просмотров
Va shu o’rinda,kvant gravitatsiyasining tenglamalaridan vaqt konstantasi, sodda qilib aytganda, tushib qoladi. Boshqacharoq tushuntirganda, u bu yerda umuman yo’q. Ammo, bugun biz sayyoramizdagi yetakchi fizik olimlarining fikrlari bilan bahslashmaymiz. Biz vaqtlar orasida sayohat qilishga erisha olganlar bilan birga vaqt shkalasi bo’ylab shunchaki sayr qilamiz.
Eng mashhur bo’lgan vaqt sayohatchisi AQSH harbiy dengiz kuchlarining zahiradagi zobiti Alfred Bilek bo’lsa kerak. Uning yana bir ismi Edvard Kameron.Alfred birdaniga ikkita vaqtdagi sayohat bilan bog’liq bo’lgan mashhur tajribalarda – 1943 yildagi Filadelfiya eksperimenti va 1949 yildagi “Montok” eksperimentida qatnashgan.
Rasmiy harbiy idoralar Bilek aytganlarning barchasini inkor qilsa-da, u ilmiy tajribadan keyin kuratorlar tomonidan o’chirib tashlangan hotirasi to’laligicha tiklanganini ta’kidlaydi. Umumiy qilib olganda zobit 2137 yilda olti hafta va tasavvur qilishham qiyin bo’lgan uzoq kelajakdagi 2749 yildan boshlab ikki yil o’tkazgan. Shundan keyin Bilek quyidagilarni gapirib bergan.
“Iqlim, geografiya, sayyora va qirg’oq chizig’i tubdan o’zgarib ketgan. Asrlar o’tib borishi bilan shaharlar yuqoriga qarab rivojlangan, qirg’oqlarning yonidagilari esa allaqachon suv ostiga cho’kib ketgan.”
U ko’rgan 2000 qavatli uylarga ega bo’lgan ulkan shaharlar suv bo’ylab yoki bir yarim kilometr balandlikda bahaybat antigravitatsion platformalar yordamida havo bo’ylab ko’chib o’tish imkoniga ega ekan. Yigirma sakkizinchi asrdagi umumiy soni, diqqat, shunga e’tibor bering – 500 million kishigacha qisqargan insoniyat ichra “Har kimga mehnatiga yarasha, har kimdan qobiliyatiga yarasha” qoidasi hukmronlik qiladi. Qayeridir tanish, shunday emasmi?
Boshqarishning odatiy infratuzilmasi dolzarb bo’lmay qoladi. 2749 yilga kelib dunyoda ideal sotsialistik jamiyat ustuvorliklariga ega bo’lgan yagona tartib o’rnatiladi va unda har bir ishga yaroqli inson umumiy farovonlikni yaratishga o’z xissasini qo’shadi. Qonunni buzgan odamlar ajratilgan manzilgohlarga badarg’a qilinib jamiyatdan chetlatiladi, potentsial xavfli jinoyatchilar esa bir necha ogohlantirishlardan keyin joyida og’riqsiz zararsizlantiriladi.
Ayblash va avf etishni sun’iy intellekt bajaradi. Barcha ijtimoiy jarayonlarni boshqaradigan markaziy megakompyuter alohida har bir shahar hayoti uchun ma’sul bo’lgan hamma boshqarish markazlarini yagona sintetik tarmoqda birlashtiradi. Har bir shahar tasarrufida bo’lgan avtonom himoya tizimi doimiy jangovar shay holatida bo’ladi, ammo davlat chegaralari, urushlar, politsiya, armiya o’tmishda qolib ketadi,banklar, pullar va hukumatlar ham kabi.
Agar hammasi shunday bo’lsa, unda bu faqat maqtovga loyiq, do’stlar! Hijolatga soladigan yagona bir narsa - bu atigi 500 millionta odam sonidir. Jinday ozroq bo’ladi-yov, Alfi! Axir bu xatto “oltin milliard” ham emas.
Gordon Kuper – Amerika kosmonavtikasi tarihida birinchi bo’lib bir sutkadan ko’proq ochiq koinotda bo’lgan va tarihda ilk bor“Merkuiy-9” hamda “Egizaklar-5” missiyalarida ikkita orbital kosmik parvozni amalga oshirgan astronavt. Parvozlarning birida behosdan unga bo’shliq va vaqt uzra beihtiyor ekskursiya qilish imkoni vujudga kelib qoldi.
Astronavt quyidagilarni gapirib berdi: "Bizning kemamiz xuddi plyonkadan o’tib ketganday bo’ldi va keyin, buni qanday deb atashni ham bilmayman, men nafaqat g’alati hayvonlarning sharpalarini ko’rdim, aslida men ularning o’rtasida edim.”
Bort soatining ko’rsatmalariga qaraganda Kuper portalda ikki daqiqadan ko’p bo’lmagan, ammo o’z biologik soatlarining subyektiv hissiyotlari bo’yicha u o’zini asl holatida xis qilmay qolgan paytning davomiyligi bir soatdan kam bo’lmagan. Es-xush borasidagi muammoni Gordon mutlaqo chiqarib tashladi, chunki parvoz davrida butun ekipajning jismoniy holati tibbiy mutaxassislar nazorati ostida bo’lgan. Gordon o’z rahbariyati vaNASA bilan bo’lgan keskin kelishmovchililarga qaramay tajribasi to’g’risida gapirib berishga jur’at qila oldi.
Shunday keyin bunday sayohatlar to’g’risida boshqa kosmonavtlar ham gapirib berdilar:"Men u yerda xitoblar, hayqiriqlar deysizmi, yoki ushbu mavjudotlarning qichqiriqlari bilan bog’liq bo’lgan barcha narsalarni eshitdim. O’zim ham baqirib, ovozni tebrantirardim.”
Bunday dildagi gaplarning soniga qarab baho berilsa, aynan ochiq koinotda odamning o’tmishda yoki kelajakda bo’lib qolish imkonlari o’ta keskin oshib ketadi. Kuper hodisasida psixiatrlar to’lig’icha gallyutsenatsiyalarni inkor qildilar, chunki asronavt ko’rgan narsalari uning bilimlari va tajribasi doirasiga sig’may, undan tashqariga chiqib ketadi.
O’zini soddagina qilib “Noy” deb ataydigan odam aynan vaqt bo’ylab sayohatchi ekanligini isbotlash uchun yolg’on detektorida sinovdan o’tishga rozilik berdi. Bu xaqida “Daily mail” va “ApexTV” epataj (ya’ni turli kuchli shov-shuvlarga sababchi bo’ladigan) yangiliklar agentligi xabar berdi.
Tomoshabindan o’zining yuzini va asl ismini yashirgan Noy 2030 yildan kelganini aytdi. Bu yigitcha shuni ta’kidlaydiki, 2028 yildan vaqt bo’ylab sayohatga chiqish bir chashka qahva damlashdek oson bo’lib qoladi. Bundan tashqari, Bitcoin asosiy to’lov vositalaridan biriga aylanib qoladi, u paytga qadar Google robotlari uydagi barcha hayotiy zarur narsalarning nazoratini olib boradi va insonni xo’jalik yuritishga oid bo’lgan barcha charchatuvchi ishlardan soqit qiladi.
Noyning aytishi bo’yicha AQSH prezidenti Tramp ikkinchi bor prezidentlik muddatiga saylanadi. Ammo u vaqt paradokslarini qo’zg’otmaslik uchun dalil-isbotlarni keltirishdan bosh tortdi. Albatta, shuni aytib o’tish kerakki, ma’lum texnikalardan foylangan holda eng mukammal detektorni ham aldash mumkin. Agentlikdagilar ham, sud instantsiyalaridagilar ham bu fikrga to’laligicha qo’shiladi.
Biroq, Noy o’z yuzini yashirishi va ovozini o’zgartishi uning shaxsini reklama qilish istagi yo’qligidan yaqqol darak berib turibdi. Bu esa uning xikoyasiga ma’lum darajada ahamiyat baxsh etadi. Boshqa tarafdan qaraganda sirni sirligicha qoldirish agentlikning yolg’onni fosh etilishidan qo’rqmagan holda ommaga ertaklar aytib,yaxshilab “piar” qilishning a’lo usulidir.
1990 yilning 24 sentyabr kunida shimoliy Atlantikada baliq ovlayotgan baliq ovlash trauleri Islandiyaning qirg’oqlaridan chamasi uch yuz kilometr uzoqlikda suzib yurgan aysbergdan 30 yoshli bir juvonni o’z bortiga qabul qilib olgan edi. Kapitan Karl Yorgen Xas muhbirlarga aytib berishicha, bu ayol moda jihatidan eskirgan, ammo o’ziga yarasha jozibador ko’ylak kiygan va sovqotganidan deyarli xushini yo’qotib bo’lgan ekan.
U isinib olib, o’ziga kelganidan so’ng ismini Vinni Kouts deya tanishtirgan va kecha kechgi payt, ya’ni 1912 yilning 15 aprel kunida shu atrofda cho’kib ketgan “Titanik”ning yo’lovchisi ekanligini aytgan. Vinnining so’zlariga qaraganda u laynerga Angliyaning Sautgempton portida chiqibolgan. “Titanik” 78 yil avval cho’kib ketgani to’g’risidagi tasavvurga egabo’lgan kapitan va dengizchilar komandasi qanday holda qolganini bilib olish qiyin emas.
Shunga qaramay, qutqarib olingan juvon mislsiz mo’jizaga ko’ra saqlab qolgan sumkachasini kavlay boshladi va unda xaqiqatdan ham “Titanik”ka olingan chiptani topib, boshqalarga ko’rsatdi. Osloda Vinni Koutsni shifokorlar brigadasi kutib olganlar. Ular ayolni tekshirib ko’rib xulosa qildilar: yosh juvon juda ozib ketgan, ammo psixik jihatdan mutlaqo sog’lom edi.
Eski arxivlarni ko’targan ekspert mutaxassislar 3 klass yo’lovchilari ichida Vinni Kouts ismli 36 yoshda bo’lgan yo’lovchi ayolni topishga erishishdi. U eri va ikki o’g’li bilan Sautgemptondan kemaga chiqqan. Taniqli psixiatr, Michigan universitetining professori Dchon Xolod tomonidan keyingi olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar avvalgi diagnozni tasdiqladi – ayol mutlaqo sog’lom edi.
Lyuis Kerrolning asosiy mutaxassiligi matematika bo’lganligidan juda kam odamlar habardor bo’lgan. Uning “Alisa oyna ortida”asari – bu ko’rsichqon uyasi orqali amalga oshirilgan sayohatni ertakona syuetda shakllantirishga doxiyona urinishdir. Qolaversa, o’z mahoratini, bilimini va texnik vositalarning ma’lum arsenaliga ega bo’la turib vaqt va bo’shliqda sayoxat qilish mumkin ekanligini Mishel Nostradamus ham isbotlab bergan.
Bashoratchining kerakli holatga erishishi uchun Nostradamus tuxumi yordam bergan, yana bir olim - Rodjer Bekon ismli fransus ruxoniysi o’n uchinchi asrda teleskop, mikroskop, avtombil, samolyot ixtiro qilinishini bashorat qila olgan. Shuningdek, u embrionning tug’ilish va rivojlanish jarayonini tasvirlab bergan. Bekon o’z ishlarida vaqt va bo’shliq uzra hodisa va voqealarni kuzatish imkonini yarata oladigan bukilgan ko’zgu to’g’risida ta’kidlab o’tgan.
Novosibirskolimlari tomonidan Nikolay Kozirevning ko’zgulari ustidan o’tkazilgan ko’pyillik tajribalari bu imkonni yana bir marta tasdiqladi. Tizimning ichida bo’la turib, sinalayotganlarning bir qismi o’rta asrlarga va undan ham ertaroq davrlarga o’ta olganlar. “Men bir odamni, odam qiyofasini ko’rdim. “Bu kim o’zi?” degan savolni berdim va to’satdan uning Chingizxon ekanligi to’g’risidagi javobni oldim.”
Kamerada bir necha soat davomida bo’lgan ko’ngillilarning bir nechasi qadimiy Rimda bo’lib qaytgan. “Odamlar tarixiy davrlarga tushib qolishlari mumkin. Tahmin qilaylik, biz Ivan Grozniyni yoki Stalingrad janginikuzatgan edik” deydi ulardan biri. Boshqa tajribada sinalayotganlar Dikson orolining ko’zgu tizimining ichida bo’la turib hayolan timsol va belgilarni eksperimentning qit’adagi xuddi shunday nomli, ya’ni Dikson qishlog’ida joylashgan boshqa qatnashchilariga uzatishga harakat qilgan.
Bu uddalangan, buning ustiga uzatilayotgan timsol va belgilarning bir qismi muddatdan avval qabul qilingan. Bu tasodif emasligini statistika ham tasdiqladi: bunday eksperimentlarining 105 hodisasida timsollar va belgilarning 3ta dan ortiqrog’i uzatish seansi boshlanishidan birnecha soat oldinroq qabul qiluvchilarga yetib borgan. Nikolay Kozyrevning fikriga ko’ra, aynan 73-chi paraleldan keyingi kengliklarda vaqt zichligi bilan birga yo’nalishi bo’ylab o’z parametrlarini o’zgatira oladigan hudud o’tadi.
Mana shu yerda Nostradamusning – “Shimol bu boshqa dunyolar uchrashadigan o’zgacha joy” iborasini endi aniq va ravshan tushunib olsa bo’ladi. Ehtimol, ko’zga ko’rinar yaqin kelajakda ko’zgu tizimlardagi o’ziga xos tadqiqotlar kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olish uchun shunchaki ko’zgular pavilyoniga kirib, savolni koinotning axborotlar maydonigayuborish va darhol unga javob topish mumkin bo’lgan onlarni yaqinlashtira olar.
Сообщения из Facebook