Qiziqarli

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi
Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Dunyoning eng yopiq mamlakati boʻlmish Shimoliy Koreyada shunday tashkilot mavjud. 39-xona nomli bu tashkilot 1970 yilda faoliyatini boshlagan. Baʼzi taxminlarga koʻra, bu tashkilot hukumatga foyda keltiruvchi noqonuniy operatsiyalarni amalga oshiradi. Aynan oʻsha yerda chet valyutasi almashtiriladi va qurollar sotiladi. 39- xonaning joylashuvi haqida maʼlumotlar yoʻq.

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Ushbu ichimlik yaratilgandan beri uning tayyorlanishusuli qattiq sir hisoblanadi va maxsus seyf-xonada saqlanadi va u yerga kompaniya rahbariyatidan boshqa hech kim kira olmaydi. Baʼzilarning aytishlaricha, seyf – bu shunchaki koʻrgazmadir, ichimlikning retseptini koʻpgina rahbarlar yoddan biladilar. Yana bir boshqa versiya boʻyicha, retsept 1979 yildayoq eʼlon qilingan, biroq uning haqiqiyligini bilish uchun shu maxfiy xonaga kirib chiqish kerak. Hozirgacha hech kim buni qila olmagan.

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

 “Bogema oʻrmoni”– bu elita klubi boʻlib, Kaliforniyadagi qadimgi oʻrmonzorda joylashgan. 1899 yildan boshlab bu yerda dunyoning eng obroʻ-eʼtiborli insonlari yigʻiladilar (shu jumladan Amerika prezidentlari ham). Klubga aʼzo boʻlish uchun navbat 15 yilni tashkil qiladi. Ishtirokchilar butun dunyodan mehmonlarni taklif qilishlari mumikin, faqat tashrif buyuruvchilar buni sir saqlashlari kerak.

Klubning shiori – “oʻrgimchak toʻrini toʻquvchi oʻrgimchaklarga bu yerga joy yoʻq”. Maʼnosi, barcha ishlar va ular haqidagi maʼlumotlar tashqarida qolishi lozim. Biroq shunga qaramay, 1942 yilda aynan shu yerda atom bombasini yaratisj haqidagi  “Manxetten loyihasi” imzolangan.

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Ushbu Angliyaning eng eksklyuziv klubi 1693 yilda tashkil qilingan. Klub oʻzining “garovlar kitobi” bilan mashhur. Bu kitobga noyob garovlarning natijalari kiritiladi. Ayollarning bu klubga kirishlari man qilinadi. Boylar, siyosatchilar, sportchilar va rassomlar bu klubning doimiy aʼzolaridir. Bu klubga uning uchta ishtirokchisining taklifi bilangina aʼzo boʻlish mumkin.

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Ise ibodatxonasi – Yaponiyaning eng asosiy muqaddas qadam joyi hisoblanadi, unda koʻpgina milliy xazinalar saqlanadi. Ularning ichida eng mashhuri – Amaterasu afsonaviy koʻzgusidir. Sinto anʼanasi boʻyicha har 20 yilda ibodatxona buzulib, yangitdan quriladi. Uning hududiga faqatgina ruhoniylar va imperator oilasining azolari kira oladilar. Qolganlar bu ibodatxonani faqatgina uzoqdan kuzatishligi mumkin.

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Rossiyaning Moskva shahari koʻchalarining 210 metr chuqurlikdagi yer ostida maxfiy metro yoʻli oʻtgan boʻlib, muhim srtategik obʼyektlar hisoblanmish Kreml hamda aeroportni birlashtiradi. Bu hududga faqatgina maxsus hukumat guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslargina kira oladilar.

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Bu joy Solt-Leyk-Sitidagi granit togʻida 180 metr chuqurlikda joylashgan. Omborxonaga kiraverishda ulkan eshiklar oʻrnatilgan, hudud esa qattiq qoʻriqlanadi. Bu yerda cherkovlar eng muhim tarixiy xujjatlarni saqlaydi. Maʼlum boʻlishicha, eng asosiy boyliklardan biri – bu 40mingta mikrofilmlardan iborat boʻlgan kutubxonadir. Bu yerda yana qanday artefaktlar saqlanayotganidan hech kim xabardor emas.

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Ushbu joyga faqatgina Rim Papasi hamda cherkovning yuqori unvoniga ega boʻlgan ruhoniylari kirishlari mumkin. Arxiv da 84 km ga teng keladigam stellajlari boʻlib, unda millionlab xujjatlar mavjud. Ularning baʼzilarining yoshi 1 200 yilga teng. Uning bebaho artefaktlarini koʻrishni istagan inson ilm bilan shugʻullanishi kerak hamda olib borayotgan ishining muhimligini isbotlab berishi lozim.

Hamma ham kira olmaydigan dunyoning 9 ta eng maxfiy joyi

Klub 33 – dunyoning yopiq muassasalaridan biri boʻlib, Disneylendda joylashgan. Unga 1967 yilda Uolt Disney asos solgan boʻlib, asosan kompaniyaning obroʻli xodimlari, yulduzlar va siyosatchilar uchun moʻljallagan. Bu klubning ochilishi bilanoq dunyoning 33 ta yirik korporatsiyalarining vakillari aʼzo boʻldilar. Klubga aʼzo boʻlish uchun 30 ming dollar toʻlab yana 14 yil navbatda turish ham kerak.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar