просмотров
"Har ehtimolga qarshi" pullar
Telefoningiz g'ilofiga har ehtimolga qarshi pul berkitib qo'ying. Shunday holatlar bo'lib turadiki, yoningizda naxt pul qolmaydi, va ular juda zarur bo'lib qoladi, masalan taksiga pul to'lash uchun. Agar birdaniga karmoningizni o'g'irlab ketishsa, yoki sumkangizni biror bir joyda qoldirib ketsangiz bu pullar sizga asqotadi,. Chunki biz telefonlarni hech qayerda unutmaslikga harakat qilamiz :-).
Jamoat tasiri
Agar sizning yoki do'stingizning jamoat orasida mazangiz bo'lmay qolsa, birdaniga hammadan emas balki yoningizdan o'tib ketayotgan insondan yordam so'rang. Aks holda mas'uliyatlik yoqoladi yani odamlar " kimdir sizga allaqachon yordam beryapti " deb o'ylab yo'llarini davom etishadi.
Cho'kayotgan mashinaning oynasini ocholmay qolganingizda
Agar mashina cho'kayotgan bo'lsa, suvga kirib ketmasidan avval oynani ochib chiqishga harakat qiling. Qandaydir sabab bilan oyna ochilmay qolsa nima qilish kerak ?
Bunday holat mashinaning kuzovi o'girilib qolganida sodir bo'ladi. Bunday holatlarga mashinangizga oyna sindirish uchun biror bir og'irroq narsa qo'yib qo'ying. Rul qulufi yoki pedal, o'to'chirgich va yana biror bir asboblar asqotadi.
Ko'pchilik yoddan chiqaradigan zinalardagi ehtiyot choralari
Hech qachon zinadan tushayotgan payitingiz qo'llaringizni cho'ntagingizga solib tushmang. Agar qoqilib yiqilsangiz qo'llaringiz sizga asqotadi. Mabodo yiqilishingizni oldini ololmasangiz, qo'llaringizni jipslab boshingizni himoya qiling.
Agar sizga biror narsa g'alati tuyulsa, qo'pol bo'lishga uyalmang va qo'rqmang.
Notanish inson sizga juda g'alati va shubhali ko'rinsa u inson bilan suhbatlashishdan vos keching. Agar siz shubhali inson turgan liftga kirishdan qo'rqsangiz va nimasidir g'alatiligini sezsangiz, uni hafa qilib qolmay demasdan instinktingizga qarshi chiqmang.
Сообщения из Facebook