100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?
Har bir odam ba’zan kelajak qanday bo’lishi haqida o’ylab qoladi, albatta. Ko’p yillardan keyin hayot qanchalik o’zgarar ekan, nimalar kashf etiladi, texnika qanchalik yangilanadi, inson turmush tarzi qanchalik yengillashadi? Hatto kelajakda qanday o’zgarishlar bo’lishi mumkinligi haqida hikoya qiluvchi fantastik janrdagi “Kelajakka qaytib” filmidagi bashoratlar haqiqatdan ham amalga osharmikan, deb qancha odam 2015 yilni kutgan edi.

Afsuski, kinoda ko’rsatilgan uchar avtovobil va skeytbordlar bizda hozircha yo’q. Demak, film ijodkorlarining kelajak haqidagi bashoratlari unchalik to’g’ri bo’lib chiqmadi. Ho’sh, bizning ajdodlarimiz kelajakni qanday tasavvur qilishgan ekan-a? Shu haqda o’ylab ko’rganmisiz? Ularning XXI asrdagi o’zgarishlar haqidagi bashoratlari to’g’ri bo’lib chiqdimi? Bu haqda ushbu maqolamizdan bilib olishingiz mumkin.

1899-1910 yillar davomida Jan Mark Kote boshchiligidagi fransuz rassomlari “Frantsiya 2000 yilda” nomli rasmlar to’plamini yaratdilar. Har bir illyustratsiya rassomning 2000 yilda hayot qanday bo’lishi haqidagi tasavvurini namoyon etardi. Ushbu rasmlarning birinchi to’plami 1900 yilda Butunjahon savdo ko’rgazmasida sotuvga qo’yilgan sigareta qutilari uchun bezak sifatida bosilib ham chiqqan. Keyinchalik bu rasmlar asosida otkritkalar ham yaratildi. Ha, rasm mualliflarining XXI asr haqidagi tasavvurlari unchalik ham to’g’ri bo’lib chiqmadi.

Bilim olishning jadal kursi. Rasm muallifi kelajakda maxsus texnika yordamida darslikdagi ma’lumotlarni o’quvchilarning ongiga singdirish mumkin bo’ladi, deb hisoblagan. Ha, rassomning tasavvuri haqiqatdan ancha yiroq.

Rassom uyni o’zi tozalaydigan mashinalar paydo bo’lishiga ishongan. Biroq rasmdagi  mashina uy tozalovchi xizmatkorning vazifasini unchalik ham yengillashtirganga o’xshamayapti.

Ha, zamonaviy qishloq xo’jaligi texnologiyasi rasmdagidan ancha ilgarilib ketgan.

Rassom evolyutsiya va tabiat qununlarini chetga surib qo’yib, kelajakda jo’jalarni monstrsifat inkubatordan chiqarish mumkin, deb tasavvur qilgan. Bir yoqdan tuxum solasiz, bir necha daqiqadan so'ng ikkinchi yoqdan jo'jalar chiqib kelaveradi. 

Rasmdagi bu uy zamonaviy g’ildirakchali uylarga o’xshab ketar ekan.

Robot-sartaroshlar barcha ishlarni o’zlari bajaradilar, shunchaki inson tarafidan boshqarib turilsa, bas.

O’zingizni avtomatlashtirilgan mashina ixtiyoriga topshirsangiz, hech qanday go’zallik salonining keragi, yo’q, shunchaki uni dastak orqali boshqarib tursangiz, bo’ldi.

Mijozning o’lchamini olib, bir zumda kostyumni bitirib, tayyor qilib beradigan mashinalar yaratilishi taxmin qilingan. 

O’zi chaladigan orkestr. Ha, iPod ularning hayolining uchiga ham kelmagan ko’rinadi.

Ushbu texnika vertolyotni eslatadi. Muallif deyarli adashmagan.

1937 yildagi “Gindenburg” dirijablining halokati bo’lmaganda, ular urfdan chiqmas edi va kelajakda rasmdagi narsalar bo’lishi mumkin edi.

Muallifning ushbu tasavvuri amalga oshmagan bo’lsa ham, aerotaksilar haqidagi hayoli yomon emas.

Uchish moslamasi bo’lgan o’t o’chiruvchilar. Ha, muallifning kelajak haqidagi tasavvuri tahsinga loyiq.

Bizning pochtachilar esa haliyam velosipedda yuradilar. Rasm muallifi hayolida ancha ilgarilab ketibdi.

Uchar politsiyachi havoda uchish qoidalarini buzgan shumtakalarni to’xtatmoqda.

Ushbu rasm muallifi texnika juda rivojlanishi haqida o’ylabdu-yu, biroq kiyimlar shunga yarasha o’zgarishi haqida o’ylab ko’rmabdi-da.

Muallifning smartfonlar haqidagi ushbu rasmi haqiqatga judayam yaqin. Kelajak haqidagi eng genial bashorat mana shu rasm bo’ladi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations