Dunyoni boshqara olgan sayyoramizning eng boy va nufuzli oilalari
Dunyoni boshqara olgan sayyoramizning eng boy va nufuzli oilalari
Ma’lumki, dunyoda asrlar davomida sodir bo’lib kelayotgan hodisalar nufuzli hamda obro’-e’tiborli shaxslar, ba’zan esa butun oilalar tomonidan amalga oshirib kelingan. O’z o’tmishini bilmaydigan avlod kelajakni qura olmaydi. Ushbu maqolada tarixni o’zgartira olgan shajara va sulolalar (klan) haqida ma’lumot beriladi.
Shubhasiz bir maqolaning o’zida barcha klanlar haqida aytib o’tolmaymiz, biroq e’tiborga loyiq oila va shajaralar haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirishga harakat qilamiz.

Medichi sulolasi

Medichi sulolasi
Medichi sulolasi 13 asrdan 18 asrgacha hukmronlik qilib kelgan. Bu shajaraning avlodlari nafaqat monarxlar bo’lgan, ularning orasida Rim Papalari ham o’tgan. Medichi klanining kelib chiqishi osonlik bilan amalga oshmagan. To’g’ri, bu oila juda boy bo’lgan, ammo ularning tomirida qirollik qoni oqmas edi. 13 asrda bir necha muvaffaqiyatsiz fitna va g’alayonlardan keyin bu oila siyosiy maydondan chetlatilgan edi. 15 asrning o’rtalarida Kozimo Medichi bu klanni yana hokimiyatga qaytardi. Medichi oilasining a’zolari san’at sohasida xayriya ishlarini olib bordilar.
Ayniqsa tasviriy san’atga katta e’tibor berildi. Aynan Medichining homiyligi tufayli Florentsiyadagi san’at sohasi jadallik bilan rivojlanib bordi, u Florentiya Respublikasining poytaxtini moda san’at markaziga aylantirdi. Rassomlarning Medichi tomonidan qo’llab-quvvatlanishi tufayli ular uchun Yevropaning barcha qirrollik uylarining eshiklari doimo ochiq edi. Vatikanga yaqinligi hamda nufuzli oilalar bilan qudachiligi sababli Medichi oilasi nafaqat katta g’aznaga ega bo’ldi, balki diniy, madaniy va siyosiy yo’nalishlarga ta’sir o’tkaza olish imkonini ham qo’lga kiritdi.

Vindzorlar sulolasi

Vindzorlar sulolasi
Mashhur qirollik shajarasi haqida gap ketganda ko’pchiligimiz Buyuk Britaniyaning qirollik oilasini esga olamiz. Vindzorlar shajarasi 20-21 asrning eng mashhur va nufuzli qirolloik oilasi hisoblanadi.
Vindzorlar sulolasi 1917 yilning 17 iyulida qirol Georg tomonidan ta’sis qilingan bo’lib, ushbu shajaraning Saksen-Koburg-Gotskiy nomli eski nemis familiyasidan qutulish uchun qilingan edi.
Vindzorlar yirik klanining taxt vorislari – malikalar Yelizaveta va Margaret opa-singillar edi. Katta opa taxtga o’tirgandan keyin qirolicha bo’lishni orzu qilgan singil Margeret qirollik oilasiga nomunosib holda o’z xohishi bo’yicha ish tuta boshladi. Endi u tungi klublarga boradigan, do’stlari bilan vaqt o’tkazib, alkogolli ichimliklar iste’mol qila boshladi. “Sariq” pressa esa bundan o’z manfaati yo’lida foydalandi. Qirolicha majburiyatini bajarishga kirishgan Yelizaveta esa boshqa oila a’zolaridan farqli o’laroq millat oldidagi burchini bajarishga kirishdi.
Qirolicha o’zidan ketib qolgan oila a’zolarini past darajaga tushmasliklarini talab qilib, ularni o’ziga keltirishga ming mashaqqat bilan harakat qildi. Ammo 1992 yilda vaziyatni umuman boshqarib bo’lmas darajaga borib qoldi. Qirolichaning to’rt farzandlaridan birdaniga ikkisi oilasi bilan ajrashishga qaror qildi. Shulardan biri taxt vorisi shahzoda Charlz rafiqasi va norasmiy “xalq malikasi” maqomini olgan Diana Spenser bilan ajrashdi. O’sha yili Vindzor saroyi yonib ketdi, qirolichaga nisbatan daromad solig’i belgilandi va qirollik oilasining moliyalashtirilishi qisqartirildi.
Yelizaveta bu inqirozni bir amallab yengib o’tdi, biroq 1997 yilda uning boshiga yana bir sinov kelib tushdi – malika Diana avtomobil halokati natijasida vafot etdi. Asrlar davomida shakllanib kelgan an’analarga amal qilgan qirolichani bu paytda xalq sovuqqonlikda aybladi. Bu vaziyatdan ham qirolicha o’z obro’yiga putur yetkazmagan holda chiqib keta oldi. Ammo besh yil o’tib Yelizavetaning boshiga yana bir zarba kelib tushdi. Taxtga o’tirganiga 50 yil to’lishi munosabati bilan yubiley bo’lgan yili Yelizaveta ikki yaqini – onasi va singlisidan ayrildi.
Bu sinovlar oldida qolganlari mayda hodisalardir. Masalan, qirolichaning nabirasi kechalardan biriga svastika belgisi tushirilgan nemis formasida kelib, buvisini “xursand” qilgan.
Yaqinda qirollik oilasining uydagi arxiv kinomateriallaridan birida 1930 yillarda Yelizavetaning o’zi ham fashist millatchilarining salomlashuvini beriyotgani ko’zga tashlangan. U paytlar Vindzorlar sulolasi Gitlerga nisbatan yomon munosabatda bo’lmagan, keyinchaliki esa buni yopdi-yopdi qilib yuborishgan va uni boshqa hech qachon esaga olishmagan.

Rokfellerlar sulolasi

Rokfellerlar sulolasi
Mana bir asrdan ko’proq davr mobaynida odamlar Rokfeller familiyasini boylik va hashamat, dabdaba bilan bog’lab keladilar. Ushbu oilaning tarixi 19 asrning 40 yillariga borib taqaladi, aynan shu vaqtda Jon Rokfeller tug’ilgan. Bu odam yoshligidan o’z harakatlarini oldindan o’ylab, keyin bajarar edi va shu xususiyati bilan boshqalardan ajralib turar edi.
16 yoshida buxgalterlik korxonasiga yordamchi sifatida ishga kirgan bu o’smir bola biznesni olib borishni, tirishqoqlik va bozor so’rovlariga tezda javob berish kabi ko’nikmalarni o’zlashtirib oldi. Va shaharda neft koni ochilganda, bo’lajak magnat qora oltinga o’zining bor-yo’q jamg’armasini tikdi.
Boshqa tadbirkorlardan farqli o’laroq Rokfeller uzoqmuddatli loyihalarning kelajagi porloq ekanligini tushunib yetdi. Ish hozircha daromad keltirmayotgan bo’lsa, bu biznes kelajakda o’z eganing boyib ketishiga sabab bo’lmaydi degani emas. Rokfeller neft mahsulotlarining olamiga o’zining “Standart oil” nomli kompaniyasi bilan kirib borganida, ko’pchilik uni aqlsizlikda aybladi. Ammo bo’lajak milliarder (hattoki dunyodagi birinchi milliarder) korxonasining yaqin kelajakdagi muvaffaqiyatini ko’ra oldi. Darhaqiqat, ko’p o’tmay (1879 yilda) Rokfeller kompaniyasi Amerika neft bozorining 90% ni boshqarar edi va iqtisidiyotning bu sohasida o’z qonun-qoidasini belgilar edi.
Rokfeller sulolasining saqlanib qolingan an’analariga amal qilayotgan bugungi avlodlari oilaning moliyaviy ahvolini yanayam ko’paytirishga erishdilar hamda uni dunyoning eng boy odamlari reytingida mustahkam joy olishlariga sababchi bo’ldilar. Bugungu kunda Rokfeller sulolasi 40 dan ortiq yirik kompaniyalarga ega bo’lib, yiliga 1 trilloin dollar daromad ko’radi (bu AQSH yalpi ichki mahsulotning 10 % ga teng degani).

Rotshildlar sulolasi

Rotshildlar sulolasi
Rotshildlar ham dunyoning eng boy sulolasi hisoblanadi. Rasmiy manbalarning xabar berishicha, ushbu shajaraning moliyaviy ahvoli 350 milliard dollarni tashkil etadi. Boshqa ma’lumotlarga qaraganda, ularning boyligi 2,5 trilliondan dollardan ham oshiq.
Ularga butun dunyoning e’tibori qaratilgani faqatgina moliyaviy ahvoli sababli emas. Bor-yo’g’i ellik yil ichida yahidiy emigrantlar nufuzli lord va baronlarga aylanib, hattoki butun olamni boshqarishni o’z qo’llariga ololganliklari kishini hayratga soladi.Ushbu sulolaning asoschisi 1744 yilda tug’ilgan Amshel Mayer Rotshild hisoblanadi. U 16 yoshida moliyaviy ishning sir-asrorlarini ipidan ignasigacha o’rganib bolgan bo’lib, Oppengeymer bankidagi to’rt yillik ish tajribasiga tayangan holda o’z shaxsiy antikvar do’konini ishga tushiradi. Bu do’konda Germaniya knyazliklaridagi pullarni bir-biriga almashtirish mumkin edi. Keyinchalik bu do’kon Rodshildlarning birinchi bankiga aylandi.
Oradan yillat o’tib, Amshelning besh nafar o’g’li voyaga yetganidan keyin oila biznesini davom ettirish hamda kengaytirish uchun ularni dunyoning yirik poytaxtlariga jo’natdi. Bu narsa sababli Rotshildlar oilasi nafaqat Germaniyaga, balki Yevropaga ham o’z ta’sirlarini o’tkaza oldi. Rolshildlar bankida boshqaruvchilik lavozimlarini faqatgina oila a’zolarigina egallashlari mumkin edi, aynan shu xusiyati bilan boshqa banklardan ajralib turar edi. Keyinchalik ushbu yopiq muassasa nafaqat alohida shaxslarga, balki butun boshli mamlakatlarga ham kredit bera boshladi.
Shunday qilib, 1818 yili Prussiya Rotshildlardan 5 million funt kredit olgan bo’lsa, keyinchalik Londondagi bank filiali Angliyaning Milliy Bankiga yirik miqdorda kredit ajratdi. Rotshildlarning Amerika qo’shgan hissalari esa juda beqiyos. Ushbu sulola AQSH Rezerv Tizimi yaratilishining tashabbuskorlaridan biri edi, uning tashkil qilinganidan keyin esa dollar chiqarish hajmi bo’yicha nazorat qilish imkoniyatini qo’lga kiritdi. Noyob uddaburonligi va topqirligi tufayli katta boylikni qo’lga kirita olgani hamda turli mamlakatlarga ta’sir o’tkaza olgani uchun Rotshildlar sulolasining vakillari hali-hanuz ekspert va kuzatuvchilarni lol qoldirib kelmoqdalar.
Qizig’i shundaki, Rotshildlarning moliyaviy ahvoli rasman 350 mlrd dollarni (boshqa manbalar bo’yicha esa 2,5 trillion) tashkil etsada, ushbu sulolaning hech bir vakili 1 mlrd dollardan ortiq kapitalga ega emas.

Bushlar

Bushlar
Amerikaning taniqli prezidentlari bo’lishdan avval Bushlar Ikkinchi jahon Urushi davrida fashist millatchilarini qo’llab quvvatlar edilar.
Kichik Jorj Bushning buvasi – senatorPreskott Bush AQSHning Birlashgan Bank Korporatsiyasini boshqargan. Biroq uning aktivlariga 1942 yilda “dushman bilan savdo-sotiq qilgani uchun” band solingan edi. Bu davrga qadar esa BBK (Birlashgan Bank Korporatsiyasi) 30 yillarda Adolf Gitlerning saylovoldi kampaniyasiga homiylik qilgan, po’lat va ko’mir baroni bo’lmish Frits Tissenning AQSH dagi manfaatini himoya qilgan.
Bushning buvasi millatchilarga bo’lgan iliq munosabati haqida ochiqchasiga aytmasada, BBK ning fashistlar Germaniyasi bilan olib borayotgan ishlari haqida aniq bilgan. Preskott Bushning yana bir necha nufuzli shaxslar bilan AQSH ni Adolfga topshirmoqchi bo’lganliklari haqida nazariyalar ham bor.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook