Qiziqarli

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

Koʻpchilik odamlar eng uzun daryo deb biladigan Nil daryosi 11 ta zamonaviy mamlakat orasidan oʻtadi. Mana shu qadimiy daryo oldida koʻpgina sivilizatsiyalar paydo boʻlgan va anchagina janglar kechgan, va shu janglardan soʻng Nil qirgʻoqlari boʻyida koʻp qabristonlar shakllangan.

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

Luksor mumiyasi va Nilning boshqa artefaktlari.

Baʼzi qabrlarda olimlar, tarixga boʻlgan zamonaviy qarashni oʻzgartirishga majbur qiladigan turli xildagi artefaktlarni topishmoqda, biroq, baʼzi topishmalarni hech kim hech qanday qilib tushuntira olmagan.

1. Alebastrli Tiya

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

2017 yilda ishchilar Luksor oldidagi ulkan firʼavn Amenxotep III (m.a. 1390-1352 yy.) ning haykalini boshqa joyga koʻchirishdi. Bunda ular haykalning oʻng oyogʻi oldida oldinlari nomalum sirli haykalni topib olishdi. Yirik Amenxotepga qaraganda, ayol haykali alebastrdan tabiiy oʻlchamda yaratilgan. 3400 yillik noyob haykal arxeologlar fikriga qaraganda, Tiya malikasini tasvirlagan. Avvallari qabr ichida Nilning gʻarbiy qirgʻogʻida Amenxotep III ning “asosiy xotini” va Tutanxamonning buvisi boʻlgan Tiyaning bir nechta haykallari topilgan. Lekin yangi topilma kvarsitdan qilinmagan yagona haykal edi. Ajablanarlisi shundaki, haykal ajoyib holatda boʻlganligi sababli, uning boshlangʻich ranglari asli holatida saqlanib qolgan.

2. Nelson ayollari

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

Kemadagi ayol – normal holat.

Yuz yillar oldin britan qoidalari ayollarga kemalarga chiqishini man qilishardi. Ammo, buning ustiga, ular aslida suzishgan, va Misrdagi Nelson orolida yaqindagi qazishlar koʻrsatishicha, ayollar Abukir boʻgʻizida Nil uchun boʻlgn kurashlarda ishtirok etishgan. Arxeologlar fikrlaricha, bu orolda topilgan 40 ta qabr 1798 yildagi kontr-admiral Goratsio Nelson boshchiligida fransuzlar va inglizlar orasida sodir boʻlgan, dongʻi ketgan janglarga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasi bor. Jangda oʻldirilganlarni dengizda dafn etishgan, keyinchalik yaralar sababli halok boʻlganlarni esa orolda dafn etganlar.

Koʻmilganlarni koʻrib chiqayotgan vaqtda kutilmagan bir omil yuzaga chiqdi. Koʻpgina askarlar va dengizchilar dafn etilgan joylarda bolalar va ayollar qoldiqlari ham topilgan. Qattiqqoʻl dengiz qonunlariga qaramasdan, dengizchilarga oʻz oilalarini keltirishga ruxsat berilar edi. Mojarolar paytida bu ayollar harakatsiz turmaganlar. Oʻz xotiralar daftarida jangda kurashgan, britan dengizchisi Djon Nikols, qanday qilib ayollar jang vaqtida oʻq otuvchilarga kukunni uzatib berganliklari haqida yozgan. Biroq, Nelson orolidagi ayollar qoldiqlarining birontasi ham aniqlanmagan.

3. Mushuklar shaxsiyati

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

Bir vaqtlar misrliklarga mushuklarni uy hayvonlariga aylantirishda birinchilardan boʻlish roli ajratilgan edi, bunga sabab m.a. 1950 yilda rasmda tasvirlangan stol tagida oʻtirgan mushuk edi. Ammo 2004 yilda Kiprda odam qabrida 9500 yoshli mushuk qoldiqlarini topganlar. Lekin yangi genetik tadqiqotlarga asosan, “birinchi uy mushuklari vatani” – Misr deb, qayta tan olinishi mumkin. Gʻarbiy Nil qirgʻogʻi boʻyida yangi qabrni qazib olganlaridan 4 yil oʻtgandan soʻng, u yerda kipr mushuklaridan 3500 yil kattaroq yoshli hayvon qoldiqlari topilgan.

4. Oyoq barmoqlaridagi sirli uzuklar

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

Oyoq barmoqlari uchun sirli uzuklar.

Nilning sharqiy qirgʻogʻida Tiya qirolichasining oʻgʻli firʼavn Exnaton oʻzining yangi poytaxti – Amarni qurgan. Exnaton unchalik taniqli boʻlmaganligi sababli, shahar uning oʻlimidan ozgina oʻtib, tashlandiq shaharga aylandi. Qabrlardan biri oʻttizga yaqin yoshli, suyak yaralariga ega erkakga tegishli edi. Aslida, 3300 yoshli skeletning hayoti davomida qovurgʻa va chap qoʻli tirsagi siniqlarini oʻz ichiga olgan jarohatlardan iborat.

Oʻng tomon bilan holat bundan battarroq edi: tirsaklarda, oyoqlarda va son suyagida yoriqlar. Bu skeletning oyogʻidagi barmogʻida noyob, mis qotishmasidan qilingan (bu misr qabrlarida topilgan bu kabi mis uzuklaridan ikkinchisi edi) uzuk topildi. Keyinchalik shu qabristonning oʻzida xuddi shu kabi oyoq barmoqdagi uzukni topishdi, ammo uning egasida aniq hech qanday jarohat izlari yoʻq edi.

5. Luksor mumiyasi

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

Luksor shahri yonida qachonlardir firʼavn Tutmos III ga bagʻishlangan ibodatxona turibdi. Nilning janubiy qirgʻogʻida joylashgan ibodatxona bir necha oʻn yilliklar davomida taniqli boʻlib kelgan. Lekin faqat 2009 yilda arxeologlar ushbu muqaddas tuzilma ostidagi nekropolni topishdi. 20 ta qabrlardan biri noanʼanaviy topilmasi oʻzida saqlar edi. Barcha qabrlar oʻgʻirlanishiga va yarmi buzilganiga qaramasdan, mumiya hayratlanarli darajada umuman jarohatlanmagandi.

Va m.a. 1075 yil va m.a. 664 yil oraligʻida koʻmilgan bu mumiyaning haqiqiy siri, uning shaxsiyati va Tutmos III bilan aloqadorligida edi. Bu hurmatga sazovor firʼavnning shaxsiy quli Amenrenefe ekanligini koʻrsatuvchi yozuvlar topilgan boʻlsada, nega uni Misrning mashhur firʼavnlari ibodatxonasida dafn etilganligi haligacha maʼlum emas.

6. Boshsiz timsohlar

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar

2015 yilda Gebel-el-Silsileda 3400 yil oldin tosh oʻyuvchi uyning ishchilari dafn etish joyi hisoblangan nekropol topildi. Skeletlarning tahlil qilinishi baʼzi bir qiziq maʼlumotni yetkazdi (odamlar karyerda yashagan va yaxshi jismoniy holatda boʻlgan), lekin qabristonda shuningdek, bir necha qiziq qabrlar topilgan. Eng noyobi, ichi qoʻy va echki qoldiqlari bilan toʻlgan maqbara edi, uning ichki hovlisini esa…timsoh himoya qilardi.

Yoshi katta timsoh albatta, tabiiy sabablarga koʻra halok boʻlishi mumkin edi, balkim uni jabrlanuvchiga chiqarishgan, ammo keyinchalik ikkinchi reptiliyaning qoldiqlari topildi, hamda bu reptiliyalarni oʻlimdan soʻng majburan qabrlar orasiga terib chiqish belgilari ham maʼlum boʻldi. Ikkalar timsoh bir xil turishda boʻlgan va ular boshsiz boʻlgan. Yana qizigʻi shundaki, Gebel-el-Silsilaning himoyachisi Sebek, xudo-timsoh boʻlgan.

Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar
Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar
Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar
Nil vodiysida topilgan 10 ta sirli artefaktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar