Dunyodagi eng kuchli, eng tezkor va eng og‘ir samolyot haqidagi 10 ta qiziqarli ma’lumot

Dunyoda shunday narsalar bo‘ladiki, ular yaratilganidan boshlab afsonaga aylanadi va uzoq yillar davomida o‘z sinfidagi yetakchi bo‘lib qoladi. Tovush tezligidan ham kuchliroq bo‘lgan va AQSHning harbiy havo kuchlariga tegishli "Qora qush" josus samolyoti aynan shunday qurilmalar sirasiga kiradi. O‘z vaqtida u samolyotlar orasidagi eng kuchli qurilma bo‘lgan, tezlik, quvvat va parvoz balandligi borasida unga yetadigani yo‘q edi.

1. Mutloq rekordchi

SR-71 «Blackbird» samolyoti 1964 yilda yaratilgan bo‘lib, oxirgi 15 yil ichida atigi bir necha bor havoga ko‘tarildi holos. Ammo shunga qaramay, qurilma to‘g‘ridan-to‘g‘ri dvigatel bilan ishlaydigan dunyodagi eng tezkor samolyot bo‘lib qolmoqda. Uning harakatlanish tezligi soatiga 3529,56 kilometrni tashkil qiladi. Mazkur rekord qurilma tomonidan 1976 yilda o‘rnatilgan.

2. Ikki karrali rekord

 

Barcha dvigatellar bilan ucha olish imkoniyati – kafolatlangan muvaffaqiyat degani emas. SR-71 «Blackbird» mazkur sinfga tegishli bo‘lgan va birgina dvigatel bilan ucha oladigan sanoqli samolyotlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari u bitta dvigatelning o‘zi bilan parvoz qila turib ham harakatlanish tezligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnata olgan.

3. Eng kuchli

Samolyot yaratilganiga yarim asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, u hamon dvigatelning tortish kuchi bo‘yicha mutloq rekordchi bo‘lib qolmoqda. Mazkur qurilmaning Pratt & Whitney J58 dvigatellari 34000 funtli tortish kuchini qayd eta olgan. Bu ko‘rsatkich zamonaviy okean laynerlarining dvigateli natijasiga teng keladi. 

4. Eng og‘ir

Yoqilg‘i bilan to‘ldirilgan samolyotning og‘irligi 77100 kilogrammga teng bo‘lib, uning 46180 kilogrammli qismi yoqilg‘i vazniga to‘g‘ri keladi. Qizig‘i shundaki, samolyot bak yoqilg‘i bilan to‘la bo‘lgan holatlarda ucha olmaydi. Ammo qurilmani havodagi parvoz paytida shu yerning o‘zidan turib maxsus zapravkachi samolyot ko‘magida yoqilg‘i bilan to‘ldirsa bo‘ladi.

5. Qo‘nish jarayoni

Blackbird samolyotining parvoz qilishi o‘ta murakkab jarayon.Qo‘nishi esa undan ham qiyinroq. Qurilmaning yerga qo‘nib olishi  jarayoni huddi orbital shatllar qo‘nishi bilan bir hil tarzda kechadi. Tormoz berish uchun bir necha parashyutlar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari Blackbird shassilariga o‘ziga hos va armatura bilan qoplangan pokrishkalar ilova qilingan, ularni har 20 reysdan keyin almashtirish talab etiladi.

6. Ko‘plar ichida birinchi

Radiolokatsion ko‘rinishning pasayishiga oid mashhur texnologiya yokioddiy qilib aytganda "stels" birinchi marta aynan mana shu samolyotda qo‘llab ko‘rilgan. Aslida ushbu texnologiyani bundan avvalgi qurilmada sinab ko‘rgan bo‘lsalar ham, aynan Blackbird samolyoti "stels" qo‘llangan va to‘laqonli ravishda ko‘rinmaydigan holatda kelgan birinchi samolyot sifatida tarixga kirgan.

7. «Uchqur ko‘z»

 

SR-71 «Blackbird» samolyoti boshidanoq josus razvedkachi qurilma sifatida yaratilgan edi. Keyinchalik ushbu samolyot asosida dushmanlarni qo‘lga oladigan model yaratishga ham urinib ko‘rganlar. Biroq uchar apparatni ommaviy tarzda ishlab chiqarish jarayoni boshlanmay qolib ketdi. Oqibatda ushbu samolyotni nafaqat harbiylar, balki NASA agentligi ham o‘z maqsadlari uchun qo‘llay boshladilar.

8. «Ellik birinchi hudud»

Qizig‘i shundaki, SR-71 «Blackbird» samolyoti o‘zining sinov testlarini ko‘pchilik tomonidan aslida yo‘q deya hisoblanadigan afsonaviy "51 hudud"da topshirgan ekan. Bugungi kunda esa mazkur hududni o‘zga sayyoraliklarga tegishli emas ekanligi, uni aviatsion ishlanmalarni sinab ko‘rish uchun qo'llashlari ma’lum qilingan.

9. «Oilamizga xush kelibsiz»

 

SR-71 «Blackbird» samolyotining boshqaruvini qo‘lga olish AQSh harbiy havo kuchlari tarkibidagi har bir uchuvchiga ham nasib etavermaydi. Ushbu o‘rinda da’vogarlik qilayotgan nomzodlarga nisbatan o‘ta qattiq talablar joriy qilingan. Jumladan josus samolyot uchuvchilarining harbiri 25 yoshdan 40 yoshgacha oralig'idagi va oilali erkaklar bo‘lishi lozim. 

10. Qora rang - bu shunchaki uslub emas

SR-71 «Blackbird» samolyoti faqatgina chiroyli ko‘rinish yoki o‘z nomiga munosib bo‘lishi uchun qora rangga bo‘yab chiqilmagan. Ushbu samolyot rangini tanlashda ham qattiq talablarga rioya qilingan. Gap shundaki, qora rang issiqlikni yaxshi parchalaydi, bu esa samolyot fyuzelyajining qizib ketmasligiga yordam beradi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations