2100 yilda yo’qolib ketish ehtimoli baland bo’lgan 7 shahar
2100 yilda yo’qolib ketish ehtimoli baland bo’lgan 7 shahar
Yaqin kelajakda yo’q bo’lib ketish ehtimoli mavjud shaharlar ro’yhati bilan tanishing

1. San-Fransisko, AQSH

Sababi: Zilzila

Kaliforniya shtati Universiteti tadqiqotchilari 2086 yilga kelib San-Fransisko hududida Rixter shkalasi bo’yicha eng kamida 7ballga teng kuchli zilzila ro’y berishini 75 foiz ishonch bilan bashorat qilib kelmoqdalar. Bundan tashqari, San-Fransisko Amerika Qo’shma Shtatlarining aholisi soni eng tez sur’atda pasayib ketayotgan shaharlaridan biri.

Bu aholini o’ta qimmat va geografik jihatdan xavf darajasi juda baland hududdan mamlakatning ichkarisiga ko’chib o’tishiningi oqibati. Yirik halokat bu tendensiyani jadallashtrib yuborish mumkin.

Detroyt, AQSH

Detroyt, AQSH

Detroyt shahrining aholisi 1950 yilga nisbatan uchdan bir qismiga, ya’ni 950 ming kishigacha kamayib ketdi. Tahmin qilinishicha, uning aholisi juda sekin, biroq doimiy ravishda kamayib boradi. 2030 yilgacha shahardagi ishsizlik ko’rsatkichi 10% dan sal yuqoriroq bo’ladi. O’z navbatida Detroytning shahar oldi aholisi tinmay o’sib boryapti. Agar bu ko’rsatkich saqlanib qolsa, 2100 yilga kelib Detroyt tanib bo’lmas darajada o’zg’arib ketadi.

Venetsiya, Italiya

Sababi: Tuproq sathining pasayib ketishi

Kanallar shahri deyarli yarim ming yildan beri suvga cho’kib boryapti, ammo cho’kib borish tezligi keyingi asr davomida keskin oshib ketdi. Ohirgi yuz yil ichida Venetsiya 24 santimetrga suvga cho’kkan. Hukumatda shaharni dengiz sathining ko’tarilishidan himoyalash bo’yicha rejalari bor, ammo u ish beradimi yo’qmi, hech kimga noma’lum.

Mexiko, Meksika

Sababi: Ichimlik suvining yetishmasligi va tuproq sathining tushib ketishi

 

Mexiko cho’kib boryapti, okean ichiga bo’lmasa ham, biroq cho’kib boryapti. Shahar suv tashuvchi qatlamning ustida joylashgan vashu qatlam ichimlik suvi bilan ta’minlashning asosiy manbai bo’lib hizmat qiladi.Yigirma millionlik aholining har bir vakili suvni iste’mol qilgan paytida shahar jinday bo’lsa-da cho’kadi. Ayrim hisoblarga qaraganda ohirgi yuz yili ichida shaharning ayrim qismlari 9 metrgacha cho’kkan.

Aslini olganida, hammasi bundan ham battar. Tahmin qilinisha suv tashuvchi qatlam qurib bormoqda. Hozirgi paytda Mexiko tez sur’at bilan o’sib borishiga qaramay suv zahiralari kamayib boryapti va cho’kib borayotgan tuproq sathi bu o’sish surhatiga o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi.

Neapol, Italiya

Sababi: Vulqonning otilishi

Pompeyani eramizdan avval 79 yilda tamomila barbod qilgan Vezuviy vulqoni tahminan 100 yilda bir marta otiladi. U ohirgi marta 1944 yildaotilgan. Vezuviy janubiy Italiyadagi Neapol ko’rfazida joylashgan. Bu yerda to’rt milliondan ortiqroq odam yashaydi.

Bu raqam nafaqat Neapolning, balki “qizil hudud” da yashovchi yana yarim milliondan ko’proq aholini ham o’z ichiga oladi. Tahminan 500 ming kishidan ko’prog’i bevosita vulqonning yon bag’rida yashaydi. Agar ular vaqtida boshqa joyga zudlik bilan ko’chirilmasa halok bo’lish ehtimoli 100 foizga teng.

Timbuktu, Mali

Sababi: Sahrobostirib kelishi

Qumliklar hosildor yerlarga bostirib kelishi ulkan Saxara cho’lining janubida joylashgan bir qator mamlakatlar uchun eng katta muammolaridan biri. Eng katta xavf Mali davlatidagi Timbuktu shahriga tahlika tug’dirmoqda. Bu shaharning yoshi tahminan 1000 yildan ortiqroq. U o’n beshinchi va o’n oltinchi asrlarda islom ma’rifatining markazlaridan biri bo’lgan. 

Malida yerni ko’kalamzorlashtirish uchun bir necha loyihalar, masalan daraxtlar va quyuq bezak butazorlarni ekish ishlari amalga oshirilib kelmoqda, ammo shunga qaramay, shaharning ayrim qismlarining deyarli yarmi qumga to’lib bo’lgan. 

Ivanovo, Rossiya

Sababi: Aholining ko’chib ketishi

Sovet Ittifoqi davridagi to’qimachilik mahsulotlari shahri bo’lib kelgan Moskvaning shimoliy sharqida joylashgan bu oblast ma’muriy markazida hozirgi paytda tahminan 448 mingga yaqin odam yashaydi. 

Aholi soni tinmay kamayib bormoqda. Bu shaharda ayollar soni erkaklar sonidan ko’proq, tug’ilishlar soni  kamayib, o’lim soni esa aksincha, ko’payib boryapti. Ziyoli yoshlar Moskvaga ketib qolyaptilar, chunki shaharda zamonaviy sanoat korxonalari deyarli qolmadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook