просмотров
1. Tarix ichra ma’lumu mashhur tovlamachilardan biri - graf Kaliostro. U barchani o‘zining 1800 yoshda ekanligiga ishontirgan va buning sababi mo’jizakor eliksirdaligini aytgan. Graf Kaliostro o‘zining «yoshlik eliksiri» uchun g’oyat katta miqdorda pullar olgan va o‘limi oldidan yolg'onini tan olgan.
2. Politsiya va boshqa tegishli xizmat mutaxassislarining tasdiqlashicha, Parijdagi Luvr muzeyi qisman yoki butunlay 18 marotaba sotilgan. Sankt-Peterburgdagi mashhur Ermitaj ham kamida 4 marta «sotilgan» yoki «ijaraga berilgan».
3. O’rdak eng ommalashgan mamlakat - Xitoy. Ushbu o‘lkada har yili 2 millionga yaqin o‘rdak yetishtiriladiki, bu dunyo bo‘yicha ishlab chiqarishning 4/3 qismi demakdir. Lotin Amerikasida esa o‘rdak tanovul uchun umuman ishlatilmaydi.
4. Dunyo bo‘yicha o‘rdaklarning 110 dan ziyod turli zoti mavjud.
5. O’rdakning g’a-g’alashi aks sado bermaydi.
6. O’rdak o‘ljasini quvlayotganda 5-6 metr chuqurlikkacha suvga sho‘ng’iy oladi.
7. O’rdaklarning faqat modalarigina qaqillaydi. Nar o‘rdaklar esa qaqillay olishmaydi.
8. O’rdak bolalari haqiqatan ham tuxumdan chiqishi bilan ko‘rgan birinchi jonzodini o‘z onasi sifatida qabul qiladi.
9. Ayrim o‘rdaklar bir kunda 500 kilometrgacha parvoz qilishga qodir. O’rdakning paydo bo‘lganligi to‘g’risida rasman qayd etilgan balandlik - 9 kilometr. Bu hol o‘rdak AQSh samolyoti bilan to‘qnashib ketganida aniqlangan.
10. 1992 yili savdo kemasidan deyarli 30 ming o‘yinchoq o‘rdakchalar joylangan konteynerlar okeanga tushib ketgan. Ushbu plastmassa o‘rdakchalar keyinchalik butun dunyo bo‘ylab topildi va bu hol okeanograflarga katta oqimlarni o‘rganishda yordam berdi.
1. XX asr boshlariga qadar tuz Abissiniyada (hozirgi Efiopiya) asosiy pul birligi bo‘lib kelgan.
2. Boliviyada Salar de Uyuni deb ataluvchi qurib qolgan va dunyodagi eng katta (maydoni 4000kv. mil) sho‘r ko‘l bor. Uning suvi yuqori chiqqanda shunchalik tiniqlashadiki, aynan shu aks ettirish qobiliyati bois koinotdagi ilmiy asbob-uskunalarni kalibrlashda ko‘ldan foydalaniladi. Mazkur ko‘l dunyo bo‘yicha litiy ishlab chiqarilishining yarmini ta’minlaydi.
3. Tuz inson organizmi uchun nihoyatda muhim. Agar inson g’oyatda ko‘p miqdorda suv ichsa, u tuzni yuvib chiqarishi va oqibatda inson letal giponatriyemiya tufayli o‘lishi mumkin.
4. Natriy xlorid, ya’ni tuz metallik natriyning gazsimon xlor bilan o‘zaro ta’siri tufayli hosil bo‘ladi. Ushbu modda o‘ziga o‘xshash unsurlar ichida odamlar tomonidan muntazam iste’mol qilinadigan yagona moddadir.
5. Dunyo bo‘ylab ishlab chiqariladigan tuzning faqat 6 foizi oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi. Uning 17 foizi esa muzlagan yo‘llar va ko‘chalarni tozalash uchun qo‘llaniladi.
6. Dengiz tuzi yaxshi sifatli bo‘lgan taqdirda organizm uchun oddiy tuzdan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi. Dengiz tuzining yana bir ajoyib xususiyati shuki, u organizmda suyuqlikni ushlab qolmaydi va shu bois ozishni istaganlar uchun juda foydali.
7. 27 yoshli Nazir Sobxani sartarosh bo‘lib ishlaydi. Xaftaning 6 kuni davomida u salonda odamlarga xizmat ko‘rsatadi, yettinchi kuni esa Melburn ko‘chalariga chiqib, uysizlarga tekinga xizmat ko‘rsatib, soch-soqolini olib qo‘yadi.
8. Avstraliyalik o‘qituvchi Bri Dredj o‘z hatti-harakati bilan odamlarni hayratda qoldirdi. «Qanday qilib millioner bo‘lish mumkin» o‘yiniga o‘xshash teleshouda u 20 ming avstraliya dollari miqdorida yutuq yutib oldi va butun yutug’ini o‘zi ishlaydigan maktabdagi barcha o‘quvchilar uchun yangi poyafzal xarid qilishga sarfladi.
9. Moskvaning «Spartak» jamoasi ishqibozi Otto Fisher 102 yoshga kirgan bo‘lib, kunlardan birida uning kvartirasiga noma’lum erkak davlat xizmatchisi sifatida kirib kelib, otaxonning barcha mablag’larini o‘marib ketdi. «Spartak» futbolchilari bu to‘g’risida xabar topgach, keksa ishqibozga 500 ming rubl yig’ib berishdi.
10. Zaharlar o‘z ta’siriga ko‘ra 12 toifaga ajratiladi. Gematik zaharlar qonga, neyrotoksinlari esa asab tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Protoplazmatik zaharlar esa hujayralar doirasida harakatlanadi.
1. Janubiy Amerika hindulari tomonidan qo‘llaniluvchi kurare zahari g’oyatda kuchli zaharlilikka ega. Ilon zahridan 12 ming barobar kuchli ushbu zahardan parranda 2-3 daqiqadan, yirikroq hayvon esa 10-12 daqiqadan so‘ng halok bo‘ladi.
2. Qadim Pont davlati shohi Mitridat VI ziyofatda noma’lum kishilar tomonidan zaharlanib o‘ldirilgan edi. Uning o‘rniga taxtga o‘tirgan Mitridat VI zaharlanishdan saqlanish va ularga qarshi immunitet paydo qilish uchun yoshligidan kichik me’yorlarda turli zaharlarni qabul qila boshlagan. Keksaygan shoh qo‘zg’olonchilar tomonidan asir qilinishi xavfi tug’ilganida o‘zini zaharlab o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Biroq, kutilganidek, Mitridat VI ga hech qanday zahar ta’sir qilmadi. Oqibatda shoh o‘z tansoqchisidan qilich bilan o‘zini o‘ldirishini iltimos qildi.
3. Zaharli ilonlarni xush ko‘radigan jonivorlardan biri Janubiy Amerikada yashovchi opossumlardir. Ularga zahar hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Olimlar opossumlar qonidagi zaharlarga qarshi kurashadigan oqsil hujayrasini aniqlashdi.O’tkazilgan tajribalarda ushbu hujayra hatto Osiyo va Avstraliya ilonlari zahrini ham zararsizlantirdi. Olimlarda ushbu hujayra asosida inson uchun zaharga qarshi universal vosita yaratish umidi paydo bo‘lgan.
4. 18 yoshli hindistonlik talaba Jioti Amge eng kichkina ayol sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning bo‘yi 62,8 sm ni tashkil etadi. Eng kichkina erkak esa nepallik 72 yoshli Chandra Baxadur Dangi, uning bo‘yibor-yo‘g'i 54.6 sm ni tashkil etadi.
5. Rossiyaning Arxangelsk shahrida tosh ko‘tarish bo‘yicha konfederatsiyalar o‘rtasidagi jahon chempionatida dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan polvonlari o‘rtasidagi musobaqada yurtimiz vakili Muhtaram Aliyeva ham ishtirok etib jahon chempioni bo‘ldi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, 60 kilogramm vaznda M. Aliyeva tosh ko‘tarish bo‘yicha musobaqada eng yuqori natija ko‘rsatgan. Bu natija uning “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilishi uchun yetarli bo‘lgan va ekspertlar bu rekordni qayd etishgan.
6. DubaydagiYangi yil mushakbozligi Ginness rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta va enguzoq davom etgan deb kiritildi. Rekord rasmiy ravishda Dubayda Ginnessrekordlar kitobi vakillari orqali ro‘yxatga olindi. Shunday qilib Dubay2012-yilda Quvaytda o‘rnatilgan rekorddan o‘tib olish muvaffaqiyatiga egabo‘ldi.
7. Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi.
8. Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.
9. Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin.
10. Nil daryosida timsohlar tufayli har yili 1000 dan ortiq inson halok bo‘ladi.
1. Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo‘ladi.
2. Eng katta qurbaqa - Golliaf qurbaqasi uning uzunligi 30 sm, og'irligi esa 3.5 kgni tashkil qiladi.
3. Sumatra balig'i eng uzoqqa uchuvchi baliq hisoblanadi, u 12 metr balandlikda 400 metrgacha uchib boradi.
4. Kalimantan orolida joylashgan Bug'u g'ori eng katta g'or hisoblanadi, uning kattaligi 16 futbol maydoniga teng.
5. Sherlar galasida o‘ljaning 90%ini urg'ochi sherlar topib keladi.
6. Yalqov (hayvon) umrining 75%ini uyquda o‘tkazadi.
7. Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan "Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi g'alati hayvon nima?" deb so‘rashgan, ular yesa "Kenguru"deya javob berishgan. Bu so‘z "Tushunmaymiz" degan ma’noni anglatadi.
8. O'txo‘r hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo‘li: yirtqichlarda ko‘zlar o‘z qurbonini ko‘rish uchun yuzning old tomonida, o‘txo‘rlarda esa yuzining ikki chetida o‘z dushmanlarini ko‘rish uchun joylashgan bo‘ladi.
9. Ko‘rshapalak ucha oladigan yagona sut emizuvchi jonivor.
10. Asalari 1 kilogramm asal yig'ish uchun 2 milliondan ortiq gulga qo‘nishi kerak.
1. So‘nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.
2. Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.
3. Shimpanzelar o‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
4. Afrikadagi ba’zi qabilalarning tilida "orangutang" so‘zi "junglidan kelgan odam" ma’nosini beradi.
5. Odam va fillar - boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.
6. Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho‘ng'ish uchun og'ir toshlarni yutib yuboradi.
7. Qutbayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi.
8. Dastlab Avstraliyaning 50 sentlik tangasi 2 dollarlik kumushdan quyilgan
9. Angliya kutubxonalarida eng ko‘p o‘g'irlanadigan kitob "Ginnessning rekordlari kitobi".
10. Sahroi Kabirda bir martagina - 1978 yilning 18 fevralida qor yoqqan.
1. 1983 yil davomida birorta ham odam tug'ilmagan davlat - Vatikan.
2. Nil daryosi ikki marta - IIX va XII asrlarda muzlagan.
3. Aholisi eng ko‘p mamlakatlarga Xitoy (1,5 milliard kishi), Hindiston (1,2 milliard), AQSh (298 million) kiradi. Ular ortidan Indoneziya, Braziliya, Rossiya,Yaponiya, Nigeriya quvib ketishyapti. Hozir 126 million aholi yashayotgan Nigeriyada yana qirq yildan so‘ng bu raqam 300 million kishiga yetadi.
4. 1960 yili dunyodagi har to‘rt kishining biri xitoylik edi, hozir taqriban har beshinchisi, 2050 yilga borib har yetti kishining biri xitoylik bo‘ladi. 2050 yilda bu borada Hindiston peshqadamlikni egallaydi va uning aholisi 1,4 milliard kishiga yetadi. Hozir bu yerda yiliga 29 milliondan ortiq bola tug‘ilyapti.
5. 1772 yili Rossiya aholisi bor-yo'g'i 6,4 million kishi edi, shundan 2,3 foizigina shaharlarda yashagan.
6. Oshqozon orqali bir yilda o‘rtacha 730 ming kaloriya o‘tadi.
7. Qo‘l tirnoqlari yiliga 50 mm gacha, oyoq tirnoqlari shuning yarmicha o‘sadi. Sochlari esa oyiga taxminan 12 mm.gacha uzayadi.
8. Qo‘l tirnoqlari o‘sib ketganida ular ostida turli kasallik tarqatuvchi 2 milliondan ortiq mikrob to‘planishi mumkin.
9. Buyraklar bir yilda yetti yuz litr suvni filtrlab o‘tkazadi.
10.Teri har yili uch marta yangilanadi. Inson terisi 20.000 kv. sm joyni egallaydi.
1. Sog'lom kishining boshidan bir kunda 70-80 tola soch to‘kilib, yana shunchasi o‘sib chiqadi.
2. Eng pakana ayol misrlik Gilari Ajiba bo‘lib, uning bo‘yi 38 sm. edi, u oltmish yil umr ko‘rgan
3. Chaqaloq yig'i paytida yuz detsibel shovqin chiqaradi, bu elektr parma shovqiniga teng.
4. Odam bolasining eng ezma payti to‘rt yoshgacha bo‘lgan davridir, bola bu davrda kun davomida 12 ming so‘zni talaffuz qiladi, ammo shundan atigi 900 tasini tushunadi.
5. Ma’lum bo‘lishicha, hamisha nimadandir shubhalanib yuradigan kishilar hayotlarini o‘n besh yilga qisqartirishar ekan.
6. Bo‘ydoqlarning uylanganlarga nisbatan 7 baravar tezroq jinnixonaga tushish ehtimoli bor ekan.
7. Jahonda hozir eng novcha odam Turkiya fuqarosi Sulton Kosandir, uning bo‘yi 2,47 metr. Sobiq rekordchi ukrainalik Leonid Starnikning bo‘yi 2,57 metr edi.
8. Eng novcha ayol (2,1 metr) Riganing sobiq "TTT" jamoasi basketbolchisi Ulyana Semyonova hisoblansa-da, farang ayol Mariana Vodening bo‘yi unikidan kam emas, naq 2 metr 55 sm.
9. Eng novcha juftlik hindistonlik er-xotin Kulkarlar hisoblanishadi. Oila boshlig'ining bo‘yi 2,38 metr, ayoliniki 2,08 metr bo‘lgan.
10.Odam uyqu paytida o‘rtacha 453 gramm vaznini yo‘qotadi.
1. AQShning Illinoys shtatilik Robert Vedlouning bo‘yi yil sayin o‘sib borgan. Robertning bo‘yi besh yoshida 1,63 metr, o‘n yoshida 1,92 metr, o‘limidan sal oldin, ya’ni 1940 yil iyuniga kelib 2,72 metrga yetgan.
2. Hozirgi kunda yapon go‘zali Xiroko Yamasaki haqli ravishda eng novcha ayol sanaladi,uning bo‘yi 2,60 metr.
3. Novocherkassk (Rossiya)da yashovchi Yelizaveta Liskoning o‘n yetti yoshida bo‘yi 2,27 metr, og'irligi 132 kilo bo‘lgan.
4. Eng og'ir ayol Merilend shahri (AQSh)da yashovchi qora tanli xonim Flyura Mey Jekson 381 kilo tosh bosgan.
5. Moskva yaqinidagi Serpuxovo shaharchasida yashovchi 33 yoshli Lidiya Nikolayevna Ribakova MDHdagi eng semiz ayol sanaladi. U qirq sakkiz yo‘lovchi tushgan avtobusni o‘rnidan jildiradi, 900 kiloli shtangani yerdan uza olad
6. Dunyoda eng yengil erkak ingliz Xoukinedir, o‘n yetti yoshida u bor-yo‘g'i 5,44 kilo tosh bosgan.
7. 1739 yili Polshada tug'ilgan Yozef Boruslavskiyni dunyoda eng mitti odam deb hisoblashadi. Tug'ilganida uning bo‘yi 20 santimetrga yetar-yetmas edi.
8. Dunyoda eng yengil ayol o‘n to‘qqizinchi asrning ikkinchi yarmida Meksikada yashagan Lyuchiya Zarate bo‘lib, u o‘n yetti yoshida 67 sm bo‘yga, 2,2 kilo vaznga ega bo‘lgan. Bu mitti ayol vazni yigirmaga kirganida 5,9 kiloga yetdi.
9. Krasnoyarsk shahrida Rossiyaning eng "polvon" ayoli - 54 yoshli Valentina Matveyeva bir necha yil oldin vafot etgandi. Uning vazni roppa-rosa 450 kilo bo‘lgan.
10.Tongo (Afrikada) qiroli dunyodagi eng baqaloq podshohlardan sanaladi, uning vazni 210 kilo atrofida.
1. Birdaniga ko‘p tug'ish hodisasi Braziliyada qayd etilgan. 1946 yil 22 aprelda bir ayol birdaniga 10 bola (2 o‘g'il, 8 qiz) tuqqan. O'ntadan bola tug'ilgani haqidagi xabarlar 1924 yili Ispaniyadan, 1936 yili Xitoydan ham olingan.
2. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, egizaklar tug'ilishi bo‘yicha Afrika qit’asi birinchi o‘rinda turadi. Dunyoda tug'iladigan jami egizaklarning 52 foizi "qora qit’a" hissasiga to‘ri keladi. Ammo qit’ada dunyo aholisining 13 foizigina yashaydi.
3. Fransiyaning Orlean shahridagi markaziy tug'ruqxonada o‘n yetti yoshli Kolett Bujon ismli farang ayoli naq 16 kiloli chaqaloq tug'di. Go‘dak jarrohlik yordamida dunyoga keldi.
4. Dunyoning turli mintaqalarida uzoq umr ko‘rgan kishilar haqidagi ma’lumotlar ham qiziqarli. Masalan, Dog'istonda yashovchi G‘ofir Irisxonov yaqinda 134 yoshga to‘ldi. G‘ofirboboning sakkiz nafar ukasi va singlisi ham yuz yoshdan oshgan, bari hozirda hayot. Qariyaning bir yuz yigirma nevara-chevarasi bor.
5. Saudiya Arabistonida yashovchi dehqon Abdulloh al-Qattoniy 110 yoshga to‘lganida uchinchi marta uylandi. Kelin "endigina" 55 yoshga kirgan. Abdullohning oldingi ikki xotinidan 70 ta farzandi va nevara-chavaralari bor.
6. 2001 yili Misrdagi eng keksa ayol Amina Xossabo 137 yoshida vafot etgan.
7. 2008 yili o‘tkazilgan pasport almashtirish jarayonida sayyoramizning eng keksa onaxonlaridan biri Falastinning Qisr-Zarka qishlog'ida yashayotgani ma’lum bo‘ldi. Maryam Ommash ismli bu momo 120 yoshga kirgan, uning o‘n bir farzandidan 120 nevara, 250 evara va 20 chevarasi bor.
8. Ko‘p nikohdan o‘tishda AQShning Kaliforniya shtatidagi Blit shahrida yashovchi ruhoniy Glin Vulfga yetadiganini topish qiyin. 1908 yilning 25 iyulida tug'ilgan bu otaxon jami 27 marta uylangan. Hayotidagi ilk nikohni u 19 yoshida, ya’ni 1927 yili o‘qitgan. Kenja xotini filippinlik Deyzi Delgodoni (1970 yili tug'ilgan) Vulf yaqindagina nikohiga oldi. Aytishlaricha, u yigirma yetti nikohdan jami 41 nafar farzand ko‘rgan.
9. Ayollar o‘rtasida turmushga chiqish bo‘yicha rekordchi sifatida AQShning Indiana shtatidagi Anderson shahrida yashovchi Linda Lu Esseksga yetadigani yo‘q. U jami 21 marta turmushga chiqqan. 1957 yildan buyon esa o‘n besh erni almashtirgan. Oxirgi eri bilan 1988 yili ajrashdi.
10. Dunyodagi eng keksa kelin-kuyov ham AQSh fuqarolari Telma Lukas va Garri Stivenslardir. Garri bobo 84 yoshli Lukas xonimni nikohiga olganida 103 yoshni urib qo‘ygandi. Ularning nikoh to‘ylari 1984 yil 3 dekabr kuni Viskonsin shtatidagi "Karavella" qariyalar uyida bo‘ldi.
1. Xitoyda uylanmagan erkaklar turmushga chiqmagan ayollardan 15 baravar ko‘p.
2. Angliyava Uelsda keyingi o‘ttiz yil ichida erkaklarning uylanish yoshi o‘rtacha 23 dan 30 yoshga uzaydi.
3. Keniya dunyoda eng ko‘p bola tug'ilayotgan mamlakat sanaladi.
4. Serfarzandlikda Marokash sultoni Ismoil Mavloning oldiga tushadigan hozirgacha topilmadi. 1640- 1727 yillari yashagan sultonning jami 888 farzandi bo‘lgan. Saroy odatiga ko‘ra u o‘g'il ko‘rgan xotiniga oltin ustara, qiz ko‘rganiga kumush ko‘zgu hadya qilgan. Hukmdorning 548 o‘g'li va 340 qizi bo‘lgan.
5. Chililik Leontina Espozito yetti karra «Qahramon ona» sanaladi. Chunki oltmish uch yoshli bu ayolning 73 farzandi bor. U 16 marta bittadan, 12 marta ikkitadan, 11 marta uchtadan bola tuqqan.
6. Olmoniyada serfarzandlilikda 1504 yili vafot etgan Barbara Shlyutserga teng keladigani bo‘lmagan. Uning jami 53 farzandi - 38 o‘g'li va 15 qizi bo‘lgan. Keyinchalik birinchilikni undan avstriyalik Sheynberg xonim ilib ketdi, uning farzandlari naq 69 ta edi.
7. Zimbabve fuqarosi Tuma Nzu Makaza esa 136 farzandning otasi. "Qahramon ota" 24 marta uylangan.
8. Kolumbiyalik Marta Artunduaga 7 yoshida dunyodagi eng yosh ona bo‘ldi. Tug'ruqxona xodimlari unga bolalar aravachasi va sigir sotib olishga pul yig'ib berishdi.
9. Insonlarning aql-idrok, zakovat va xotira kuchi bo‘yicha salohiyatlarini o‘rgangan mutaxassislar hayratlanarli hodisalarga duch kelishgan: Sinxua axborot sho‘basi xabariga ko‘ra, xitoylik 26 yoshli Xu Yan Lin ismli yigit Xarbin shahridagi o‘n besh ming xonadonning telefon raqamlarini yoddan aytib bera oladi.
10.Yaponiyaning Iokogama shahrilik Xideoki Tomoyori (1932 yili tug'ilgan) 17 soatu 21 daqiqa ichida P sanog'ining 40 ming belgisini yoddan aytib bera oladi.
1. Hukmdorlardan Yuliy Sezar va Makedoniyalik Iskandar 30 ming nafar askarini tanir va ismini bexato aytib bera olardi.
2. Iqtidor Husayn Kuadrining xotirasi ham barchani hayratga soladi. U 1501 yildan hozirgi kunimizgacha bo‘lgan barcha tarixiy voqealarning yili, oyi, kunigacha, o‘tgan barcha ulug' shaxslarning tug'ilgan sanalari, oy-kunlarigacha bexato aytib bera oladi.
3. «GINNES REKORDLAR KITOBI»ning ilk nashri 1955 yili chop etilgan bo‘lib, deyarli birdaniga bestseller bo‘lib ketgandi. Bugungi kunda kitob dunyoning 100 dan ziyod mamlakatida 23 ta tilda chop etiladi.
4. Aviakompaniyalar tomonidan taqdim qilinadigan dunyodagi eng qisqa reys — bu ikki Orkneym orollari orasidagi Shotlandiyadan shimolga: Vestrey va Ota Vestrey parvozi hisoblanadi. Samolyot orqali parvoz 2,5 kilometrdan sal oshiqroq masofa bo‘lib, 2 daqiqa davom etadi. Turgan joydan samolyotning parvoz qilishini kuzatishingiz mumkin—samolyotning parvozi yaqqol ko‘rinib turadi.
5. Dunyodagi eng uzoq reys Changi xalqaro aeroportidan Nyuark Liberti aeroportigacha hisoblanadi. Bu ikki nuqta oralig‘idagi masofa — 15000 kilometrdan ko‘proq bo‘lib, samolyotda uchib borish uchun 18,5 soat vaqt ketadi. Hozirgi kunda Singapore Airlines aviakompaniyasi ushbu masofani 17 soatga qisqartishiga umid qilmoqda.
6. Biologlarning ko‘rsatishicha, chumoli bilan boshqarishni va ularga o‘lim joyini tayinlashni qo‘ziqorinlar bajarar ekan. Endi olimlar chumolilarni qaysi joyda va qanday holatda o‘lishini ta’minlaydigan qo‘ziqorinlarning molekulyar mexanizmi va ularning genlarini o‘rganish bilan ovora.
7. Pensilvaniya Universitetidan (Penn State University) Devid Xyudjs (David P. Hughes) boshchiligidagi zoologlar, entomologlar (hashoratshunoslar) va mikologlar (qo‘ziqorin olimlari) bilan birgalikda yog'och qurti - chumoli - Camponotusni o‘rganib chiqishmoqda. Aynan shu chumolilar turi eng mehnatsevar va beziyon bo‘g'imoyoqlilar bo‘lib, o‘zlariga mayda daraxt bo‘laklarni yig'adiganlardandir.
8. «Oila muhabbati» sonlar bilan ifodalanishi mumkin. Ikki katta va ikki kichkina insonlardan tashkil topgan oila yiliga 1300 kilovatt/soat issiqlik energiyasini ishlab chiqaradi.
9. Arxeologlar tomonidan topilgan eng qadimgi bola o‘yinchog'ining sanasi — 3000 yil. U qadimgi Eron yerida topilgan bo‘lib, hozirgi kunda Luvrda saqlanadi.
10.Yevropa standarti bo‘yicha, baxmaldan tikilgan ayiqchaning boshi uni uzib tashlashga harakat qilgan bolalarning kuchiga 10 kilogramgacha bardosh bera olishligi kerak.
1. 1947 yildan beri bugungi kunga qadar “Lego” firmasi shunchalik ko‘p bolalar uchun plastamassa konstruktsiyalarini ishlab chiqarishganki, Yer yuzining har bir insoniga 30 ta qismdan to‘g'ri keladi.
2. Eng zamonaviy bolalar, nemis bolalari ekan: 40% to‘qqiz yarim yoshdagilari o‘zlarining ikkinchi telefonlarini «ishlatib tashlashmoqda».
3. Angliya qiroli Genrix VI o‘zini shapaloqlashga ruxsat bergan va shu maqsadda o‘ziga enaga olgan. U taxtga 1422 yil 1sentyabrda 9 oylik yoshida o‘tirgan. Uning birinchi qirollik buyrug'i (o‘zining katta barmoq izi bilan muhrlab tasdiqlagan) shu haqida bo‘lib, “Alisa Betler bizning enagamiz va vaqt- soati bilan oqilona jazolab tursin” deb buyruq qabul qilgan.
4. Dunyodagi eng yirik varrak maydoni 680 metr kv. Uni 1999 yilda Angliyada uchirishgan.
5. Eng qari yumshoq ayiqcha, uning chap oyog'iga tikib qo‘yilgan tamg'aga ko‘ra, 1894 yilda ishlab chiqarilgan. U haligacha bir oilaning ichida, nasldan naslga berilmoqda.
6. Yumshoq ayiqcha - sayyohatchi Avstraliya pochta xizmati federatsiyasining xatosi tufayli pochta jo‘natmasida 329 ming km yurdi. U besh marta Avstraliyaga qaytgan, 2 marta Meksikaga bordi, butun AQSh bo‘ylab aylanib chiqdi va o‘z manziliga, yuborilganidan so‘ng 3 yil o‘tgach, yetib bordi.
7. Elton Jonning sevimli o‘yinchog'i - yaltiroq yulduzlar bilan bezatilgan, yo-yo. Uning bir tomonida masxaraboz rasmi, ikkinchi tomonida xitoy tilida yozilgan tilaklar bor.
8. Baravariga eng ko‘p qo‘g'irchoqlaridan foydalanilganligi bilan Disneyning “Sher Qirol” sahna asari ajralgan. Unda 215 ta qo‘g'irchoq, shu jumladan yassi tayoqchali va tabiiy kattalikdagi o‘yinchoqlar bo‘lgan.
9. BAA fuqarosi Suxeyl Zaruniga tegishli bo‘lgan, dunyodagi avtomobil rusumlarining eng katta kollektsiyasi deyarli 2 ming nusxadan iborat. Ular orasida -qirolicha Yelizaveta va Rim Papasi mashinalarining g'aroyib nusxalari, shuningdek, o‘z o‘limi kunida yurgan Kennedi avtomobili ham bor.
10.Bill Geytsning qizi - Jennifer Ketrinning eng yaxshi texnik ta’minlangan o‘yinchoq deb tan olingan, pedalli mashinasi bor edi: u navigatsiya tizimi, o‘tirish joyi balandligining sozlagichi, yaqin va uzoq yorug'lik faralari, xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangandi.
1. Eng qimmat Mikki-Maus 1939 yilda chiqarilgan. Bu Mikki - eski ko‘rinishida bo‘lib, uning qo‘llari yana ham uzunroq, chehrasi boshqacha hamda quloqlari ham o‘zgacha joylashtirilgan. 1998 yilda Kristis kim- oshdi savdosida u 83 ming 650 dollarga sotib olindi.
2. Chaqaloq tug'ilganida 300 ga yaqin suyaklar mavjud bo‘ladi, ulg'aygan yoshda esa ulardan 206 ta qoladi.
3. Agarda sevib qolgan inson miyasini tomografiyasi qilinsa bir qiziq narsani ko‘rsa bo‘ladi: sevib qolish natijasida inson miyasining mukofotlarga javob beruvchi ikki hududi qo‘zg'aladi. Olimlar bu holatni domafin moddasini - mamnuniyat hissini qo‘zg'atuvchi moddani katta hajmdagi ta’siri bilan izohlashadi. Qiziqarlisi, shunday kuch bilan miyaning ushbu hududlari faqat kokain moddasiga ta’sir ko‘rsatadi.
4. Kenichthyscampbelli balig'i ham suvda ham quruqlikda yashovchi, suv tagida va yerda nafas olish qobiliyatiga ega jonzodlarning to‘g'ridan to‘g'ri avlodidir. Burun teshiklarining bir jufti suv sayoz joylarda yotib oziqlanishga imkon bersa, ikkinchi juft burun teshiklari esa xuddi timsoqlarni burun teshiklari kabi suvdan chiqib turgan.
5. Qizil dengiz tipratikanlari yoki Strongylocentrotus franciscanus faqatgina Tinch okeanida va asosan Shimoliy Amerikaning G'arbiy qirg'oqlarida topilgan. Ular okeanning qaytuvchi mayda suv yo‘llarida 90 metr chuqurlikda yashaydilar va kuchli to‘lqinli joylardan uzoqda bo‘ladilar. Ular okean tubida qisqichlari orqali o‘rmalab harakatlanadilar. Agarda ularning biron bir vakilini uchratsangiz kattalarni hurmat qilish kerakligini unutmang, chunki ularning ayrim vakillari 200 yildan ortiq yoshdalar.
6. Polyar kitlari nomi bilan ham taniqli grenland kitlariYer yuzida eng ko‘p yashovchi sutemizuvchilar turkumiga kiradi. Shunday grenland kitlari topilganki, ularning ayrimlarining tanalarida baroridan kelmagan kit ovi natijasida 200 yil avval ishlatilgan fil suyaklarining uchliqinlari topilgan. Hozirgi kunda grenland kitlari vakillarining eng qarisi taxminan 211 yoshda.
7. Koikarplari oddiy karplarning xonakilashtirilgan dekorativ turlariga mansubdir. Ular asosan dekorativ hovuz va toshli suv havzalarida uchraydi. Hayratomuzlisi shuki, ularning ayrim vakillari 200 yilga yaqin umr ko‘ra oladilar. Koikarpining eng qarisi 7 iyul 1977 yil 226 yoshda vafot etgan Xanako (Hanako) balig'i hisoblanadi.
8. Toshbaqalar Yer yuzidagi eng uzoq yashovchi umurtqali hayvonlar turkumiga mansubdirlar. Bu toshbaqalar vakilining eng qarisi galapagoss Gariyetta toshbaqasi hisoblanadi,u 2006 yil iyun oyida 175 yoshida zooparkda yurak xastaligidan o‘lgan.Gariyetta Charlz Darvinning mashhur HMS Beagle nomli enspeditsiyasidagi eng oxirgi vakili hisoblanardi. Yana eng qari toshbaqalardardan biri hisoblangan Aydvata nomli aldabra toshbaqasi esa 2006 yil mart oyida 250 yoshda o‘lgan.
9. Okean venusi (Arctica islandica) mollyuskalarning bir turkumi hisoblanib, ular asosan savdo uchun ishlatilinadi. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda mollyuskalardagi to‘q kontsentrik shaklidagi dumaloq chiziqlar kesilgan daraxtlarning chiziqlari kabi ularning yoshlarini belgilar ekan. Chiziqlarni sanab chiqish natijasida ayrim mollyuska vakillariga 400 yil bo‘libdi.
10. Antarktika gubkasi juda sekin o‘sish xususiyatiga egadir va bu Antarktika okeanining o‘ta sovuq harorati sababidan bo‘lsa kerak. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha ularning eng qari vakiliga 1550 yil bo‘lgan.
1. Turritopsisnutricula meduzasi dunyoda abadiy yosh qolish chashmasini ochgan yagona jonivor bo‘lsa ajab emas. Chunki u qarilik pallasidan to polipday yosharish pallasiga o‘tish xususiyatiga egadir, ayrim hollarda ularda umrning tabiiy chegarasi kuzatilmaydi ham. O'limni chetlab o‘ta olish qobiliyatlari natijasida ularning soni tez suratda o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda mutaxassislar ushbu meduzalarni qanday qilib qarish jarayonini orqaga qaytara olish xususiyatlari ustida isholib bormoqdalar.
2. Eng katta stul Avstriyadagi «XXXLutz» kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Uning bo‘yi 30 metr.
3. Dubay amirligida chop etilgan mashhur «Bu Muhammad» nomli kitob dunyodagi «eng katta kitob» sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. 420 betlik ushbu nodir kitob o‘ta yuqori sifatli qog'ozdan tayyorlangan bo‘lib, uning og'irligi 1500 kg, bo‘yi 5 metr, eni esa 4 metr. Bir yil davomida chop etilgan mazkur noyob asarni tayyorlashga 10 mln. dirhamdan ortiq mablag' sarflangan. 24 karatli oltin butunlay sof, unga boshqa hech qanday metall aralashmagan.
4. Har uchinchi amerikaliklar oilasida Scrabble o‘yini bor.
5. Oyoq kiyimi o‘lchamlari 1792 yilda Djeyms Smit tomonidan o‘ylab topilgan.
6. Bir dona yaxshi ruchka yordamida taxminan 50000 ta so‘z yozish mumkin.
7. Napoleonning suv ichish idishlaridan biri, mashhur italiyalik avantyurist Kaliostro bosh suyagidan yasalgan.
8. 1890 yilda Yaponiyadan Rossiyaga donishmand Fukurimi shaklchalari olib kirilgan. Hozirda bunday shaklchalarni matryoshka deb atashadi.
9. Qadimgi Xitoyda ota-onalar uchun eng yaxshi sovg'a tobut hisoblangan.
10. «Rolls-Roys» bamperidagi haykalchaning narxi 5000 dollarni tashkil qiladi.
1. Dastlabki sharikli ruchkalar savdoga 1945 yilda chiqarildi. Har birining narhi 12 dollar bo‘lgan.
2. Amerikalik Djon Uintrop ilk marotaba tushlik stolida vilkadan foydalangan. Bu voqea 1630 yil 23 iyunda sodir bo‘lgan.
3. Shtopor M. L. Brayn tomonidan 1860 yilda ixtiro qilingan.
4. Rossiyada zarb qilingan tangalarning eng kichik qiymati - 1/8 tangaga teng edi.
5. Hindistondagi o‘yin kartalari - dumaloq.
6. Qadimda Rossiyada sarafan erkaklar kiyimi hisoblangan.
7. Dastlabki galstuklar Xorvatiyada paydo bo‘lgan. Aynan shuning uchun ham, ingliz tilida galstuk so‘zi - cravat (Xorvatiya - Croatia) bo‘lsa kerak.
8. Sovuqda qum soatlari issiq muhitdagiga nisbatan, tezroq yurar ekan.
9. 17 asrda termometrlarda simob o‘rniga Brendi ishlatilgan.
10. Portugaliyada ishga chiqmaslikka yomg'ir uzrli sababdir
1. Darts o‘yini yomg'ir sababli paydo bo‘lgan.
2. Yomg'irning hidi yo‘q.
3. Kubada yomg'ir faqat siyesta (tushlikdan keyingi vaqt) paytida yog'adi, Tailandda esa faqatgina tunda.
4. Taxminan yuz milliondan bitta odamda yomg'irdan allergiya bo‘ladi.
5. Zulukning har uch jag'ida yuztadan jami 300 ta tishi bor.
6. Elektrilon baliqlar boshqa baliqlardan farqli o‘laroq orqaga ham suza oladi.
7. Timsoh qo‘lingizni tishlaganida, uning ko‘zini bosish kerak. Shundagina u og'zini ochadi.
8. Dunyo aholisining 0,7 foizi har doim mast holatda bo‘ladi.
9. Eng tez suzuvchi sportchi suzish sur’atini ko‘pi bilan 6,4 km/soatgacha oshirishi mumkin. Baliqlarning tezligi esa 120 km/soatgacha yetadi.
10. Olmaxonlar tabiiy sharoitda uzog'i bilan 1 yil yashaydi. Ular ko‘pincha kasalliklar, ochlik, yirtqichlar, avtomobil va odamlar tufayli nobud bo‘ladi. Tutqinlikda ular 15-20 yil yashashi mumkin.
1. Dunyoda eng ko‘p odam o‘ldirgan manyak hindistonlik Behramdir. 1790-1840 yillar davomida u kamar yordamida 931 kishini bo‘g'ib o‘ldirgan. So‘nggi qurboni vengriyalik grafinya Erzsebet Bezori bo‘lgan.
2. Umri davomida Van Gog faqat bittagina - "Qizil uzum” kartinasini sota olgan.
3. Leytenant Kolombo rolini ijro etgan Piter Falkning bir ko‘zi shishadan bo‘lgan. U uch yoshligida o‘ng ko‘zini xavfli shish tufayli olib tashlashgan.
4. Qahva dunyodagi eng keng tarqalgan stimulyator hisoblanadi. U eng ko‘p daromad keltiruvchi oziq-ovqatlar orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi.
5. 1933 yil fevral oyida Tinch okeanining markaziy qismida to‘lqin 34 metr yuqoriga ko‘tarilgan - bu eng baland to‘lqin bo‘lib qoldi.
6. Yangi Gvineyadagi Papuada qishloqlar oralig'i bir necha kilometrgina bo‘lsa-da, aholisi farqli tillarda gaplashishadi.
7. Eng ko‘p go‘sht yeydigan ayiqlar qutb ayiqlaridir. Ular asosan baliq va dengiz mushuklarini iste’mol qilishadi.
8. Fir’avn Ramzes II ning 160 nafar farzandi bo‘lgan.
9. Bakteriyalar shu qadar kichikki, bir tomchi suyuqlikda ularning taxminan 50 milliontasi bo‘ladi.
10. Chilining Ikiks shahri aholisi 14 yil davomida bir tomchi ham yog'in ko‘rmagan.
1. Sudanning Vodi Xalfa shahrida esa 19 yil mobaynida surunkasiga yog'in tushmagan.
2. Yevropa qit’asida eng kam yomg'irli joy - Volga daryosining Kaspiyga quyilishidagi Astraxan shahri. U yerga atigi 163 millimetr yog'in yog'adi.
3. Avstraliya shaharlaridan birida 1958 yil fevral oyida 24 soat mobaynida tinmay sel yog'ib, miqdori 890 millimetrga yetdi- bu, Toshkentda yil bo‘yi yog'adigan yomg'ir miqdoridan 2.5 marta ko‘pdir.
4. Yava orolida yilning 322 kunida momaqaldiroq gumburlab turadi.
5. Dunyoda eng chuqur ko‘l - Baykal. Uning eng chuqur botig'i 1741 metr.
6. Dunyoda eng kam yog'in joy Chili mamlakatidagi Arika shahridir. U yerga yiliga bor - yo‘g'i bir millimetr yomg'ir tushadi. Demak,«quruqlik qutbi» ning o‘zginasi!
7. Bugungi kunda butun jahonga mashhur bo‘lgan Eyfel minorasini 1889 yilda, Parijda o‘tkazilgan Butunjahon ko‘rgazmasi uchun quruvchi-muhandis Aleksandr Gyustav Eyfel tiklagan edi. Eyfelning fikricha, bu minora vaqtinchalik, ya’ni, 20 yil turib berishi kerak edi. Biroq Fransiyaning ramziga aylangan minora oradan 123 yil o‘tdiki, hamon o‘sha-o‘sha... Yevropaning eng qimmat tarixiy inshooti sifatida Parijdagi Eyfel minorasi tan olinadi. 344 mlrd. funt-sterlingga baholangan va balandligi 324 metr, og'irligi 10 100 tonna bo‘lgan ushbu minora Italiyadagi Kolizey inshootidan 6 barobar qimmat. Ushbu tadqiqot Italiyada o‘tkazildi. Shuningdek, bir yilda 7 million inson tashrif buyuradigan Eyfel minorasi dunyoda eng ko‘p ziyorat qilinadigan tarixiy makon deb tan olindi. Shu paytgacha bu minorani 200 million inson ziyorat qilgan.
8. Italiyadagi Kolizey maydoniga yiliga 4 million sayyoh tashrif buyuradi.
9. San-Frantsiskoda yashovchi 37 yoshli Erika lya Turhamma ayollar kabi oddiy bir ayol. Ammo u g'ayrioddiy sevgi asirasi. Erika Eyfel minorasini sevib qolgan. Yoshligidan ta’qib etib kelgan ana shu muhabbat ta’sirida Eyfel familiyasini ham oldi. Unga o‘xshagan g'ayrioddiy sevgi asirlarining 40 nafari fanga ma’lum.
10. Farg'onalik Komiljon Jo‘rayev Eyfel minorasining nusxasini yasagan. Mazkur minorani qurish uchun 10 tonna armatura ishlatilgan bo‘lib, uning bo‘yi 21 metr va tepasiga 1,5metr diametrdagi futbol to‘pi o‘rnatilgan. Qurilishga 45 kun sarflangan. Chet eldan kelgan sayyohlar, xususan, fransuzlar ham O'zbekistondagi Eyfel minorasini tomosha qilmoqda. Bugun dunyoda Eyfel minorasining ko‘plab nusxalari, maketlari mavjud. Yurtdoshimiz tiklagan inshoot haqidagi ma’lumotlar va minoraning surati ham "haqiqiy Eyfel minorasi” saytiga kiritilgan.
1. O'pkaning shamollatilishi (nafas olinayotgan havo hajmining nafas olish soniga ko‘paytmasi) sog'lom insonda daqiqasiga 5-9 litrni tashkil etadi.
2. Agar inson qonidagi barcha eritrotsitlarni ketma-ket terib chiqilsa, Yer sharini ekvatori bo‘ylab uch marta aylantirish mumkin bo‘lgan tasma hosil bo‘ladi.
3. AQShdagi Oklaxoma shtatida itning jig'iga tegib, g'ashini keltirganlik uchun hatto qamoq jazosi ham belgilangan.
4. AQShning Illinoys shtatining Geylsbur shahrida kalamushlarni beysbol bitasi bilan urgan inson 1000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi.
5. Texasda oyoqda tik turgan holatda 3 ho‘plamdan ortiq pivo ichish taqiqlanadi.
6. Shimoliy Karolinada poyezdlarda suv yoki sut ichish qonunbuzarlik hisoblanadi. Boshqa ichimliklarga ruxsat berilgan.
7. Yana ushbu shtatda quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi: cho‘milish kiyimida ashula aytish; skeytbordda davlat raqami belgisisiz yurish; bir kunda uchtadan ortiq likopchani sindirib qo‘yish.
8. Floridaning Pensakola shahrida vannada elektr asboblaridan noto‘g'ri foydalanib halok bo‘lgan ayollarga 100 AQSh dollari miqdorida jarima solinadi.
9. Mayamida ovozli signal chiqaruvchi moslamalar bilan jihozlanmagan velosipedni haydash taqiqlanadi.
10. Floridada turmushga chiqmagan ayollar uchun yakshanba kunlari parashyutdan sakrash taqiqlanadi.
1. Los-Anjelesda erkaklar o‘z xotinlarini charm kamar bilan urish huquqiga egalar, faqat o‘sha kamar qalinligi 2 dyuym (5,08 sm)dan oshmasligi kerak. Yoki kamida xotinining o‘zi erining urishiga yozma ravishda rozilik bergan bo‘lishi lozim.
2. Tipratikan olovdan ko‘ra suvdan ko‘proq qo‘rqadi.
3. Folklend orolidagi har bir kishi boshiga (jami 2000 kishi) 350 ta qo‘y (jami 700 000) to‘g'ri keladi, Yangi Zelandiyada esa kishi boshiga 20 ta to‘g'ri kelar ekan.
4. Oxirgi 4000 yilda bironta yangi jonzod paydo bo‘lmagan.
5. Ob-havoni «bashorat» qiladigan o‘simliklarning 400 ga yaqin turi mavjud.
6. Dunyodagi kapalaklarning eng kattasi — Janubiy Amerika tun kapalagi hisoblanadi. Agar u qanotlarini yoysa, ularning umumiy uzunligi 27 santimetrga boradi.
7. Oddiy po‘lat 100 darajagacha sovitilganda shishadek mo‘rt bo‘lib qoladi.
8. Oqayiq ovga chiqqanda burnini yashirar ekan. Sababi qora burni uni fosh qilib qo‘yishi mumkin.
9. Oqayiq soatiga 40 km/s tezlikda yugura oladi.
10. Qo‘l tirnoqlari Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tezligida o‘sadi.
1. Tuyaning o‘rkachi bo‘lishiga qaramasdan umurtqasi to‘g'ri.
2. Mushuk 12-qavatdan tushib ketsa, 7-qavatdan tushib ketganga qaraganda tirik qolish imkoniyati ko‘proq bo‘lar ekan.
3. Hayvonlar orasida jismiga nisbatan eng katta miya bu — chumolida!
4. Delfinlar bir ko‘zini ochib uxlaydi.
5. Burgalar 33 sm ga sakray oladi. Agar inson jismiga nisbatan xuddi shunday sakrasa, 213metrga sakrashi mumkin.
6. Kalamush tuyadan ham ko‘proq suvsiz yashay olar ekan.
7. Qadimgi Misrda ekinzor yerlarini payhon qilib, eng ko‘p zarar yetkazadigan bu qo‘ng'iz yoki chigirtkalar emas, balki gippopotam bo‘lgan ekan.
8. Zebraning oq-qora chiziqlarini bilasiz. Aslida Zebraning terisi qora, yo‘l-yo‘l chiziqlari esa oq rangda ekan.
9. Oddiy bulutlarning balandligi 10-15 kilometr, kumushsimon bulutlarniki esa 80 kilometrdan ziyod.
10.Atlantika va Hind okeanlari hamda Arktika havzasi bundan 150-160 million yil muqaddam yaxlit quruqlikning bir necha bo‘lakka ajralib ketishi natijasida hosil bo‘lgan.
1. Inson 8 yilu 7 oyu 6 kun baqirganda hosil bo‘ladigan energiya faqat 1 finjon qahvani isita olarkan, xolos.
2. Sut emizuvchilardan faqat inson va fil o‘tira olar ekan.
3. Birinchi marta yevropaliklar jirafani ko‘rganda uni «verblyudopard» deb atashgan ekan. Ular bu hayvonda tuya va leopard chatishtirilgani deb o‘ylashgan.
4. Begemotlar suv ichida tug'iladi.
5. Dunyoda hayvonlardan faqat orangutang o‘zini ko‘zguda taniy olar ekan.
6. Yumronqoziq bir kunda 76 metr chuqur qazishi mumkin.
7. Shilliqurtning 25 ming tishi bor.
8. Sakkizoyoqning ko‘z qorachig'i to‘rtburchak shaklda.
9. Har qanday hayvonni o‘ldira oladigan Afrika asalarilari asalxo‘rga bas kelisholmaydi xolos.
10.Tomas Edisonning 5 mingtadan ortiq qushi bo‘lgan.
1. Eng ko‘p pishloq Fransiyada yeyiladi. Shuningdek, bu mamlakat dunyodagi barcha pishloqning deyarli yarmini yetkazib beradi.
2. Tarixda eng yomon haydovchi sifatida esda qolgan 70 yoshdagi chol 12 daqiqa ichida 10 ta jarima olgan, 4 marta qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, 6 ta halokatga sababchi bo‘lgan.
3. Tarixda eng yomon haydovchilardan yana bir 62 yoshli ayol esa haydovchilik imtihonlarini40 marta topshirgan.
4. Britaniyalik faylasuf Jeremi Bentem 1832 yilda vafot etib, barcha boyligini London shifoxonasiga meros qilib qoldirayotganda bir shart qo‘ygan: uning mayiti boshqarma yig'ilishlarida qatnashishi kerak. Hozirgacha u barcha majlislarda «ishtirok» etadi.
5. Gollandiya gimnining o‘n beshta misrasi bosh harflari birlashtirilsa, Villem Van Nassovning ismi kelib chiqadi.
6. Oliver Kromvel vafot etgandan ikki yil o‘tgach dorga osilib, keyin boshi tanasidan judo qilingan.
7. SamolyotlargaToj-Mahal ustidan uchib o‘tish taqiqlangan.
8. Dengiz yulduzini bo‘laklarga bo‘lib tashlasangiz, uning har bir qismi vaqt o‘tib yana yulduzga aylanadi.
9. Avvallari muzqaymoq tayyorlanayotganda tuxum va shakardan foydalanilmagan. Hozirgi kunda esa muzqaymoqlarning ayrim turlariga suv o‘tlari qo‘shiladi.
10. Flamingo 80 yilcha yashashi mumkin.
1. Tuya suti ivib qolmaydi.
2. Ayollar do‘konlarda erkaklardan ko‘ra 4 baravar ko‘proq o‘g'rilik qilishadi.
3. 1952 yilda Eynshteynga Isroil prezidenti bo‘lish taklif qilingan.
4. AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington o‘z inauguratsiyasini o‘tkazish uchun qarz olgan.
5. Yerda 200 million yildan buyon istiqomat qilib kelayotgan, hatto muzlik davrini yashab o‘tgan toshbaqalar turlarining deyarli yarmi bugungi kunda yo‘qolib ketish arafasida. Bunga ulardan turli taomlar va dorilar tayyorlanishi sabab.
6. Buqalamunning tili tanasidan ikki baravar uzun.
7. Kokos yong'oqlaridagi suyuqlik favqulodda holatda qon plazmasining o‘rnini bosishi mumkin.
8. Rubik kubigini atigi 17 marta burab, barcha ranglarini o‘z joyiga joylash mumkin.
9. Kemalar suvda qoldiradigan "izni” hatto kosmosdan ko‘rish mumkin.
10.Garvard- AQSh dagi eng qadimiy universitet.
1. 1876 yilda Amerikada Markaziy istirohat bog'i ochildi. Uning maydoni Monako davlatinikidan ikki baravar katta.
2. Har bir kishi hayotining o‘rtacha 2 yilini telefonda gaplashishga sarflaydi.
3. Dunyoda guruchning 15 mingdan ortiq turi bor. Uni jahon aholisining deyarli yarmi har kuni iste’mol qiladi.
4. Pishirilgan qisqichbaqaning dumi tik bo‘lishi, uning o‘lganidan keyin qozonga solinganidan dalolat beradi. Tiriklayin pishirilgan qisqichbaqaning dumi egilgan bo‘ladi.
5. Radiyni kashf etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Mariya Sklodovskaya Kyuri nurlanish kasalligidan vafot etgan.
6. Tinch okeanida uchraydigan yelkan baliq "qardosh”lari orasida eng tezi hisoblanadi, u sur’atini 100 km/soatgacha yetkazishi mumkin.
7. Qutb ayig'i odam hidini 30 km uzoqlikdan his eta oladi. Tezligini esa soatiga 40km.gacha oshiradi.
8. Tukli ari soniyasiga 160 martagacha qanotlarini qoqadi.
9. Kolibrining yuragi daqiqasiga 615 marta uradi.
10. So‘nggi 30 yilda egizaklar tug'ilishi ikki baravar ko‘paygan.
1. Amerikada XVII asrda ayollar o‘rtacha 13 ta farzand ko‘rishgan.
2. Angliya qirolichasi Viktoriya tug'ish jarayonida anesteziya (og'riq qoldiruvchi) sifatida xloroformdan foydalangan birinchi ayollardan bo‘lgan.
3. XVIII asrda stomatologlar tishni plombalashda rezinadan foydalangan.
4. Qadimgi yunonlar tish og'rig'ini yolg'onchilik oqibati deb bilishgan.
5. An’anaviy usulda yarim soatlik multfilm yaratish uchun 18 mingdan ortiq rasm chizish kerak.
6. Ilk multpersonaj - Geti laqabli dinozavr 1910 yilda yaratilgan.
7. Tanamizda har soniyada 15 million eritrotsit yaralib, o‘ladi.
8. Aksirganda havo oqimi tezligi soatiga 150 km.ga yetishi mumkin.
9. Odam organizmidagi eng tezkor mushak qovoqlarnikidir.
10. Sog'lom odamning qoni quyuqlashishi uchun ko‘pi bilan 10 soniya yetarli.
1. O'limdan so‘ng odam miyasida elektr impulslar yana 37 soat davomida ishlab chiqiladi.
2. Bi rsoat davomida kompyuterda matn terganda 105 kaloriya sarflanadi.
3. Iskandar Zulqarnayn davrida ham och rangdagi sochlar urfda bo‘lgan. Buning uchun ayollar ohakli aroq va giyohlar damlamasidan foydalangan.
4. Angliyada XVIII asrda oqsuyak oliftalar o‘ta tor pantalon kiyishgan. Unga sig'ish uchun kiyilayotganda maxsus moslama yordamida cho‘zib turganlar.
5. Fransuz faylasufi Volterning 80 ta hassasi bo‘lgan. Zamondoshi Jan Jak Russoda esa 40ta.
6. Fransiyada hassaga tayanib yurish ham ayollar, ham erkaklar uchun urf bo‘lgan.
7. Mashhur va eng xaridorgir kitob bo‘lgan "Ginnessning rekordlar Kitobi” Guinness pivo ishlab chiqarish kompaniyasi xo‘jayini Xyu Biver tomonidan tasodifan dunyo yuzini ko‘rgan. 1954 yilda ovchilar uchun uyushtirilgan ziyofat paytida Xyu Biver bir ovchi bilan qaysi qush tezroq uchishi borasida bahslashib qoladi. Shu paytda Biverning xayoliga har kuni butun dunyo bo‘ylab "eng, eng”lar borasida minglab munozaralar, garov bog‘lashlar bo‘lishi keladi. U barcha sohalarda rasman tasdiqlangan rekordlarni jamlaydigan kitob yaratishga qaror qiladi.
8. Bir yillik tadqiqot va izlanishlardan so‘ng 1955 yilning 27 avgustida 198 sahifadan iborat dastlabki kitob chop etiladi. Shu yili kitob Buyuk Britaniyada eng ko‘p sotilgan kitobga aylanadi va egasiga ulkan daromad keltiradi. O'shandan buyon "Ginnessning rekordlar Kitobi” har yili chop etiladigan va eng ko‘p sotiladigan kitoblardan biriga aylandi.
9. Procter & Gamble kompaniyasining yetakchi ximigi Viktor Millzga bir kuni qizining bolalariga qarashiga to‘g'ri keladi. Nabiralarining ho‘l tagliklarini almashtirib, ularni yuvib-quritish mashaqqat ekanligni ko‘rgach, u bir martalik kiyiladigan taglik yaratish ustida bosh qotiradi. Bir nechta tajribalardan so‘ng P&G Pampers deb nomlangan yangi mahsulotini omma e’tiboriga havola qiladi.
10. Odatda, qand yegan bolalarning qo‘li shira bo‘lib qoladi va ular o‘ylab ham o‘tirmasdan qo‘llarini kiyimlariga artishadi. 1958 yilda Enrike Bernat qandlarni cho‘pga o‘rnatishni o‘ylab topadi va Chupa Chups dunyo yuzini ko‘radi. Qandning qog'ozi va logotipini esa mashhur rassom Salvador Dali yaratgan.
1. 1911 yilda 28 yoshli Frenk Mars to‘plagan pullariga xotini bilan birgalikda shirinlik do‘koni ochadi. Do‘konda asosan turli qandlar sotilardi. Bir kuni Mars o‘g‘li bilan ko‘cha aylanib yurganida o‘g'li undan shokolad sotib olib berishini so‘raydi. U paytlarda shokolad kukun holida sotilardi . Odamlar uchun bu noqulay edi, chunki issiqda tezda erib ketadigan shokolad qo‘l va kiyimni rasvo qilardi. Shu payt Frenk "balki” deya o‘ylanib qoladi va bu "balki” shokoladni bo‘lak-bo‘lak qilib folga qog'ozga o‘rab sotishga aylanadi. Oqibatda bir necha kun ichida Milky Way deb nomlangan shokolad batoni yangi korxonaning eng xaridorgir mahsulotiga aylanadi. Kompaniya mahsulotlariesa rang- baranglashib, butun dunyodagi shirinliksevarlarning sevimli mahsulotisifatida e’tirof etilmoqda.
2. Maktabda bor-yo‘g'i olti yil o‘qigan Garlan Sanders 40 yoshga yetganida o‘nlab hunarlarda omadini sinab ko‘rishga ulgurgandi. U shinalar sotgan, go‘lahlik qilgan, harbiy sohada ishlagan, konduktorlik, fermerlarga yordamchilik, hammollik va yana ko‘plab sohalarda faoliyat ko‘rsatgan, ammo hech omadi yurishmagandi. Oila qashshoqlikda kun kechirar, lekin xotini erining ishlari yurishib ketishiga ishonardi. 1930 yilda Sanders avto ustaxona ochadi. Tez orada u ustaxona yonida mijozlar uchun mo’jazgina oshxona ham qurish kerakligini tushunadi. Uyidan bitta xonani u oshxona uchun ajratadi. Ovqatni esa uyda o‘zlari tayyorlashadi. Tez orada uning ustaxonasi qovurilgan jo‘jasi bilan butun shtatga taniladi. Mijozlar uning ustaxonasiga mashina tuzattirish uchun emas, balki qovurilgan jo‘ja yegani kelishardi. Yetti yildan so‘ng u SandersCourt & Cafe restoranini ochadi. 1950 yilga kelib esa Sanders tayyorlagan qovurilgan jo‘jalar AQShdagi yuzlab restoranlarda sotila boshlaydi.
3. FilNayt Oregon universitetida o‘rta masofaga yuguruvchi sportchi edi. U doim Amerikada ishlab chiqarilgan krossovkalardan nolir, Adidas krossovkalarini sotib olish uchun esa o‘tgan asrning 60-yillarida ancha-muncha odamning puli yetmasdi. Nayt narxi arzon, ammo sifatli krossovka chiqarish niyatida murabbiyi bilan birga Blue Ribbon Sports kompaniyasini tashkil qildi. U arzon va sifatli krossovkalarni faqat Osiyoda ishlab chiqarish mumkin degan fikrga keldi. 1964 yilda u va murabbiyi Bill Bauerman 500 dollardan pul tashlashdi va Yaponiyaning Onitsuka Tayger kompaniyasiga 300 juft krossovkaga buyurtma berishdi. Fil krossovkalarni mashinasida yurib sotdi. Bill Bauerman bir kuni xotinining ustidan kulish uchun vafli tayyorlaydigan uskuna ichiga rezina tasmani solib qo‘yadi. Buni qarangki, shundan keyin kompaniya sport poyabzallari uchun chiziqli poshna tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi. Sotuv rivojlangach, krossovka ishlab chiqarish boshlab yuborildi. Jeff Jonsonga kompaniya uchun yangi nom o‘ylab topish aytiladi. Uning tushiga yunon ma’budasi Nika kiradi va shu tarzda Nike nomi paydo bo‘ladi.
4. 1919 yilning iyunida Texas shtatidagi Sisko shahriga 31 yoshli Konrad Xilton tashrif buyuradi. U bir yil ilgari bank ochgan va inqirozga uchragandi. Cho‘ntagida 5000 dollar puli bo‘lgan Konrad yangi bank ochish yoki birorta bankni sotib olish uchun kelgandi. Ammo tez orada uning rejasi o‘zgarib ketdi. Xilton kechki payt mahalliy Mobley mehmonxonasiga keldi. Omadsiz bankirni bo‘shxona uchun bir-birlari bilan janjallashayotgan odamlar hayron qoldirdi."Buncha mijoz har qanday tijoratchining orzusi-ku” degan fikrga keldi Xilton. Mehmonxona egasining esa g'alvaga toqati yo‘qligi va mehmonxonani sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgach, Xilton bank ochish fikridan voz kechdi va zudlik bilan mehmonxonani sotib oldi. Oradan olti yil o‘tgach, u Dallasda o‘z nomi bilan ataluvchi Dallas Hilton mehmonxonasini ochdi. Hozirda esa Hilton mehmonxonalar tarmog'i dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida hashamatli mehmonxonalar qurishga erishgan.
5. Mastif zotiga mansub tilla rangli kuchuk 12 million yuan (1.9 million AЈSh dollari)ga sotildi. Bu esa shu paytgacha kuchuk uchun to‘langan rekord narx hisoblanadi.
6. Telefon ixtirochisi Aleksandr Grexem Bell onasi va rafiqasiga biror marta ham qo‘ng'iroq qilmagan. Chunki ularning ikkovi ham kar edi.
7. Inson miyasining asab impulsi 270 km/s tezlikka ega.
8. Miya ish faoliyati uchun kerakli energiyadan 10 vattli lampochkani yoqish mumkin.
9. Inson miyasining bir hujayrasi istalgan entsiklopediyadan 5 marta ko‘p ma’lumot saqlash kuchiga ega.
10. Qon aylanish tizimiga kiradigan kislorodning 20 foizi miya uchun sarflanadi.
1. Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq bo‘ladi.
2. Neyronlar (miya hujayralari) insonning butun umri davomida o‘sib, rivojlanib boradi.
3. Miyaning o‘zi og'riqni his qilmaydi.
4. Miyaning 80 foizi suvdan iborat.
5. Kunora inson o‘rtacha 60-100 dona soch tolasini yo‘qotadi.
6. Ayol kishining sochi diametri erkak kishinikiga nisbatan 2 marta kichikroq.
7. Insonning bir soch tolasi 100 grammga yaqin yukni ko‘tara oladi.
8. O'rta barmoqdagi tirnoq boshqa barmoqdagi tirnoqlardan tezroq o‘sadi.
9. Malla sochli odamlarda boshqa tusdagi sochli odamlarga nisbatan soch tolalari ko‘proq.
10. Inson sochining o‘rtacha umr davomiyligi 3-7 yil hisoblanadi.
1. Havo 1000 metrdan keyin 6 darajaga soviydi.
2. O'simlikda o‘sadigan o‘simlik bu Avstraliyaning Omiligidir.
3. Eng yengil metall - Litiy.
4. Eng og'ir metall - Osmiy.
5. Eng qadimiy gul xrizantema guli bo‘lib u 2.5 ming yillik tarixga ega.
6. Eng issiq dengiz - Qizil dengiz bo‘lib, uning harorati +32 daraja issiq.
7. Eng qimmat metall Radiy hisoblanib, uning 1 grammi narxi 25 kilogramm oltin qiymatiga teng.
8. Eng mitti sut emizuvchi - Mitti ko‘rshapalak, uning og'irligi 2 grammni tashkilqiladi.
9. Eng yengil daraxt Balsa daraxti hisoblanadi. Uning1 kub/dm - 120 kg.
10. Eng katta fil, Afrika filining og'irligi 12 tonnagacha keladi.
Сообщения из Facebook