Intizorlik bilan kutilgan BMW i8 Spyder yoʻllarga chiqishga tayarlanmoqda.




BMW i8 qatorini tarihi uzoq boʻlmagan 2009 yilda boshlangan. Qatordan birinchi moshina katta yoʻlga hali 2014 yilda chiqqan. Butun qatorni farqi shundaki, unda gibrid dvigatel ishlatilgan, hamda robotlashgan 6-pogʻonali transmissiya. Bir necha yil avval, dunyoga BMW i8 Spyder kontseptual kabrioleti koʻrsatilgan. Yaqinda avtomobilni Pekindagi avtosalonda koʻrsatishgan. Shu ham maʼlum boʻldiki, seriyaga yangi model 2019 yilda chiqadi. Qator ekspertlar takidlashicha, hozirgi kunda, shu ayonki, moshina yoʻllarga chiqishga tayyor.


Spyder oldingilaridan koʻra birinchi oʻrinda yahshilangan dizayn va konstruktsiya bilan farqlanadi. Alyuminiy va koʻmirplastik ishlatilgani yordamida, moshina yengilroq boʻldi, bu esa yurish sifatlarida aks etadi. Avtomobilda sezilarli ravishda ergonomika va aerodinamika yahshilangan, ichida Spyder oldingilaridan koʻra shinamroq boʻlgan. Avtoda faqat eng zamonaviy tehnologiyalar ishlatilgan.


Dvigatelga toʻhtaladigan boʻlsak, moshinada (butun qatordagiday) umumiy gibridli chiqish boʻladi 357 ot kuchi. 100km/s gacha moshina 4,2 soniyada etadi, maksimal tezlik esa, dastlabki maʼlumotlarga koʻra 250km/s ni tashkil qiladi (elektronika bilan chegaralangan). Bu moshinada dvigatel hali ham ikkita: benzinli va elektron.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



