Qiziqarli

Musiqa terapiya: Bolakaylar uchun qanday musiqa tanlash kerak?

Musiqa terapiya: Bolakaylar uchun qanday musiqa tanlash kerak?

Biroq chaqaloq turli tovushlarni aynan qanday idrok qilishini oxirigacha aniqlash juda qiyin. Shunday qilib, yangi tugʻilgan goʻdak hali tovush manbaini aniqlash va ajratishning uddasidan chiqa olmaydi. Ammo ona yuragi urishi va uning tovushini darxol ilgʻaydi.

Shu sababli ona tomonidan aytilgan alla qoʻshigʻi, ijro etuvchining tovushi va ohangidan qatiiy nazar, uni tinchlantirish taʼsiriga ega. Shuningdek, tabiatning sokin tovushlari – suv shildirashi, qushlar chugʻuri va barglar shitirlashi ham goʻdakni ancha tinchlantiradi. 

Musiqa terapiya: Bolakaylar uchun qanday musiqa tanlash kerak?

Yangi tugʻilgan goʻdaklar uchun musiqa terapiyasining samaradorligini yurtimiz olimlari ham tasdiqlaganlar. Tadqiqot ona qornida rivojlanish jarayonida kislorod yetishmasligidan aziyat chekkan goʻdaklar ishtirok etdi. Bu chaqaloqlarda hujayra fermentlari faolligi pasayganini qayd etilgan. Sitologik tahlil, chaqaloqlarga mumtoz musiqa tinglatilganidan soʻng, ulardagi hujayra fermentlari faolligi oshganini koʻrsatdi. Shuningdek, goʻdaklarning arterial qon bosimi, tomir urishi, nafas olish maromi ham oʻlchanganida ularning yuzlarida moslashuvning tezkor taʼsirlanishi yuz bergan: organizm atrof-muhitga koʻnika boshlagan va goʻdaklar oʻzlarini tetikroq seza boshlaganlar.

Musiqa terapiya: Bolakaylar uchun qanday musiqa tanlash kerak?

Ushbu tadqiqot vaqtida mumtoz navolardan tashqari goʻdaklarga sokin musiqa surʼatidagi ohista maromda chalinuvchi metronomni ham tinglatishgan. Birinchi qarashda  chaqaloqlar oʻzlarini yomon tutishmagan, yaʼni tinchlanib, uhlab qolishgan. Ammo taxlil natijalari shuni koʻrsatadiki, ishlab turgan metronom taʼsirida hujayralarda fermentlar siqilishi yuz bergan. Bundan kelib chiqqan holda, surʼatli maromni  aniq ifodalovchi rok-musiqa yosh bolalar uchun zararli ekani isbotlandi.

Musiqa terapiya: Bolakaylar uchun qanday musiqa tanlash kerak?

Musiqaning nafaqat qalbga, balki badanga ham foydali taʼsiri bundan bir necha asr ilgari ham maʼlum edi. Noananaviy tibbiyot oqimi orasida musiqa teropiyasi ham mavjud.

Musiqa teropiyasi seanslari sogʻlom, yaxshi rivojlanayotgan kichkintoylarga ham yaxshi taʼsir koʻrsatadi. Vaholanki, ularni ham baʼzida tinchlantirish yoki tetiklashtirish zarurati tugʻiladi. Bunga boʻshashiruvchi yoki qoʻzgʻatadigan musiqalar orqali erishish mumkin.

Musiqa terapiya: Bolakaylar uchun qanday musiqa tanlash kerak?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar