FOREX xalqaro valyuta bozori: Boʻlgʻusi birja qirollari uchun eng toʻliq va batafsil yoʻriqnoma (2-qism)

• narxlar koʻtarilishi tendentsiyasi, bunda narxlar yuqoriga qarab harakatlanadi va keyingi har bir choʻqqi va keyingi har bir pasayish avvalgi koʻrsatkichlardan yuqoriroq boʻladi;
• narxlar pasayishi tendentsiyasi, bunda narxlar pastga qarab harakatlanadi va keyingi har bir choʻqqi va keyingi har bir pasayish avvalgi koʻrsatkichlardan pastroq boʻladi;
• gorizontal tendensiya, unda narx harakati hech qanday aniq yoʻnalishga ega boʻlmagan holda harakatlanib va har bir keyingi choʻqqisi va pasayishi avvalgilari bilan taxminan deyarli bir xil darajada davom etib ketaveradi.
FOREX bozorini texnik jihatdan tahlil qilish tahlilning asosiy anjomiy vositasi sifatida grafiklardan foydalanishni nazarda tutadi. Ularning asosiy turlari:
- har bir keyingi davr uchun faqat soʻnggi yopilish narxi belgilangan va qisqa vaqtli kesmalarda (bir necha daqiqa) foydalanish tavsiya etiladigan liniyali grafik;
- kesmalar(barlar) grafigi. Unda eng maksimal narx (barning yuqori nuqtasi), minimal narx (barning quyi nuqtasi), ochilish narxi (vertikal ustunning chap tomonidagi chiziqcha) va yopish narxi (vertikal usutnning oʻng tomonidagi chiziqcha) aks ettiriladi va u 5 daqiqadan boshlab undan koʻproq vaqt oraligʻi uchun qoʻllash tavsiya etiladi.

Mehnat samaradorligi Productivity
Ishsizlik nafaqalari boʻyicha arizala Initial Jobless Claims
Ishbilarmonlik optimizmi Indeksi ISM (sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida) ISM Manufacturing& ISM Non-Manufacturing
Mehnat bozori statistikasi Employment statistics
Ishchi haftaning oʻrtacha davomiyligi Average Workweek
Oʻrtacha soatbay ish haqi Average Hourly Earnings
Factory Orders Ishlab chiqarish buryutmalari
Ulgurji omborlarda tovarlar zahiralari Wholesale Inventories
Isteʼmol krediti Consumer Credit
Savdo balansi Trade Balance
Import narxlari Import Prices
Eksport narxlari Export Prices
Chakana savdo Retail Sales
Ishbilarmon zahiralar xajmi Business Inventories
Ishlab ichqaruvchilar narxlari indeksi Producer Price Index (PPI)
Sanoat ishlab chiqarishi xajmi Industrial Production
Filadelfiya Federal Bankining ishbilarmonlik faollik indeksi Philadelphia Fedindex
Turar-joy qurilish sohasidagi ishbilarmonlik optimizmi indeksi NAHB Housing Market Index
Isteʼmolchilik narxlari indeksi Consumer Price Index (CPI)
Uylar qurilishi uchun oʻrnailgan poydevorlar soni Housing Starts
Qurilishga ruxsatlar Building Permits
Michigan Universitetining isteʼmolchilar kayfiyati indeksi University of Michigancon sumer confidence index
Yetakchi indikatorlar indeksi Leading Indicators Index
Isteʼmolchilar ishonchi indeksi Consumer Confidence Index
Mavjud turar-joy (uylar) sotilishi Existing Home Sales
Qayta qurilgan turar-joylarning sotilishi New Home Sales
Uzoq muddat foydalaniladigan mahsulotlarga buyurtmalar Durable Goods Orders
Yalpi ichki maxsulot (YAIM) Gross Domestic Product (GDP)
Yalpi ichki maxsulot deflyatori GDP deflator
Yordamgamurojaat indeksi Help-Wanted Index
Shaxsiy daromadlar (aholi daromadlari) Personal Income
Shaxsiy harajatlar (aholi harajatlari) Personal Spending
Chikagodagi Menedjerlar Uyushmasining ishbilarmonlik faolligi indeksi Chicago PMI Index
AQSH Federal ZahiraTizimining "Beydjbuk" Iqtisodiy sharhi Fed’s Beige Book
AQSH Federal ZahiraTizimining ochiq bozordagi amaliyotlar boʻyicha Federal qoʻmitasining yigʻilishi, foiz stavkasi Fed FOMC Meeting, interestrate

Bir valyutaning boshqa valyutaga nisbatan almashinuv kursi (valyuta kotirovkasi) ushbu valyutaning necha birligi boshqa valyutaning birligida joylashganligini koʻrsatadi. FOREX bozorida toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita (teskari) kotirovkalar belgilanadi. Agar valyuta suratda joylashgan boʻlsa, bunday kotirovka ushbu valyuta uchun toʻgʻridan-toʻgʻri (Direct Quotation) deyiladi, va aksincha agar valyuta maxrajda joylashgan boʻlsa, bunday kotirovka ushbu valyuta uchun bilvosita, yaʼni teskari (Indirect Quotation) deyiladi.
Milliy valyutaga nisbatan valyutalarning rasmiy kotirovkalari - Markaziy bank va hukumatning meʼyoriy-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan rasmiy kursi demakdir. Valyutalarning rasmiy kursi - bu davlat tomonidan belgilanadigan milliy valyuta kursidir. Rasmiy kursni qoʻllab-quvvatlash hukumat tomonidan valyuta tartibga solish choralarini amalga oshirishni talab qiladi.
Turli banklarda valyutalarni sotib olish va sotish stavkalari turli xil, boshqacha qilib aytganda, turli banklarda - valyutalar kotirovkalari turlicha. FOREX bozorida esa narx bir xil, chunki FOREX bozori yagona. Ammo FOREX bozorida valyutalarning kotirovkalari doimo oʻzgarib turadi. FOREX bozorida valyutalarning joriy kursi- bu talab va taklifning hozirgi narxi (Ask yoki Bid). Valyutalarning kotirovki, odatda, besh katakli raqamlar bilan ifodalanadi.

Dollarning kursi milliy valyutaga nisbatan AQSH dollarining kotirovkasini bildiradi. Bugungi kunda, Oʻzbekistonda dollarning kursi toʻgʻridan-toʻgʻri kotirovkalarda, yaʼni horijiy valyuta (AQSH dollarini –USD) ning birligini sotibolish uchun zarur boʻlgan milliy valyuta birliklarining sonida aks ettiriladi.
Ichki moliya bozorlarida dollarning birja savdolarida oʻrnatiladigan birja (toʻlqinlanuvchi, suzuvchi) kursi, va milliy valyutada nisbatan Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan kursi mavjud. AQSH dollarining milliy valyutaga nisbatan boʻlgan kursi –bu Markaziy bank va hukumatning meʼyoriy-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan rasmiy valyuta kursi hisoblanadi.
Yevro kursi –umuman olganda, yevropa valyutasi, yaʼni yevroning istalgan boshqa valyutaning birligida aks ettirilgan narxida ifodalanadi. Shunga qaramay, koʻp hollarda xalqaro moliyaviy bozorlarda yevroning kursi - AQSH dollariga nisbatan yevro narxi nazarda tutiladi. Oʻzbekistonda esa bu yevroning milliy valyutaga - soʻmga nisbatan narxi nazarda tutiladi.

Valyutalarning kross-kurslari (inglizcha - crossrate) - ikkalasidan birotasi ham AQSH dollari boʻlmagan ikki valyutaning bir biriga nisbatan kurslarini FOREX bozorida kross-kurs deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzan, kross-kurs bu ikki valyuta kurslarining uchinchi valyutaga nisbati orqali hisoblangan oʻzaro kursi ham deyishadi. FOREX bozorida uchinchi valyuta sifatida eng koʻp hollarda AQSH dollari nazarda tutiladi. Buning sababi shundaki, valyuta bozoridagi savdo bitimlarining 80 foizi major (majors) deb ataladigan besh valyutaning oʻrtasida sodir boʻladigan valyuta ayriboshlash amaliyotlariga toʻgʻri keladi. Bular AQSH dollari, Yevro, Buyuk Britaniya funt-sterlingi, Shveytsariya franki va Yapon iyonasi.
Joriy VALYUTALARNING KROSS-KURSLARI odatda jadval shaklida taqdim etiladi.

Valyuta kursiga maʼlum mamlakat iqtisodiyotining holatini aks ettiruvchi omillar taʼsir oʻtkazadi:
• Iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari (yalpi ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarishning hajmi va boshqalar)
• Savdo balansining holati, tashqi xom-ashyo manbalariga qaramlik darajasi
• Ichki bozorda pul taʼminotining oʻsishi
• Inflyatsiya darajasi va uni oʻzgarishi toʻgʻrisidagi tahminlar
• Foiz stavkalari darajasi
• Mamlakatning toʻlov qobiliyati va jahon bozorida milliy valyutaga boʻlgan ishonch
• Valyuta bozoridagi spekulyativ amaliyotlar
• Jahon moliyaviy bozorining boshqa sektorlari, masalan, valyuta bozori bilan raqobatlashadigan qimmatli qogʻozlar bozorining rivojlanish darajasi.

Mamlakat ichidagi narx va ishlab chiqarish xarajatlari horijdagiga nisbatan qanchalik yuqori boʻlsa, importning eksportga nisbatan oʻsishi ham shunchalik yuqori boʻladi. Shu bois, mamlakat ichkarisidagi narxlar darajasining yuqori boʻlishi va uning tashqarisidagi narxining pastligi, odatda, chet el valyutasi narxining yuqori boʻlishidan darak beradi.
1920-yillarda eng muhim deb hisoblangan ushbu omil valyuta kurslarining "xaridorgirlik qobiliyati pariteti" deb nomlangan. Xarid qilish qobiliyati pariteti kontseptsiyasiga muvofiq, boshqa teng shartlar mavjudligida ikki mamlakat valyuta kurslarining nisbati ichki va tashqi narxlar nisbatiga mutanosib ravishda oʻzgaradi.
Chet el tovarlariga ega boʻlish va xorijiy xizmatlardan foydalanish istagi qanchalik kuchliroq boʻlsa, xorijiy valyuta uchun shuncha koʻproq narx taklif qilishga toʻgʻri keladi. Milliy daromadning oʻsishi bilan birga import maxsulotlarga boʻlgan talab ham ortadi. Bu milliy valyutani arzonlashishiga sabab boʻladi. Boshqa tomondan, chet eldagi yuqori milliy daromad horijiy valyuta narxini pasaytiradi. Buning barchasi "mamlakatlarning import qilishga moyilligiga" bogʻliq: milliy daromadning oʻsishi ichki isteʼmolning oshishi bilan deyarli bir hil darajada import hajmini kengaytirilishiga olib keladi.

Agar sarmoyadorlar iloj bor qadar koʻproq tashqi qarz majburiyatlari,obligatsiyalar, aktsiyalar, bank depozitlari yoki naqd pul boʻyicha haqdor boʻlishga intilsalar, ular valyuta narxini oshiradilar. Bunga aksincha, boshqa mamlakatlarning maʼlum bir davlatga toʻlovlari ularning milliy valyuta kursining mustahkamlanishiga yordam beradi.
Mablagʻ harakatini belgilaydigan bu omil valyuta olib-sotarligi bilan chambarchas bogʻliq. Agar gap faqat tovar eksporti yoki joriy amaliyotlar boʻyicha toʻlovlar masalasida boʻlganida, chet el valyutasining kursi juda sust boʻlib, kursining oʻzgarib turishi katta ahamiyat kasb etmasligi mumkin edi. Shunga qaramay, iyona kursi bir dollarga 115,00 dan 125,00 iyongacha tushganda, koʻpchilik u yanada tushib ketadi, deb oʻylay boshlaydi. Shuning uchun ham ular iyonadan tezroq qutulishga harakat qilishadi. Yagona Yevropa valyutasining sotilishi va mablagʻning qisqa muddatli spekulyativ harakatlari natijasida unga boʻlgan talabning kamayishi, uning kursini yanada pasayib ketishiga hissa qoʻshadi.

Shunday qilib, oʻzgarishi, yaqinlashib kelayotgan muammolar, siyosiy yoʻnalishning yoki valyuta tebranishlarining oʻzgarishi haqidagi har qanday mish-mish tufayli, bir mamlakatdan ikkinchisiga koʻchib oʻtadigan "issiq pullar"ning harakatlanishi tufayli valyuta kursining kichik tebranishlari oʻz-oʻzidan murakkablashib ketadi. Bunday "mablagʻ qochishi" katta miqyosda va qandaydir bir yoʻnalishda boshlanib qolgudek boʻlsa, bu valyuta kurslarida keskin oʻzgarishlar va hatto moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin.

"Maʼlumotlar" tushunchasi quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin: sotilayotlayotgan valyutalarning egalari boʻlgan mamlakatlarning iqtisodiy koʻrsatkichlarining chiqishi (chop etilishi), ushbu mamlakatlardagi foiz stavkalarining oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi xabarnomalar, iqtisodiyot holatining sharhlari va valyuta bozoriga muhim taʼsir oʻtkaza oladigan boshqa voqealar.
Qandaydir bir voqeani kutish va ushbu voqealarning boshlanishi valyuta kurslarining kuchli harakatlantiruvchilari hisoblanadi. Bozorga voqeaning oʻzimi yoki uni kutish jarayonimi - nima kuchliroq taʼsir qilishini aytish qiyin, ammo jiddiy maʼlumotlarning chiqishi valyuta kurslarining muhim va barqaror harakatlariga olib kelishi mumkinligini, hech ikkilanmay ishonch bilan aytish mumkin.

Valyuta kurslari harakatidagi uzoq muddatli yoʻnalishlariga taʼsir kuchi boʻyicha birinchi oʻrinni jamgʻarmalar egallaydi (xedjlash boʻyicha, sarmoya, sugʻurta, pensiya). Ularning faoliyat yoʻnalishlaridan biri - muayyan valyutalarga sarmoya kiritishdir. Katta mablagʻlarga ega boʻlgan holda, ular kursni muayyan yoʻnalish boʻylab uzoq muddat harakat qilishga majburlay olishga qodir.
Eksportchilar va importchilar valyuta bozorining sof shaklda foydalanuvchilaridir (market users).
Eksportchilarda doimiy ravishda chetel valyutasini sotishga qiziqish, importchilar esa uni sotib olishga qiziqishlari kuzatiladi. Eksport-import amaliyotlarida ishtirok etadigan nufuzli firmalarning chet el valyutasini koʻproq yoki kamroq foyda bilan sotish yoki sotib olish maqsadida valyuta kurslarini tahminlashtirishga ixtisoslashgan tahliliy boʻlinmalari mavjud.

Eksportchilar va importchilarning bozorga taʼsiri qisqa muddatli boʻlib, global trendlarga olib kelmaydi, chunki tashqi savdo amaliyotlarining hajmi valyuta bozoridagi amaliyotlarning umumiy hajmiga nisbatan ahamiyati juda past darajada. Aksariyat hollarda, ularning faoliyati bozorda koʻpayish (tuzatishlar) yaratadi, chunki maʼlum darajaga etganida chet el valyutasini sotish yoki sotib olish foydaliroqdir.
Valyutalar kurslarining harakatiga taʼsir koʻrsatadigan maʼlumotlar turli maʼruzalar, yirik yigʻilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari va hokazolarda vujudga keladi. (masalan, Katta Yettilik mamlakatlari rahbarlarining uchrashuvlari yoki foiz stavkalari boʻyicha navbatdagi muzokaralar oʻtkazilgandan keiyngi matbuot anjumani).

Davlat markaziy banklar orqali valyuta bozoriga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Agar maʼlum bir davlat markaziy banki xalqaro valyuta bozorida valyuta sotib olish va sotish orqali valyuta ayirboshlash amaliyotlariga aralashmasa, milliy valyuta "erkin suzish" holatida boʻladi. Amalda bu juda kamdan-kam hollarda uchraydi. Suzuvchan kurslarga ega boʻlgan mamlakatalar vaqti-vaqti bilan valyuta ayriboshlash amaliyotilari orqali oʻz valyutasining kursiga taʼsir oʻtkazishga harakat qiladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va isteʼmolni koʻpaytirish manfaatlari maqsadida davlatlar valyutalar kursini tartibga solish bilan shugʻullanishi kerak. Odatda toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita tartibga solish qoʻllaniladi. Bilvosita tartibga solish muomaladagi pul miqdori, inflyatsiya darajasi va hokazolar orqali amalga oshiriladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solishga chegirmalar siyosatini va tashqi valyuta bozorlaridagi valyuta aralashuvlarini kiritish mumkin.

Valyuta aralashuvlari xalqaro bozordan valyuta xajmining keskin ortib ketishi yoki huddi shunday keskin yoʻqotilishi bilan bogʻliq. Markaziy bankning valyuta bozoriga chiqishi tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Valyuta miqdorlari juda katta boʻlganligi uchun (milliardlab dollar) valyuta aralashuvlari valyuta kurslarining sezilarli oʻzgarishga olib keladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



