Dangasalikning ilmiy izohi bor!
Dangasalikning ilmiy izohi bor!
Har bir inson dangasalikning nima ekanligini juda ham yaxshi biladi. Ishda, ro‘zg‘or yumushlarini bajarish va shaxsiy hayotda ham ma’lum bir narsalarni bajarishga erinib qolamiz. Aslida, dangasalikning to‘liq ilmiy izohi mavjud ekan va u yaqindagina vujudga kelmagan.

Buning nima ekanligini yaxshilab tushunib olish uchun maktabdagi fizika darslarini yodga olish kerak bo‘ladi. Bilasizki, mashhur termodinamik entropiya kattaligi tushunchasi mavjud va u qandaydir makroskopik holatni tushuntiradi. Fizika qonunlariga ko‘ra, tizim elementlari ma’lum tartibdagi asosga qanchalar kam ta’sir etsa, entropiya ham shunchalar yuqori bo‘ladi. 

Olimlarning isbotlashlaricha, termodinamik tizim entropiyasi o‘sishi yoki o‘zgarishi mumkin. Odatda dangasalik biror narsani bajarish uchun motivatsiya yo‘q ekanligidan kelib chiqali. Misol uchun inson ma’lum bir ishni uddalashi yoki yakunlashi kerakligini aniq biladi, ammo buning uchun o‘zini majburlolmaydi. Natijada ichki kurash hosil bo‘ladi va bu fan tilida "Ichki shaxs ixtilofi" deya ataladi. 

Bu turdagi dangasalik bilan kurashishning yagona yo‘li – kuchli motivatsiya topishdir. Shu tariqa ichki ixtilofni bartaraf etish mumkin. Ruhshunoslar bu borada ma’lum bir ishning yakunlanishi qanday ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishini yozish haqida maslahat beradilar. Bu ishni oxiriga qadar etkazish va ana o‘sha o‘zgarishlarga erishish uchun yordam beradi. 

Biroq, ayrim holatlarda dangasalikka sabab odatdagi qo‘rquv ham bo‘lishi mumkin. Qo‘rquv avvalgi tajribaning omadsiz yakuni asosida shakllanadi va insonni tark etmaydi. Oramizda shunday odamlar borki, ular shuhrat, muvaffaqiyat va yutuqlardan qo‘rqadilar, shu sababli ham boshqalardan ajralib turishni istamaydilar.

Qo‘rquvning ijobiy jihati ham mavjud bo‘lib, u kishini ahmoqona va kutilmagan qarorlar chiqarishdan himoya qiladi. Shu sababli ham ruhshunoslar qo‘rquvga nisbatan yomon munosabatda  bo‘lish va uni yo‘qotishga urinishni tavsiya qilmaydilar. Qo‘rquvdan kerakli paytda foydalana olgan insonlar odatda oqilona qarorlar chiqarishadi. 

Dangasalikning yana bir sababi quvvat etishmasligidir. Mazkur holat to‘yib uhlamaslik, noto‘g‘ri taomlanish va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmaslik tufayli kelib chiqadi. Sanalgan jihatlarni ijobiy tomonga o‘zgartirish esa sizni dangasalikdan qutqarishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook