Insonlarning sodiq do’sti bo’lmish kuchuklar haqida 24 fakt
Insonlarning sodiq do’sti bo’lmish kuchuklar haqida 24 fakt
Biz har kuni bu hayvonlar bilan shaharlarimi-u uylarimizni bo’lishsak-da, lekin ular xaqida hali hamma narsani yaxshi bilmaymiz. Odamlar itlarni bir necha ming yillar avval xonakilashtirganlar va o’sha davrdan beri bu mavjudotlar bizning vafodor do’stlarimizga aylangan.

Ular nisbatan aqlli, tez o’rganuvchan, buyruqlarimizni bajarishga qodir va inson xayotining barcha jabhalarida juda foydali sheriklar bo’lib qoldilar. Tez orada itlar yana qaysi sifatlarga ega ekanligini bilib olasiz. Oldingizda odamning eng sodiq do’stlari to’g’risidagi 24 nafar eng qiziq ma’lumotlar!

Kuchukchalarning 28 ta, katta itlarning esa 42 ta tishi bo’ladi

“Dengiz mushuklari” desantchilari belgiyalik Malinua ovcharkalari bilan birga mashq qiladilar

 “Dengiz mushuklari” desantchilari belgiyalik Malinua ovcharkalari bilan birga mashq qiladilar
Ayrim harbiy harakatlarda “Dengiz mushuklari” desantchilari Belgiya ovcharkalarining xizmatlaridan foydalanadilar. Bu itlarning mashq qilish jarayonlari insonlar jumlasidan bo’lgan kursantlar o’tadigan sinovlardan zarracha kamroq bo’lmagan holda o’ta jiddiy va murakkabdir. Bu sara qo’shinlarning qattiq tanlovidan faqatgina 1% itlar o’ta oladi.
Hayvon o’z o’rgatuvchisi bilan haftasiga 15 soatdan kam bo’lmagan vaqt davomida birga bo’ladi va o’quv mashg’ulotlari paytida boshqa barcha kursantlar kabi parashyut bilan ham sakraydi.

Balog’atga etgan it ikki yoshli bolakaydan fahmsizroq emas

 Balog’atga etgan it ikki yoshli bolakaydan fahmsizroq emas
Til ko’nikmalarini rivojlantirish darajasida bo’lgan testga binoan, itlarning ko’pchiligi ikki yashar bolakayning aqliy xususiyatlari bilan taqqoslana oladigan aql-idrokka ega. O’rta toifadagi it 165 tagacha, eng aqlli turlarning vakillari esa 25 tagacha so’zlarni yodlab qolishi mumkin ekan.

Inson agar saraton yoki diabet bilan kasallangan bo’lsa itlar buni sezish qobiliyatiga ega

Itlarning o’tkir hid bilish qobiliyati xatto saraton yoki diabet kasalining alomatlarini ham aniqlash xususiyatiga ega. Bir barobarida bir necha tadqiqotlarda tajriba qilinayotgan itlar kasallikni bemorning nafas olish va peshob namunalari bo’yicha xatosiz aniqlar ekanlar. Bugungi kunda xatto egasiga uning qonidagi qand miqdori xayot uchun xavfli me’yorga yaqinlashayotganini ogohlantira oladigan xizmat itlari ham paydo bo’lgan. Va buning xammasi hidga qarab!

Yetaklovchi itlar barcha ishni egasining buyrug’iga binoangina bajarishadi

Yetaklovchi itlar barcha ishni egasining buyrug’iga binoangina bajarishadi
Barcha yetaklovchi itlar egalariga topshirilishidan avval puxta o’rgatishdan o’tadilar. Hayvonni o’rgatish dasturiga har bir ish uchun ruhsat beradigan maxsus so’zlar va so’z iboralarini o’z ichiga oladigan turli buyruqlar kiradi. Yetaklab yuruvchi itlar aynan ko’rish qobiliyati past insonlar yoki ko’rlar uchun xizmat qilgani tufayli o’z egasiga yetakchilik vazifasini o’taydi.

Itlar tug’ilganida ko’r va kar bo’lib tug’iladilar

Itlar tug’ilganida ko’r va kar bo’lib tug’iladilar
Kuchukchalar endigina tug’ilgan paytida, ularning ko’zchalari va quloq kanallari mahkam yoqiq holda bo’ladi. Ular tamomila shakllangandan so’nggina ochiladi. Bu paytgacha esa bu a’zolar mo’rt va nimjon, shuning uchun ham alohida himoyaga muhtoj.

Itlar qorong’ilikda mo’ylovlari yordamida yo’l izlashadi

Itlar qorong’ilikda mo’ylovlari yordamida yo’l izlashadi
Ma’lum bo’lishicha, itlarning mo’ylovlari ham juda muhim va foydali a’zo ekan. Ular havo oqimlaridagi o’zgarishlarni seza oladi va yaqinlashayotgan obyektning balandligi, shakli va tezligi to’g’risida qo’shimcha zarur ma’lumot kerak bo’lganida retseptor sifatida faoliyat ko’rsatadi. Bunaqa ajoyib xususiyat itlarga qorong’ilikda “ko’rish” imkoniyatini ham beradi.

1890 yilda San-Fransiskoda 2 daydi it maxsus maqomga ega bo’ldi

1890 yilda San-Fransiskoda 2 daydi it maxsus maqomga ega bo’ldi
1860-yillarda San-Fpansisko hukumati ko’chalarda g’ij-g’ij bo’lib ketgan daydi itlar bilan kurashish bo’yicha qonun ishlab chiqardi. Lekin bu qonun Bamer va Lazaрus laqabli ikki itga taaluqli emas edi – ular istagan joylarida bemalol yurishlari va maxsus xizmatlardan qo’rqmasligi mumkin edi. Bu jonivorlarni oddiygina bir sabab tufayli avf etishgan.
Gap shundaki, bu ikki it ajoyib kalamush qiruvchisi edi. 19 asrning o’rtalarida kichik kemiruvchilar San-Fransisko aholisini haddan ortiq ziyod bezovta qilardi, mutaxassilarning taxminiy xisob-kitobi bo’yicha esa Bammer va Lazarus ikkalasi qishning atigi bir oyi ichida 400 gacha kalamushni o’ldirar edilar. Mashxur ko’ppaklar shaxarning haqiqiy qahramonlari edi va xatto xotira taxtasiga ham muhrlangandi.

Moskvadagi dayti itlar metropolitenning murakkab tizimida yo’l topishni o’rganib oldilar

Moskvadagi dayti itlar metropolitenning murakkab tizimida yo’l topishni o’rganib oldilar
Rossiya poytaxtida 35 mingdan ziyod xonaki itlar mavjud va bu daydi hayvonlarning ko’pchiligi yer osti bog’lanishning xatto odamlar ham adashib qolishi mumkin bo’lgan ancha murakkab tizimida bemalol adashmay xarakatlanadi. Eng aqlli itlar metroga tushib, ularga tanish odamlar ketidan yurib A manzilidan B manziliga sayohat qiladilar.
Bundan tashqari, bu aqlli jonivorlar svetoforlar qanday va nima maqsadda ishlashini bilib olganlar, ayrim oddiy shaharliklardan farqli o’laroq, yo’lni faqat zangori rangli chiroq yonganida kesib o’tadilar. Itlarning yana bir hiylasi – Moskvadagi ko’ppaklarning ayrim to’dalari odamlar ko’proq kichkina itlarni bajonidil oziqlantirishlarini sezib qolib, razvedkaga va o’lja uchun o’z galasidagi eng kichik vakillarini jo’natadilar.

Itlar bo’ron va dovulning yaqinlashishini avvalroq sezadilar

Itlar bo’ron va dovulning yaqinlashishini avvalroq sezadilar
Itlar odatda, aynan ob-havo buzilishi bilan bog’liq bo’lgan atmosfera bosimining farqini va elektrostatik maydondagi o’zgarishlarni seza oladi. Buning ustiga, itlar momaqaldiroq guldurashini biz eshitishimizdan oldinroq eshita oladilar.

Xozirgi paytda qirilib ketgan sixdastakni burovchi it qachonlardir Yevropaning barcha oshxonalarida yashagan

Xozirgi paytda qirilib ketgan sixdastakni burovchi it qachonlardir Yevropaning barcha oshxonalarida yashagan
Sixdastakni buraydigan, oshxona ya’ni oshpazlarning iti qachonlardir Buyuk Britaniyadagi yirik qaрoрgohlar, badavlat odamlarning uylari, qasrlar va xatto traktorlardagi barcha oshxonalarning ajralmas qismi bo’lgan. Bu hayvonlardan 16 asrda yordamchi sifatida foydalanishgan. Ular bahaybat charxpalak ichida yugurib uni harakatga keltirganlar.
Charxpalak bunday “itli dvigatel” yordamida go’sht bo’lagi ilingan sixni bir maromda aylantirgan. Itlarning bu turi bugungi kunda deyarli yo’q, lekin ayrim mutaxassislar uning eng yaqin qarindoshi aynan uels korgi bo’ladi deb hisoblashadi.

It burnining izi inson barmoq izlari kabi juda o’ziga xos

It burnining izi inson barmoq izlari kabi juda o’ziga xos
Insonning barmoq izlari kabi, it burnining izi ham mutlaqo o’ziga xos va uning izi bo’yicha xatto itingizni tanib olishingiz ham mumkin. Kanadadagi kinologik klub 1938 yilda buyon xar bir hayvonni ro’yxatga olish va keyinchalik uni aniqlash uchun it burnining izini eslab qolish tizimini joriy qilgan.

Itning og’iz bo’shlig’idan taralayotgan badbo’y hid kasallikning alomati bo’lishi mumkin

Itning og’iz bo’shlig’idan taralayotgan badbo’y hid kasallikning alomati bo’lishi mumkin
Xalitoz (odam yoki hayvonning og’iz bo’shlig’idan taralayotgan badbo’y hid), - bu aksariyat hollarda stomatologik, respirator, hazm qilish muammolari yoki hatto diabetning ham alomatlari bo’lishi mumkin. Itdan albatta qo’lansa hid kelishi shart emas. Agar uning og’iz bo’lig’idan badbo’y hid kela boshlasa, uni darhol veterinarga ko’rikdan o’tish uchun olib boring.

Titanik falokatida uch nafar it omon qolgan

Titanik falokatida uch nafar it omon qolgan
Titanikning bortida itlarni tashish uchun barcha sharoitlar mavjud bo’lgan, chunki yo’lovchilarning ichida doimo o’zlarining sevimli jonivorlari bilan birga sayohat qiluvchi juda boy va nufuzli odamlar ham bo’lgan. Afsonaviy laynerning birinchi va oxirgi safaridagi reysda 12 nafar it bo’lgan, ulardan 3 nafari – 1 ta pekines va 2 ta shpits tirik qolgan.

Itlar ham insonlar kabi tush ko’radilar

Itlar ham insonlar kabi tush ko’radilar

Itlar odamlarning hissiyotlarini sezishi mumkin

Itlar odamlarning hissiyotlarini sezishi mumkin
Bu hayvonlarning hid bilish qobiliyati juda o’tkirligini bilib bo’ldik. Ulardagi hid bilish qobiliyati shu darajada o’tkirki, ular inson qo’rquv yoki havotirni kechirayotganini ham sezishlari mumkin.

Itlar panjalari bilan terlaydi

Itlar panjalari bilan terlaydi
Issiq yoz kunlarida itlar og’izlarini keng ochib olib uzun tillarini osiltirib oladilar. Biroq, ularning badanlaridagi yagona teri bezlari panjalarining ostida joylashgan. Bu hayvonlarda teri ajratish jarayoni badanini sovitish, ya’ni termoregulyatsiya bilan emas, balki panjalari sirg’anmaslik uchun ishqalanishi bilan bog’liq.

Babuinlar ba’zan itlarni olib qochadilar

Babuinlar ba’zan itlarni olib qochadilar
Faol internet foydalanuvchisi bo’lsangiz, Saudiya Arabistonining At-Taif shahrida babuin kuchukchani olib qochib, tahminlarga ko’ra uni tarbiyalovchi sifatida boqayotgani haqidagi tarqalib ketgan videorolikni ko’rgan bo’lsa kerak. Xuddi odamlar kabi! Babuinlarning bunday qiliqlari avvallari ham kuzatilgan. Ular bir birlaridan urg’ochilarini olib qochishni yaxshi ko’radi, ba’zida esa itlar ustidan egalik qilishni ham istab qoladilar.

Itlar va odamlar deyarli baravar rivojlanganlar.

Itlar va odamlar deyarli baravar rivojlanganlar.
It- insonning eng zo’r do’sti deyishadi va bu iborada aslida, siz o’ylagandan ham ko’ra ko’proq ma’no bor. Odamlar va itlar juda uzoq vaqtdar beri birga istiqomat qilishadi – dastlabki bo’rilar xonakilashtirilgan paytdan boshlab deyarli 32 ming yildan buyon. Chikago universitetilik tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, odamlar va itlarningdagi genlarning bir necha guruhlari paрalell ravishda rivojlanib borgan.
Bu ratsionga, hazm qilish tizimiga, nerv sistemasiga va ayrim kasalliklarga bog’liq bo’lgan bizning genlarimizga bog’liq.

Itning hid bilish qobiliyati insonnning shunday qobiliyatidan qay darajada o’tkirroq?

Itning hid bilish qobiliyati insonnning shunday qobiliyatidan qay darajada o’tkirroq?
Itlar juda zo’r hid bilish qobiliyatiga ega ekanligi hech kim uchun sir emas. Biroq, ayrim itlarning hid bilish qobiliyati biznikiga nisbatan 100 ming barobar o’tkirroq ekanligini hamma ham bilmaydi. Buni tasavvur ham qilish qiyin! Itning burun bo’shlig’ida 300 million hid bilish retseptorlari joylashgan, insonda esa bu ko’rsatkich bor yo’g’i 6 millionga teng.

Itlarning ko’z qovog’i uchta

 Itlarning ko’z qovog’i uchta
Odamlardagi kabi, itlarda ham ustki va ostki qovoqlar mavjud. Biroq, ularda mimetik membrana deb atalmish uchinchi qovog’i ham bor. Bu ko’z qovog’i himoya vazifasidan, moylovchi va ko’z yoshi ishlab chiqaruvchi vazifalarigacha birdaniga bir necha vazifani bajaradi. Uchinchi ko’z qovog’i shuningdek, sudralib yuruvchilar, qushlar va yana ayrim boshqa sut emizuvchilarda uchraydi.

Boshqa hayvonlardan farqli ravishda kichik itchalar o’zlarining yirik turdoshlaridan ko’ra uzoqroq umr ko’radi

Boshqa hayvonlardan farqli ravishda kichik itchalar o’zlarining yirik turdoshlaridan ko’ra uzoqroq umr ko’radi
Hayvonlar olamining o’ziga hos qonun-qoidalari bor. Ularga ko’ra, hayvonning kattaligi uning hayotining uzunligiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Biroq, itlar bu borada istisnodir. Olimlar ancha vaqtdan beri nima uchun kichikina itlar katta itlarga nisbatan uzoqroq umr ko’rishi ustida bosh qotirmoqdalar.
Ayrim tadqiqotchilarning farazlariga muvofiq katta itlar navqironlik paytida kichik itlardan ko’ra tezroq ulg’ayishi va shuning uchun ham bu keyinchalik ayrim ma’lum kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Kichik itlar o’rtacha 10 yildan 15 yilgacha umr ko’radi, kattalari esa 8 yildan 12 yilgacha.

Itlar goho makkajo’xori chipslari kabi hid tarqatadi

Itlar goho makkajo’xori chipslari kabi hid tarqatadi
Ko’plab it sohiblaringing tan olishicha, ularning itlaridan popkorn yoki makkajo’hori qalamchalarining hidi kelar emish. Ma’lum bo’lishicha, bunday kutilmagan iforning boqiluvchining ratsioniga umuman dahli yo’q bo’lib, xamma gap itlarning panjalarida yig’ilib qolgan bakteriyalarda ekan.

Zamonaviy dunyodagi xonaki itlar va bo’rilar chatishmasi

Zamonaviy dunyodagi xonaki itlar va bo’rilar chatishmasi
Bo’rilar va itlarning DNKlari hali hamon o’xshash, shuning uchun xam ular juftliklar xosil qilib, sog’lom kuchuklarning yangi nasliga xayot baxsh etishlari mumkin. Odatda bunaqa holat bo’rilar galasi o’z qatoriga oddiy daydi itlarni qabul qilganlarida ro’y beradi. Misol uchun, AQSHda mutaxassislarning baholashlariga qaraganda, o’rmonlarda va odamlarning yashash joylari atrofida xozir 300 mingga yaqin “bo’ri it” deb atalmish mavjudotlar kun kechiradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook