Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar
Ginness rekordchilari: Eng, eng, eng kichik hayvonlar
Sizlarga hayvonot olamidagi o’z turlining eng kichik vakillari to’g’risidagi ma’lumotlarni havola qilamiz. Ularning ichida haqiqatdan ham insonni taajublantiradiganlari yetarlicha.

1. Eng kichik ot

“Dyuymovochka” laqabli ot Ginness rekordlari  kitobining ma’lumotiga ko’ra dunyodagi eng kichik ot sanaladi. Uning bo’yi atigi 44,5 santimetrni, og’irligi esa 26 kilogramni tashkil etadi. Bu jonivor 2001 yilda AQSHning Missuri shtatida, Sent Luis shahrida dunyoga keldi va 2006 yilda rekordsmen unvoniga ega bo’ldi. 

“Dyuymovochka” Amerika Qo’shma Shtatlari bo’ylab turneda ishtirok etadi – bolalar bog’chalari, kasalxonalar va maktablarga olib boriladi. Haqiqiy yulduzday uning hamma narsasi doimo uning yonida – uning shahsiy yotoqxonasi va alohida ajratilgan avtomobili bor.

2. Eng kichik it

 

Mo’jiza Milli (Miracle Milly) laqabli mitti chixuaxua Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng mitti it sifatida kiritildi. Hech bo’lmaganda uning 9 santimetru 6 millimetrga teng bo’yini hisobga olinganda bu xaqiqatdan ham shunday. Millining balandligi oddiy konserva bankasidan ham kichikroq. Biroq uning egalariga buosonlik tug’dirayotgani yo’q, aksincha, bunday mittivoyni parvarishlash bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. 

Ko’pincha ularning sevimli yoqimtoyi sayr paytida o’tning ichida yo’qolib qoladi. Milli allaqachon katta yoshiga yetgan, ammo uning og’irligi atigi 400 grammni tashkil qiladi.Uni suratga olishayotgan paytda u tilini chiqarib ko’satib turishni yaxshi ko’radi. 

3. Eng kichik sigir

2014 yilning 21 iyun kuni Ginness rekordlar kitobining vakillari laqabi Manikyam (Manikyam) bo’lgan olti yoshli sigirni dunyodagi eng kichik (bo’yi past) sigir deb tan oldilar. Uning bo’yi atigi 61,1 santimetr. Manikyam 69,07 santimetr bo’lgan avvalgi rekordni ortda qoldirdi. Dunyodagi eng kichik sigir Hindistonning janubidagi Kerala shtatida, Atoli shaharchasida istiqomat qiladi. Uning egasi fermer va ekolog Manikyamni tug’ilganidan beri parvarish qiladi. 

Manikyamni barcha boshqa mollar bilan bir qatorda oziqlantirilishiga qaramay  juda ham kichik bo’lib qolaverdi. Mol egasi uning o’ziga xos noyob jihatini tushunib bu ajoyib sigirga alohida e’tibor qarata boshladi. Fermerning so’zlariga qaraganda u oilasining a’zosiga aylanib qoldi. Sigir o’z laqabiga javoban darrov o’girilib qaraydi, juda aqlli va yoqimtoy.

 Atoli shahrida Manikyam mashhur bo’lib ketdi, hamma uni mehmon qilgisi va u bilan suratga tushishni xohlaydi. Ginness rekordlari kitobida dunyodagi eng kichik bu sigir qanday tur vakili ekanligi ko’rsatilmagan, biroq uning ko’rinishicha Vejur turiningvakili bo’lishi gumon qilinib kelmoqda.

4. Eng kichik ayiq

Ayiqlar borasida shunisi qiziqki, dunyoda atigi sakkiz tur ayiqlar mavjud, ularning ichida eng kichigi esa Malay ayig’i yoki Biruang. Ularni Janubiy Xitoydan sharqiy Hindiston va Indoneziyagacha bo’lgan kattagina hududda uchratish mumkin. Malay ayig’i erkagining o’rtacha bo’yi (ular urg’ochisidan sal balandroq) tahminan 1,3 metrga teng, og’irligi esa 70 kilogramm atrofida. O’zining ihchamligi va yengil vazni, ichkariga bukilgan oyoqlariva uzun tirnoqlari tufayli Biruanglar bemalol daraxtlarda harakatlana oladi va ko’p hollarda daraxtlarning shoxlarida dam oladi. 

Ular shu bilan birga qoyalarda ham chirmashib juda yaxshi harakatlana oladi. Ayiqlarning boshqa turlaridan farqli ravishda May ayiqlarining tillari o’ta uzunligi bilan ajralib turadi. Biruanglarga uzun tili daraxtlarning chuqur yoriqlaridan hasharotlarni chiqarib olish va ari uyalaridagi asalga yetishish imkonini beradi.

5. Eng kichik maymun

Dunyodagi eng kichik maymun - Mitti o’ynoqi martishka. Uning rasmiy nomlanishi — Cebuella pygmaea. Bu mittivoylarning kattaligi 11 — 15 santimetr atrofida tebranadi, shuning uchun ham oddiy halqorasida ularni “barmoq maymunlari” deb ataladi. Ular haqiqatdan ham inson barmog’idan sal kattaroq. Boshqa maymunlardan bularning farqi dumidagi qora halqalari va tumshug’idagi maxsus belgilari – mo’ylov shaklidagi oq chiziqlarining borligi.

Dumining uzunligi martishka tanasining uzunligidan kattaroq va 17,2 – 22,9 santimetrlar atrofida. Turli jinsdagi hayvonlarning tashqi ko’rinishlarida deyarli farq yo’q, agar urg’ochilari sal kattaroq bo’lishi hisobga olinmasa!

6. Eng kichik mushuk

 

“Liliput” laqabli mushuk 2013 yilning 19 iyul kuni yangi jahon rekordini o’rnatdi. Uning balandligi 13,34 santimetr. U AQSHning Kaliforniya shtati, Napa shahrida yashaydi.

7. Eng kichik toshbaqa

Pensilvaniya toshbaqasi — juda ham qiziq mavjudot. U atigi 10 santimetr uzunlikkacha katta bo’ladi. Bu mittivoy Amerikaning sharqiy qismida istiqomat qiladi va ko’llar bilan daryolarda, shuningdek, oqova suvli quyuq o’simliklarga ega ko’rfazlarni afzal ko’radi. 

Uning “zirhli tomi” juda mukammal moslamasi -Kinosternon subrubrum harakatlanuvchi kosasiga ega. Boshi qo’ng’ir rangda, sariq chiziqlar va noto’g’ri shakldagi dog’lar bilan qoplangan. Oyoqlari bilan dumi xira qo’ng’ir rangda.

8. Eng kichik akula

Akulalarning eng kichik turlaridan biri – Janubiy Afrikaning issiq qirg’oq oldi suvlarda istiqomat qiladigan Mitti tikanak akuladir. O’zining kattaligidan tashqari (u hayoti davomida faqat 25 santimetrgacha o’sishi mumkin) u yana shunisi bilan qiziqki, barcha turlarning ichida faqat birinchi orqa qanotining oldida tikaniga ega. 

O’zining mittigina tanasiga qaramay u ko’pincha o’zidan ham uzunroq bo’lgan umurtqali baliqlar, qisqichbaqasimonlar va kalmarlarga ov qiladigan juda hiylakor yirtqich. Ammo uni uchratib qolish juda amrimahol, chunki bu akulalar suv ostidagi 200 metrdan 1200 metrgacha chuqurlikda istiqomat qiladi.

9. Eng kichik kiyik

Birinchi bor qaraganda Pudu katta, sersavlat va mardonavor kiyikka ham o’xshamaydi. To’g’ri-da! Axir bu hayvon 90 santimetr uzunlikkacha va 30-35 santimetr bo’yigacha o’sadi. Puduning og’irligi 11 kilogrammgacha bo’lishi mumkin. 

Bugungi kunda Pudular – kiyiklarning  juda kamyob turi va Xalqaro Qizil Kitobga kiritilgan. Ularni faqatgina Chilos oroliga yoki Chilining janubiga tashrif buyurib uchratib qolish mumkin. Avvallari esa bu jonivorni Ekvador, Kolumbiya,Argentina bilan Peru aholisi ko’p uchratgan.

10. Eng kichik begemot

Dunyodagi eng kichik begemot faqat Liberiya, Syerra-Leoneva Kot-d’Ivuarda istiqomat qiladi. Bu mitti begemot yoki Liberiya mitti begemoti. Mahalliy aholi ularni — nigbve yoki mve-mve deyishadi. Bu turning voyaga yetgan nusxalari bo’yiga 83 santimetrgacha, uzunligi 177 santimetrgacha o’sishi mumkin. Og’irligi esa 180 kilogramdan 275 kilogramgacha bo’lishi mumkin. 

Ma’lumot uchun – oddiy begemot, ya’ni gippopotamning og’irligi 4500 tonnagacha yetishi mumkin. Tabiiy sharoitda mitti gippopotam yo’qolib ketish xavfi ostida. Bu doimiy ravishdagi o’rmonlarning kesilib ketishi va ular istiqomat qilish hududlarining qisqarib borishi bilan bog’liq. Bu begemotlarning soni qisqarib ketishida fuqarolar urushining ham salmoqli xizmati bor. 

Hozirgi paytda bu begemotlarning soni 1000 donadan ham kamroq. Dunyoning hayvonot bog’larida bu hayvonlarning soni tabiiy sharoitda qolganlaridan ko’ra ko’proq. Bu hayvonlar tutqunlikda yaxshi ko’payadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook