Bahor faslida tashrif buyurish kerak bo‘lgan Fransiyaning betakror manzillari
Odamlar orasida Fransiyaning haqiqiy turistik markaz boʻlgani bilan bu yerdagi insonlarning haddan tashqari koʻp ekanligi dam olishga xalal berishi haqidagi gaplar yuradi. Haqiqatan ham Parij Eyfeli yoki Yelisey maydonida bir oʻzingiz sayr qilgancha tabiat,goʻzallik va tarix ilk yolgʻiz qolishingiz dargumon.

Sababi ushbu turistik markazlarda odam degani siz oʻylaganingizdan ham koʻproq. Ammo ushbu mamlakat hamisha sayohat qilish uchun mukammal joylardan biri boʻlgan va shunday boʻladi ham.


Romantik muhit va bahor faslini sayohatlarsiz tasavvur qilib boʻlar ekanmi? Imkoningiz topa olsangiz hayotingizda bir marta boʻlsa ham bahor faslida Fransiyaga tashrif buyuring. Bu yerda sizga mazkur fasl goʻzalliklarini toʻliq koʻrsatib bera oladigan joylar juda koʻp.

Vale de la Luar

Vale de la Luar

Agar fransuz tarixi va arxitektura asarlari shaydosi boʻlsangiz Vale de Luar vodiysi sizga muntazir. Luar hududida mashhur fransuz saroylari - Shenonso, Klo-Lyuse, Sheverni, Villandrilar joylashgan. Ular esa bahor faslida har doimgidan ham koʻproq chiroyli koʻrinadi.

Gullar ogʻushida sayr qilish niyatida boʻlsangiz, Shenonso qasriga borishni tavsiya qilamiz. Shambor saroyi esa boshqa saroylardan butunlay ajralib turadi. Buning sababi binoni qurish uchun Leonardo da Vinchining ham hissasi qoʻshilgani bilan bogʻliq.

Sen-Malo, Bretan

Bretan - Fransiyaning shimoli-gʻarbiy qismi boʻlib, bu yerdagi manzaralar haqiqatan aqlingizni shoshirib qoʻyadi: qoyalar, tosh daralar, adirlar, gulzorlar tabiat bilan yolgʻiz qolishingiz uchun ayni muddaodir. Zumrad qirgʻoqda esa afsonaviy Sen-Malo shahri joylashgan boʻlib, bu yerda qaroqchilarga doir koʻplab afsonalar yaratilgan.

Shaharjuda chiroyli koʻrinishga ega, hududda koʻplab muzey va tarixiy inshootlar joylashgan. Shu sababli ham Sen-Maloga kelgan paytda zerikishga vaqt topa olmaysiz. Agar shunga dam zeriksangiz bu yerdan Dinar kurortiga yoʻl olasiz: mazkur kurort Sen-Maloga juda yaqin joylashgan, uning plyajlari esa “Bretan plyajlari qiroli” degan nomga sazovor boʻlgan.

Bordo, Yangi Akvitaniya

Ushbu tarixiy hudud odamlari halichaga “Yuzyillik urush” haqida yodga olib yashaydilar. Ammo Bordo sayyohlar sevgan eng mashhur maskanlardan biri hamdir. Aytishlaricha, mushketyorlardan biri dʼArtanyan aynan Bordolik boʻlgan ekan. Tun paytida Gargonna daryosi juda chiroyli koʻrinadi, shu sababli sayohat avvalidan fotoapparatingizni tayyorlab olish yoddan chiqmasin.

Parij

Balki Fransiyada romantik onlarni Parijning odam koʻp joylarida his qilish mumkin emas degan fikrdadirsiz, biroq mamlakatning asl hashamati aynan shu yerda namoyon boʻladi. Gap shundaki, Parij mehmonxonalari ancha vaqtlardan beri oʻzining takrorlanmas uslubi bilan tillarga tushgan. The Hotel Plaza Athénée mehmonxonasi esa ularning barchasidan ajralib turadi va haqiqiy lyuks xizmatlarini taqdim qiladi.

Provans - Alp - Havorang sohil

Provansni Fransiyaning yuragi deb ataydilar. Eks-an-Provans shahri Sent-Viktuar togʻi yonida joylashgan boʻlib, bahor faslida juda ham chiroyli boʻlib ketadi. Hududdagi qishloqlar koʻpchilikning sevimli maskaniga aylangan, favvoralar esa uning goʻzalligini yuz karra oshiradi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations