Hayratga sazovor genetik anomaliya namunalari

Irsiy anomaliya bilan tugʻilgan insonlar oʻz tashqi koʻrinishdagi farqlar uchun aybdor emaslar, albatta. Ularning oʻzgalardan ajralib turadigan koʻrinishda yaratilishi ham inson xohishlariga koʻra amalga oshmaydi. Shu sababli bunday insonlarni tushunish va ularga hurmat bilan munosabat koʻrsatish lozim.
Quyida genlar taʼsiri ostida tashqi koʻrinishi boshqalardan juda katta farq qiluvchi insonlar haqida bilib olasiz.
Mazkur mutatsiya turi inson terisi, sochlar va baʼzan tirnoqlar rangini ham oʻzgartiradi. Uning davosi esa mavjud emas.
Vitiligo bilan tugʻilgan Vinni Xarlou ayni kunda model sifatida faoliyat olib boradi. Uning negroid toifasiga mansub terisida oq rangli dogʻlar hosil boʻlgan.

Ushbu egizaklar bitta tuxum xujayradan rivojlangan boʻlsalar ham, egizaklarning bir-biriga oʻxshash boʻlishi kerakligi haqidagi qoidaga amal qilmagan holda ikki hil tashqi koʻrinishi bilan dunyoga kelishgan.

Bu turdagi mutatsiyaga duchor boʻlgan insonlarda tugʻilganidan boshlab terisining ayrim sohalarida dogʻlar hosil boʻladi va sochlarining ayrim tolalari oq rangga kirib qoladi.

Albinizm har xil etnik toifadagi insonlarda uchraydi. Bunday mutatsiya turiga mansub insonlarda tugʻilgandan teri, soch, koʻz qobiqlariga rang beruvchi melanin pigmenti yetishmaydi. Suratdagi qiz afroamerikalik, ammo albinizm sabab huddi yepropaliklar kabi koʻrinadi.

Vaardenburg sindromi bilan toʻqnash kelganlarning peshona tepasidagi sochlari orasida oppoq tolalar boʻlib, tugʻma karlik, koʻzning rangdor pardasi geteroxromiyasi va telekant kuzatiladi. Suratdagi ona va oʻgʻilning koʻzlariga eʼtibor bersangiz, ularning mutlaqo oʻzgacha ekanligini koʻrasiz.

Mazkur koʻrinishdagi anomaliyada insonning yuqori qovoqlarida qoʻshimcha bir qator kiprik kiprik oʻsadi.Pastki kipriklar esa qalinligi bilan odatdagidan ajralib turadi.

Suratdagi qizning ikki koʻz rangdor pardasi bir-biridan farq qiladi. Bunday koʻz egalarining nigohi bir qarashda kishini qoʻrqitadi va hayratga soladi.

Silva Krus – dunyodagi eng baland boʻyli qiz. Bunday balandlik sabab esa gigantizm bilan tugʻilgan insonlardagi ochiq epifizar soha faoliyati bilan izohlanadi.

Ayrimlar inson iyagining ikki suyali boʻlishi qatʼiy feʼl-atvordan darak beradi deb hisoblaydilar. Aslida bu genetik mutatsiya jarayoni natijasidir. Suratdagi qiz organizmida jagʻ suyaklarining oʻsishi uchun yordam beradigan gen mavjud emas.

Joriy holatning yuzada kelishi uchun MC1R oqsili javobgardir. Suratdagi qizaloqda ushbu holatning eng kuchli turi kuzatilgan.

Koʻzlar albinizmi oʻta noyob mutatsiya turi boʻlib, bunda albinizm holati faqatgina koʻzlarga taʼsir etadi. Insonning koʻrish qobiliyati aʼlo darajada boʻlishi mumkin, ammo nigohlari huddi sehrlab qoʻyilgandek taassurot uygʻotadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



