Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar
Dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar
Sayohatni hush ko'ruvchilar, ishbilarmonlar va sarguzashtsevarlar uchun ajoyib mehmonxonalar ro'yxati

Juda ko’p insonlar avtomoshinalarda sayohat qilishni hush ko’radilar va hostelda tunaydilar, ayrimlar esa o’zlarining shaxsiy samalyotlarida sayoxatga otlanib, eng qimmat mexmonxonalarda qoladilar. Hashamatli onlar The Travel Watch’da. 

Backpackerslar, byudjet sayohatchilar , oddiy sayyohlar, biznes va vip sayohatchilar bor.

Shuningdek, shaxsiy samolyotlarda sayohat qilish va shaxsiy haydovchisiz mashinalarda harakatlanish ham mumkin.  Bunday boylik darajasi mexmonxonalarda belgilangan talab va joylashuvni talab qiladi. Bunday odamlar faqatgina eng yaxshilarini tanlaydilar. Ular umumiy hammomni , nonushta uchun oshxonaga chiqishni  sira ham yoqtirmaydilar. Bunday mehmonxonalar  “Mening ko’makchim yaxtani  kokoinga to’ldirguncha turishim kerak” degan uslubga javob beradi.

 Ushbu joylashish Wall Streetning la-bo’ri hisoblanadi. Tushunganingizdek, gap dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar to’g’risida ketmoqda. Bir kecha tunash uchun  taxminan sayyoramizdagi o’rtacha fuqaroning yillik byudjetiga teng bo’lgan mehmonxonalar ro’yxati bilan tanishing.   

Konnaut, London

Bir kecha va kunduz uchun 23500 AQSh dollari talab qilinadigan Konnaut koshonasida shaxsiy bosh qarol, uch yulduzli Michelin restorani bosh oshpazi tomonidan ishlab chiqilgan taomnoma va moda olamida Londonning eng tanilgan hududlaridan biri – Meyfeir manzarali ko’rinishiga ega bo’lgan dumaloq “balkon” taklif qilinadi. 

Ushbu mehmonxona to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun mehmonxonaning interaktiv veb-saytiga tashrif buyuring va u yerda mehmonxona qaroli xonasiining mehmonlari unutib qo’ygan narsalarini egalariga qaytarish uchun Parijga uchib borib kelgani yoki mehmonlardan biri o’z rafiqasiga noyob taom tayyorlashni istagani, Michelin restoranining bosh oshpazi esa unga eshik ostidan taom pishirish bo’yicha ko’rsatmalarni uzatib turgani haqida hikoyalar yozilgan. 

Cala di Volpe, Porto-Chervo, Sardiniya

Narxi 26,000 AQSh dollariga teng bo’lgan Prezident Lyuks xonasida uchta yotoqxona, shaxsiy basseyn, solari va fitness zali mavjud.

Yotoqxonalarning har birida jakuzi, katta dush va Sardiniya marmaridan tayyorlangan pardoz peshtaxtasi mavjud.

Shangri-La Bosphorus, Istambul

“Shangri-La” lyuks mehmonxonasining uchta keng ayvonga ega bo’lgan va Istambul bilan Bofor bog’ozi manzarasiga qaratilgan eng yuqori qavatini egallagan. Xona narxi bir kecha uchun 26385 AQSh dollariga teng. 

Hammon xonasining ko’zgusiga televizor o’rnatilgan:

Mandarin Oriental, Shanxay

"Mandarin Oriental” mehmonxonasining Prezidentlik Lyuksi Shanxayning ishbilarmon hududidagi osmono’par binoning 25-qavatida joylashgan. Bu shaxsiy sharob zahirasiga va shaharning ajoyib manzarasiga ega bo’lgan ikki kishilik xona. Uning narxi bir kechaga 26,450 AQSh dollariga teng.

Xonaning narxiga shaxsiy bosh qarol xizmati, shuningdek, moslashuvchan kirib kelish va chiqib ketish vaqti jadvali bilan 24 soatlik foydalanish kiradi. 

Hotel Plaza Athenee mehmonxonasi, Parij

Hotel Plaza mehmonxonasida 450 kvadrat metrga ega, narxi esa 27000 AQSH dollari bo’lgan Shoxona Lyuks Parijdagi eng yirik mehmonxona xonasi. 

Yaqinda mehmonxona egalari mehmonxonaning yonida joylashgan uchta binoni sotib olib, nozikta’b mehmonlarni bezovta qilmaslik uchun uni qurilish ishlarini olib borish vaqti davriga vaqtincha yopib qo’yishdi. 

St.Regis Villa, Mavrikiy

St. Regis mehmonxonasidagi villa – butun oroldagi eng katta villa. Villada jakuzi, bar, loundge hudud va shaxsiy oshpaz bor. 

Mehmonxona veb- sahifasida ular “mehmonlarning ehtiyojlarini bilintirmagan holda qondirish”ga asaslangan deyiladi. “Mehmonlarning ehtiyojlarini bilintirmagan holda qondirish” va boshqa barcha hizmatlarning bir  kecha-kunduz uchun narxi 30000 AQSh dollariga teng. 

St Regis Saadiyat Island Resort, Birlashgan Arab Amirliklari

Narxlar oshib bormoqda: Birlashgan Arab Amirligidagi Saadiyat orolidagi St.Regis mehmonxonasidagi ikki qavatli Shoxona lyuks narxi 35 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Xonalarda boshqa narsalar bilan bir qatorda kinoteatrlar ham mavjud. 

Asosiy yotoqxona qavatlardan birini to’liq egallaydi.

Grand Resort Lagonissi, Afina

Ushbu yunon mehmonxonasidagi shohona villada ikkita yotoqona, marmar vannalar va bosh qarol uchun alohida xona ham mavjud. Bu mehmonxonada o’z vaqtida Mel Gibson hamda Leonardo di Kaprio mehmon bo’lgan. Joylashish narxi bir kecha-kunduzga 35 000 AQSh dollari miqdorida baxolanadi.

Villa shuningdek, alohida massaj xonasi, issiq suv xavzasi va O’rta yer dengizi manzarali ko’rinishiga ega trassalarni o’zida mujassamlashtirgan. 

Grand Hyatt Cannes Hotel Martinez, Kann

Bir kecha kunduz uchun 37500 AQSh dollariga teng bo’lgan, Martinez mehmonxonasining pentxausi, terassada jakuzi, ko’rfaz ko’rinishini va ikkita yotoqxonani tashkil etadi.

Ushbu ro’yxatdagi “xashamatli”, “yagona” va “ iliq va tilla tusga ega unitaz” kabi so’z iboralari bilan bog’liq bo’lgan boshqa mehmonxonalardan farqli tarzda Martinez mehmonxonasi “simsiz internet”, “xalat” va “xonaning ochiluvchan oynalari” bilan kifoyalanib kamtarlik qiladi. 

Biroq siz aslo aldanib qolmang, Billionaire.com saytiga ko’ra, bu mehmonxonada joylashgan Pentxaus dunyoda 4- o’rinda turuvchi eng qimmat mehmonxona sanaladi (CNN ma’lumotlariga ko’ra esa uchinchi o’rinda turar ekan).

Laucala Island Resort, Fidji

Fidji arxipelagida joylashgan Laukala orolida ommaviy ahborot vositasi Malsolm Forbesga tegishli bo’lganidan so’ng, u Avstiyalik ishbilarmon  Red Bullning asoschisi va egasi Dietrich Mateschitzga tegishli. 

Orolda 25 ta xashamatli villalarga kirish mumkin bo’lgan shaxsiy yo’llanma mavjud. Biroq eng yaxshisi tepalikdagi villa. Mateschitz orolga tashrif buyurganda aynan shu villada tunab qoladi. Villaning bitta tun uchun baxosi 40ming dollarga teng. 

Palms Resort, Las-Vegas

Palms Resort SKY villa 40.000 dollarlik maxsus shisha lift, Las-Vegas manzarasi berilgan Spa xona va sutka mobaynidagi xizmat ko’rsatish sifatini ulashadi.

Mexmonxonada shunday darajadagi bir necha xonalar mavjud. Ularning ichida eng xashamatlisi Xyu Xefner Sky Villa.

Four seasons Nyu York

Mexmonxonada tunash sizdan $ 45,000 talab qiladi. Bu keng kutubxona va aylanma panoramli shaxarchaga ega Nyu Yorkda eng balandlikdagi mexmonxona xonasi. 

Ushbu xonani qurilishiga 7 yil va 50 million dollar sarf etilgan. Katta o’lchamga qaramay lyuks ikkita katta odam va bitta yosh bolaga mo’ljallangan.

Burj Al Arab, Dubay

Eng qimmat mehmonxonalar ro’yxati Burj Al- Arab so’zisiz to’liq bo’lmaydi. Yuqorida keltirib o’tilgan mexmonxonalar shu ro’yxatga kirishga loyiqmi? Qanchadan qancha villa yoki xonalar mavjudligini aytmasa , Burj Al Arabda bo'lganidek  o’ta qimmat narx va hashamatli xonalardan boshqa xech narsa yo’q. Narxi esa $2,000 dan $12,000gacha. 

Mexmonxona xizmatlariga : vertolyotlar xizmati, shaxsiy butler, to’rtta baseyn va maxsus plyaj kiradi. 

Raj Palace, Jaipuri, Hindiston

Agar siz qirollik oilasi azolaridan biri bo’lsangiz, Jeyms Bond kinosidagi yovuz qahramon yoki kichik futbol jamoasi azosi bo’lsangiz Jaipuridagi Shaxi Maxal lyuksini 45 ming dollar evaziga sotib olasiz. 

Mehmonxona oltita yotoqxona, kino, kutubxona va o’z oshpaziga ega oshxona xodimlarini o’z ichiga oladi. 

Hotel President Wilson, Jeneva, Shvetsariya

Jenevadagi Hotel Wilson mexmonxonasining tun uchun narxi 68 000 AQSH dollariga teng. Extimol bu dunyodagi eng qimmat mexmonxonadir. Misol uchun, Bill Geyts va Maykl Duglas ushbu yerda qoldilar. Xona o’zining shaxsiy lifti, sport zali, Steinway& Sonsning fortepianosi va Jenevaning panoramik manzarasiga ega. Ushbu mehmonxonada tunovchi mexmonlarning xavfsizliklari ham alohida taminlanadi. 

Pentxousda  oltita odamni joylashtirish nazarda tutilgan, lekin yotoqxonalar soni 12 tani tashkil qiladi. Bu yoqimli habar, chunki o’zingiz bilan boy do’stlaringizdan bir nechtasini sherik qilib olsangiz bo’ladi.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook