Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli
Aromaterapiya: muattar islar orqali davolash usuli
Efir moylari kosmetologiya va tibbiyotda keng foydalaniladigan vosita hisoblanadi. Undan to’g’ri foydalanganda bosh og’rig’i, husnbuzar va hatto tellyulitdan halos bo’lishga yordam beradi. Unutmang faqat tabiiy efir moyigina davolovchi hususiyatga ega.

Agar siz uni do’kondan sotib olayotgan bo’lsangiz, yog’ tarkibi va qo’llanilishi haqida sotuvchidan so’rab olish yodingizdan chiqmasin. Efir moylari mahsus qora shisha butilkada saqlanib, qayerda ishlab chiqarilgani va sanasi yozilgan bo’ladi.

Lavanda efir moyi ko’p vaziyatlarda qo’l keladi. Agar siz uyqusizlikdan aziyat chekayotgan bo’lsangiz, yotishdan avval bir necha tomchi lavanda moyini yostig’ingizga tomizing. Shirin uyquga ketishingizga kafolat tayin. Lavanda zaytun yog’i va shakar bilan aralashtirilsa, teri uchun ajoyib skrab tayyor bo’ladi. Bundan tashqari, bu yog’ni kuyganda va oftob urganda ham teriga surtish mumkin.

Yorongul  (geran) – kayfiyatni ko’tarib, jismoniy faollikni kuchaytiradi. Bu efir moyini atir o’rnida ham ishlatish mumkin. Shuningdek, u allergik ta’sirga ega emas, aksariyat kishilarning terisiga mos tushadi.

Choy daraxti – kuchli antebakterial tarkibga ega efir moyi. Uzum danaklaridan tayyorlangan yog’ga 5-6 tomchi choy daraxti efir moyidan qo’shib, tumov vaqtida burunga 2-3 tomchi tomizilsa, kasallikni tezda bartaraf qiladi.

Evkalipt – tarkibi choy daraxti efir moyiga o’xshash, shu sababli undan ingalatsiya maqsadida foydalanish mumkin. Buning uchun bir necha tomchisi salfetkaga tomizilib hidlanadi.

Ilang-ilang– ayollar gormonal yog’lari tarkibiga kiruvchi efir moyi. Ushbu yog’dan 7-8tomchisini sut yoki qaymoqqa qo’shib ( taxminan 50 gr) tayyor massa vannaga solinsa, teri tonusini oshirishda juda foydali bo’ladi.

Limon-huddi asperin kabi ta’sirga ega. Limon moyidan barmoq uchiga bir necha tomchi tomizilib, massaj qilinsa, og’riqni tezda bartaraf etadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook