просмотров
Amazonka suvlari sizga tirik qolishga biror bir imkoniyat qoldirmaydigan xavfli monstrlar bilan to’la. Haliyam bu yerga tashrif buyurmoqchimiz? Biz siz uchun shu daryoda istihomat qiluvchi 10 ta eng xavfli hayvonlar ro’yxatini tayyorlab qo’yganmiz.
1. Qora kayman
Bu alligatorlar olamidagi kachokdir. Eng katta turi 6 metr uzunlikni tashkil qiladi. Bu kabi mavjudotlar mangust reaktsiyasi va yo’lbars kuchiga ega. Amazonkadagi eng yirtqich bo’lib, ularning ulkan og’izlariga kimki tushsa ham,uni parcha-parchalab yuboradi.
2. Anakonda
Mahalliy suvlarda istihomat qiluvchi yana bir yirtqich - bu anakonda. Bu olamdagi eng katta ilon bo’lib, uning vazni 250 killogramga yetadi.Anakondalarning uzunliki 9 metr va diametri 30 santimetr bo’ladi. Agar bu kabi mavjudot odam atrofida o’ralsa – o’sha odam tirik qolishi amri mahol. Bu monstrlar kichik suvli joylarni yaxshi ko’rishadi, shuning uchun ko’p vaqtni daryo oqimlari tomonda suzib yurishadi.
3. Arapaima
Bu gigantlar zihrli teriga ega, va ular oldida hatto piranyalar ham kuchsizdir. Arapaimalar ancha kichik baliqlar va chumchuqlarga ov qilishadi, ammo odam go’shtini yeyishdan ham tortinmaydi. Baliqlar uzunligi 3 metrgacha va vazni 90 killogramgacha yetadi. Maxluqlar shunchalik jahldorki, ularning tillarida ham tishlari bo’ladi.
4. Brazil suvsari
Hatto suvsarlar ham bu yerda ulkan! Ushbu 2-metrli hayvonlar baliq va krablarga ov qilishadi. Ammo, kuch birlikda: to’da bo’lishib,ular Yoshi katta anakonda va hatto kaymanlarni ham o’ldirishadi. Agar bu daryo bo’rilari deb atashadigan maxluqlar uchun bu kabi kuchli hayvonlarni o’ldirishmuammo bo’lmasa, odamchalar ular uchun shunchaki ermak bo’lishi mumkin.
5. Oddiy vandelliya (brazil vampiri)
Bu kichik baliq-parazitlar bir ko’rishda umuman zararsiz ko’rinadi. Ammo, ular eng xavfli yirtqichlardan ham xavfliroqdir. Odatda baliqchalar katta baliqlar jabralariga o’z tikanlari bilan qon quyib parazitlanadi, lekin odam organizmiga ham kirishi mumkin. O’shanda ularni operatsiyasiz ichkaridan chiqarib bo’lmaydi.
Kichik turdagi vandelliyalar odam badaniga anal, vaginal va hatto penis orqali ham kirishi mumkin. Organizm ichiga kirib olib, ular Jahannam azobini berishi mumkin. Bunday og’riqni sezgan bechoralar shifokorlardan davo so’rab yolvorishadi.
Сообщения из Facebook