Gullar haqida qiziqarli ma'lumotlar
Gullar haqida qiziqarli ma'lumotlar
Bugungi maqolamizda dunyoning go’zallik timsoli sanalmish gullar haqida gapirib o’tamiz. Marhamat ular bilan tanishing!

Dunyodagi eng kichik gulning diametri atigi 1 millimetrga teng. Sayyoradagi eng katta gul esa tropik o'simlik - Arnoldning rafflesiyasidir. Uning diametri 91 santimetr, vazni 11 kilogrammga teng.

Oq gullar mavjud emas - aslida ular rangsiz bo’ladi, ya'ni rang pigmentlari yo'q va shunchaki quyosh nurini aks ettiradi. Qora pigment ham ranglar dunyosida mavjud emas – gul  rangi to’q qizil yoki to’q binafsharangga ega bo'lishi mumkin.

Gullar kechasi o’zining urug’lari sovuq shudring bilan zararlanishining oldini olish uchun yopiladi.

Asalarilar ultrabinafsha ko'rish qobiliyati tufayli gullarni nektarli va nektarsizini ajratib olishadi.

Gulning qo’ng’iroqlari guldagi nektarni yomg'irdan himoya qilish uchun pastga egilgan bo’ladi.

Avstraliyada rizantella orhideyasi yer yuzida emas yer ostida gullaydi. Uning changlanishi asalarilar tomonidan emas, balki qo'ng'izlar tomonidan amalga oshiriladi.

Sayyoramizdagi eng qadimgi atirgul Germaniyaning Xildsxaym shahrini 1000 yildan buyon bezatib turadi.

Olimlar insonlarning gulga qanday munosabatda bo’lishiga qarab gullarning reaksiyasi o’zgarishini isbotlashgan.

Dunyodagi eng qimmat gulni taxminan 5 ming dollarga sotib olish mumkin. Bu Malayziya tog'larida o'sadigan va faqat 15 yilda bir gullaydigan oltin orxideya gulidir.

Yer yuzidagi eng baland gul Indoneziyaning g'ururi sanalmish -Amorphophallus titanumdir. U  yerdan 3 metr balandlikda ko'tariladi. Uning yer osti og’irligi- 50 kilogrammni tashkil etadi va qalinligi 5 metrga yaqin. Ushbu gigant gul o’zidan tuhumning hidiga o’xshash iforni taratadi.

Bir necha asrlar davomida lolalar hukmron sulola Usmonlilar imperiyasining ramzi bo'lgan.

Eronda lolalar o'z vatani uchun jonini fido qilib, halok bo'lgan askarlarning ramzi sifatida qabul qilinadi.

Pionalar  to'y marosimlarini bezatadigan gullar sifatida mashhurlikka erishmoqda, chunki ular omad va baxtli nikohni anglatadi.

Ilgari, yunonlar pionalarni o'nlab kasalliklarni davolashga qodir deb hisoblashgan, shu bois bu gullar uchun ular har qanday monastir bog'idan  joy ajratishgan.

Buyuk rus yozuvchisi Ivan Turgenev nargiz gulini o’zining eng sevimli guli deya atagan.

Xitoyda nargiz guli yangi yil bayramining ajralmas qismi bo’lib, kelajakdagi baxtning garovi hisoblanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook