Jajji taxt vorislari – ular kelajakda mamlakatni boshqaradilar


Bu bolakay kichkina boʻlishiga qaramay, shunchalik mashhurki, uning mashhurligi bilan faqatgina Garri Poter raqobatlasha oladi. Hozirgi kunda Kichkintoy Jorj 3,5 yoshda, u Britaniya taxtining vorislarining uchinchi avlodidir. 3 yoshli taxt vorisi unvonining toʻliq rasmiy nomi “Kembridj shaxzodasi Jorj qirol janob oliylari”. Janob oliylari uylari yaqiniqagi bogʻchada taʼlim va tarbiya oladi.

Monako shaxzodasi unvonining toʻliq rasmiy atalishi “Shaxzoda Jak Onore, Monako voris shahzodasi va markiz de Bo janob oliylari”. Opasi Gabrieladan 2 daqiqa keyin tugʻilganiga qaramay, aynan u taxt vorisi hisoblanadi va kelajakda mamlakatni boshqaradi.

Unvonga muvofiq, uning toʻliq ismi - “Estel Silviya Yeva Meri, Estergyodland malikasi hazrati oliyalari”. Estel – kronmalika Viktoriya hamda shahzoda Deniel Vestlingning qizlaidir. Nikoh qurgunlariga qadar Daniel Vestling Vikroriyaning sport murabbiyi boʻlgan.
Shunisi qiziqqi, 4 yoshli Estel – Shvetsiya tarixidagi birinchi ayol jinsidagi taxt vorisidir. Ammo hozirda bu narsa kichkintoy qizaloqni umuman qiziqrirmaydi.

U Daniya poytaxti Kopengagenda tavallud topgan, taxt vorisining dunyoga kelishi munosabati bilan haqiqiy katta tantana nishonlangan: zambarakdan oʻq otilgan, trasport siglalari ishga tushgan hamda portdagi projektorlar yoqilgan. Butun mamlakat shahzoda Frederik graf Monpez hamda uning rafiqasi Meri Donaldslarning birinchi farzandlari tugʻilganini nishonlagan.

Belgiya qiroli Fillip hamda uning rafiqasi qirolicha Matildaning katta qizlariga anʼana boʻyicha toʻrtta ism qoʻyilgan: Yelizaveta (qirolichaning buvisi Yelizaveta Bavarskaya sharafiga), Tereza (katolik ism, avliyo Tereza sharafiga), Mariya (Belgiyada Bibi Maryam sharafiga malikalarga bu ismni qoʻyish anʼanasi bor) va Yelena (xolasi hamda choʻqintirgan onasi Elen dʼUdekem dʼAkoz sharafiga).

Leonor qirol Felipe va uning rafiqasi Letisiyaning birinchi farzandlari. Leonor chet tillarini oʻrganishni, muzqaymoqni va raqs tushishni yaxshi koʻradi. Agar qirol va qirolicha kelajakda oʻgʻil farzand koʻrishmasa, Leonor Ispaniya qirolichasi boʻladi. Leonor taxt vorisi sifatida kelajakda oily bosh qoʻmondon lavozimini ham qoʻlga kiritishi mumkinligi sababli unga armiyada xizmat qilishga toʻgʻri keladi.

1990 yilda qabul qilingan konstitutsiya reformasiga koʻra, Norvegiya taxtining vorisi, deb jinsidan qatʼiy nazar monarx oilasining katta farzandi hisoblanadi. Qizigʻi shundaki, malika uylari yaqinidagi oddiy maktabga qatnaydi.
Nima uchun? Sababi, Ingridning ota-onasi farzandlarining bolaligi mamlakatdagi boshqa bolalar kabi boʻlishini xohlaydilar.

2013 yilda Katarina-Amaliyaning choʻqintirgan onasi – qirolicha Beatriks taxtdan voz kechdi, qizaloq esa Oran malikasi maqomini oldi, yaʼni anʼanaviy yoʻl bilan taxt vorisi unvonini qoʻlga kiritdi. U uch tilda bemalol soʻzlasha oladi va maktabga velosipedda qatnaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



