir obraz ichida qoʻllanilgan 2-3 ta keng libos qomatning haddan tashqari hunuk va qoʻpol koʻrinishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun haddan tashqari keng libos kiygan paytda uni obrazning boshqa bir libosi bilan muvofiqlashtirish, keng kofta uchun ixchamroq yubka, keng yubka uchun bejirim kofta tanlash kerak.

Agar yubkaning bel qismi pastroqda boʻlsa, buning qoʻrqinchli joyi yoʻq. Ammo belbogʻ sohasiaynan belga taqab tikilgan boʻlsa, bunday bichim faqat tik holatdagina chiroyli koʻrinadi. Harakatlanish paytida esa yubka qomati raso qizlarning ham qorin sohasidagi kamchiliklarini boʻrttirib koʻrsatadi. Bunday vaziyatdan qochishni istasangiz fason tanlash paytida klassikaga eʼtibor qarating.

Oʻz oʻlchamingizga mos boʻlmagan tufli haddan tashqari hunuk koʻrinishi bor gap. Yaxshisi poyabzal harid qilish uchun doʻkonga kunning birinchi yarmida borishga oʻrganing, sababi kunning ikkinchi yarmida oyoqlar charchoqdan ham biroz shishib qoladi. Bu esa oʻz navbatida sizni oʻlcham borasida adashtiradi.

Bu turdagi liboslar borasida ham ehtiyotkor boʻlgan yaxshiroq. Uning boʻyin qismi bir qarashda inson boʻyini ham kalta koʻrsatib qoʻyishi mumkin. Yaxshisi oddiy bichimdagi libosni roʻmol yoki sharf bilan uygʻunlashtiring.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



